Funktsiyalarni ortiqcha yuklash
Ortiqcha yuklashning maqsadi shundan iboratki, bunda bitta nomga ega
bo‘lgan funktsiya turlicha bajarilishi kerak hamda unga murojaat qilinganda har xil
turlarga va har xil sondagi faktik parametrlarga ega bo‘lgan har xil qiymatlarni
qaytarib berishi kerak. Ortiqcha yuklashni ta’minlash uchun har bir ortiqcha
yuklangan funktsiya uchun qaytarib berilayotgan qiymatlar va uzatilayotgan
parametrlarni aniqlash kerak. Bu ish shunday amalga oshirilishi kerakki, bunda har bir
ortiqcha yuklangan funktsiya xuddi shu nomli boshqa funktsiyadan ajralib tursin.
Kompilyator faktik parametrlar turi bo‘icha qanday funktsiyani tanlab olishni aniqlab
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |