Interaktiv SQL: MB o’zida faoliyat ko’rsatadi va buyurtmachi foydalanishi uchun chiqish hosil qilish uchun ishlatiladi.
Joylashtirilgan SQL: boshqa tilda yaratilgan dasturga joylashtirilgan SQL komandalaridan iborat
CREATE TABLE – Jadval yaratish
DROP TABLE – Jadvalni o’chirish (Faqat bo’sh jadvalni o’chirish mumkin. Qatorlarga ega bo’lgan to’ldirilgan jadvalni o’chirish mumkin emas. O’chirishdan oldin jadval tozalangan bo’lishi kerak)
ALTER TABLE – Jadvalni o’zgartirish (Bu komanda jadvalga yangi ustunlar qo’shish, ustunlarni o’chirish, ustunlar kattaligini o’zgartirish hamda cheklanishlarni qo’shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega.)
Cheklanishlarning asosiy ikki turi mavjud: ustun va jadval cheklanishlari.
Maydonga bo’sh (NULL) qiymatlar kiritishning oldini olish uchun CREATE TABLE komandasida NOT NULL cheklanishi ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |