Summatorlar
Bir razryadli ikkilik summatori
Yuqorida ko‘rib chiqilgan ko‘p razryadli ikkilik sonlarni qo‘shish tamoyiliga asosan, har bir razryadda bir turdagi amallar bajariladi: qo‘shiluvchilar raqamlarini, 2 modul bo‘yicha qo‘shish usuli bilan yig‘indining raqamlari va shu razryadga uzatilayotgan ko‘chirish aniqlaydi, va keyingi razryadga uzatilayotgan ko‘chirish hosil qilinadi. Bu amallar bir razryadli ikkilik summator orqali amalga oshiriladi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»
2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Farmoni, 2003-yil 11-dekabrda
qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Elektron
raqamli imzo haqida”gi hamda 2004-yil 29-aprelda qabul
qilingan “Elektron hujjat yuritish haqida”gi Qonunlar fikrimizning
dalilidir.
Iqtisodiy axborotlaming quyidagi tasnifini keltirish mumkin (yakun sifatida).
t/n
|
klassiflkatsiya belgilari
|
klassiflkatsiya guruhlari
|
1.
|
Boshqaruv funktsiyalariga ko'ra
|
Hisob, rejali, statistika, prognoztika, moliyaviy
|
2.
|
Yuzaga kelish joyiga ko'ra
|
ichki axborotlar, tashqi axborotlar.
|
3.
|
Vujudga kelish bosqichiga ko'ra
|
Birlamchi, ikkilamchi va natijaviy axborotlar.
|
4.
|
Kelib chiqish davri bo'yicha
|
Kundalik, operativ va uzoq muddatli axborotlar
|
5.
|
Barqarorligi bo'yicha
|
Doimiy(o'zgarmas), shartli doimiy o'zgaruvchilar.
|
6.
|
Tasvirlanish usuliga ko'ra
|
Belgili, raqamli va tasvirli axborotlar
|
Klassijikatorlar - umumdavlat, tarmoqli, regional va lokal klassijikatorlarga bo'linadi. Umumdavlat klassifikatori xalq xo'jaligi masshtabidagi barcha rekvizitlar va ko'rsatkichlar belgilashlarining ma'nosini qamrab oladigan klassifikatorlar to'plamidir.
Tarmoq klassifikatori shu tarmoq masshtabida (vazirlik, idora, boshqarma) regional-biron bir katta hudud chegarasida (respublika, viloyat, shahar, tuman), lokal klassifikatori esa korxona va muassasa ramkasida olib boriladi.
Hozirgi paytda bir qancha umumdavlat va tarmoqli klassifikatorlar ishlab chiqarilgan. Misol uchun xalq xo'jalik tarmoqlari, korxona va tashkilotlar, sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shaharlar klassifikatori va boshqa ko'p klassifikatorlarni aytish mumkin.
"Kod" deganda ma'lum qoidalarga ko'ra ob'ektga raqamli yoki raqamli-harfli simvollar yordamida berilgan shartli belgi tushuniladi. Iqtisodiy axborot elementlarini kodlashtirish qoidalarining yig'indisi "kodlashtirish sistemasi" deyiladi. Kodlashtirish sistemalari, odatda, tasniflash sistemalari bilan birgalikda ishlatiladi. Amalda quyidagi kodlashtirish sistemalaridan: tartibli, takrorlash, seriyali, razryadli va aralash sistemalardan keng foydalaniladi.
Takrorlash sistemasi eng oddiy hisoblanadi. Bu sistemada kodlashtirishda predmet yoki ulaming xarakteristikalariga berilgan raqamli belgilar ma'lum tartibda takrorlanadi.
Takrorlash kodiga oylarning raqamli belgilari, ish razryadlari, ishchilar razryadlari, ishlab chiqarish xarajatlari shifrlari, balans hisobi nomerlari, materiallar nomenklatura nomerlari, sortlar, razmerlardan takroriy foydalanish, avtomashinalarning nomerlaridan foydalanib kodlashtirishlar misol bo'la oladi.
Kodlashtirishning tartibli sistemasida har bir ob'ektning shifii ortib borish tartibidagi joylashgan ob'ektlar ruyxatidagi tartib nomeriga mos keladi. Bu sistema bir belgilik yoki ikki belgilik, sodda va o'zgarmas nomenklaturalami kodlashtirish uchun qo'llaniladi.
Kodlashtirishning tartibli sistemasidan uncha katta bo'lmagan, oddiy va turg'un nomenklaturalar uchun foydalanish tavsiya qilinadi. Bu sistema bo'yicha uchastkalar, tsexlar, brigadalar, o'lchov birliklari, kategoriyalar, xalq xo'jaligi tarmoqlari va boshqalarni kodlashtirish mumkin.
Kodlashtirishning seriyali sistemasi ma'lum gruppalash belgisiga ko'ra gruppalarga ajratilgan ob'ektlarga nomerlar seriyasini berishni ko'zda tutadi. Har bir seriya chegarasida ob'ektlarga tartib bo'yicha nomerlar beriladi. Bunda har bir seriyaga albatta extiyot kodlar kiritiladi, ular keltirilgan nomenklaturaning yangi ob'ektlariga berilishi mumkin. Ehtiyot nomerlar har bir seriyaning boshida yoki oxirida ko'zda tutilgan bo'lishi mumkin. Seriyali kodning asosiy afzalligi uning oddiy tuzilganligi va kam xonaligidadir.
Bu sistema bo'yicha korxona bo'linmalari quyidagicha kodlashtirilishi mumkin. Bunda asosiy ishlab chiqarish tsexlariga 20-39, nosanoat xo'jaliklariga 40-49, omborlarga 50-59 va shunga nomerlar seriyalari ajratilishi mumkin. Keyin har bir tsexga zavod bo'limiga ajratilgan seriya nomerlaridan beriladi Masalan, quyuv tsexi-01, temirchilik tsexi-02, mexanika tsexi-04 va boshqalar.
Kodlashtirishning razryadli sistemasi ko'p belgili murakkab nomenklaturalami kodlashtirish uchun qo'llaniladi. Har bir tasnif belgisiga ma'lum razryadlar soni ajratiladi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo’llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o’zaro bog’langan majmuasidir.
Axborot tizimlarining avtomatlashtirilgan va avtomatik turlari ma'lum.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimida boshqarish yoki ma'lumotlarni qayta ishlash funksiyalarining bir qismi avtomatik ravishda, qolgani esa inson tomonidan bajariladi.
Avtomatik axborotlar tizimida boshqarish va ma'lumotlarni qayta ishlashning barcha funksiyalari tеxnik vositalarda, inson ishtirokisiz amalga oshiriladi (masalan, tеxnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish).
Qo‘llanish soxasiga qarab axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish va boshqarish;
loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
tashkiliy jarayonlarni boshqarish;
tеxnologik jarayonlarni boshqarish.
Axborot ta'minoti — axborot tizimlarida ma'lumotlar omborini yaratish, hujjatlashtirishning bir hil tartibga kеltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Dasturiy ta'minot — kompyutеr tеxnikasi vositasida ma'lumotlarni qayta ishlash tizimi (MKIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta'minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy maxsulotlar kiradi.
Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyutеrning o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protsеduralarni tashkil
etish, MKIT tеxnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi.
Amaliy dasturiy ta'minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy maxsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Ular univеrsal vositalar (matn muharrirlari, elеktron jadvallar, ma'lumotlar bazasini bosqaruv tizimlari) va maxsus vositalar — funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli hil ob'еktlar (iqtisodiy, muxandislik, tеxnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin.
Tеxnik ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlash tizimining faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi tеxnik vositalar komplеksidir. Ushbu ta'minot ma'lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy opеratsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyutеrlardan tashqari, atrof (pеrifеriya) tеxnik vositalari, turli hil tashkiliy tеxnika, tеlеkommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi.
Huquqiy ta'minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi xuquqiy mе'yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi.
Lingvistik ta'minot inson va kompyutеr muloqotini ishlab chiqish va ta'minlash samaradorligini oshirish uchun MKITni yaratish va foydalanishning turli bos-qichlarida ishlatilgan til vositalari yig‘indisidan iborat.
Kompyuter grafikasi uch turga bo`linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o`rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o`tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi elektron-nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo`ylab bir marta chopib o`tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jixozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya`ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko`riladi. Fraktal grafika odatda o`yin dasturlarida qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |