A n V a r c h o r iy e V


Бодалев А.А. Восприятие и понимание человека человеком. М., 1982


bet357/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

1 Бодалев А.А. Восприятие и понимание человека человеком. М., 1982;
Фролов И.Т. Перспективы человека. М., 1983; Коган JI.H. Человек и его
судьба. М., 1988 va boshqalar.


um ri bosqichlarining (bolalik, o'sm irlik, yoshlik, yetuklik, 
keksalik) o'ziga xos biologik xususiyatlaridir. M asalan, xotin- 
qizlaming bola tug'ish davri o 'rtach a 15—49 yoshga to 'g 'ri ke­
ladi. Xuddi shuningdek, inson degan biologik mavjudot qaysi 
yoshda gapirishni boshlaydi? Qaysi yoshda uylanadi yoki tur- 
mushga chiqadi? Qaysi yoshda jinsiy aloqa qilishni boshlaydi? 
Ushbu savollarga bo'lgan javoblar ham insonning boshqa b i­
ologik mavjudotlardan tub farq etuvchi xususiyatlari mavjud 
ekanligini isbotlaydi.
Insondagi biologik xususiyatlar turg'un yoki o'zgarib turishi 
mumkin ekanligini unutmaslik lozim. Inson irqi turg'un biologik 
xususiyat bo'lsa, insondagi fiziologik xususiyatlar o'zgarib turuv- 
chidir. Ya’ni, inson irqi uzoq vaqtlardan buyon o'zgarmasdan, 
barqarorligicha turgan bo'lsa, uning gavda tuzilishi esa zamonlar 
almashishi bilan, u yashayotgan tabiiy muhitning o'zgarishi 
bilan o'zgarib turgan. Bu esa inson irsiy (genetik) xususiyatla- 
rining o'zgarib borishiga ham sabab bo'lgan.
Insonning biologik xususiyatlari haqida gapirganda, uning har 
bir vakilining, ya’ni har bir kishining o'ziga xos takrorlanmas, 
ota yoki onasi tufayli vujudga kelgan genetik xususiyatlarga ega 
bo'lishini ham unutmaslik darkor. Ushbu nodir betakrorlik tabi­
iy va ijtimoiy omillar yordamida kuchaytirilishi yoki so'ndirilishi 
ehtimoldan xoli emas. Inson zotida hali foydalanilmagan cheksiz 
imkoniyatlar, qobiliyatlar va talantlar mavjud ekanligini tan 
olish insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi dialektik alo- 
qadorlikni o'rganish jarayonining eng m uhim prinsiplaridan 
biridir.
Insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi o'zaro dialektik 
aloqadorlik mexanizmini o'rganish jarayonida har bir kishining 
o'ziga xos xususiyatlari mavjud ekanligini tan olmaslik, am a- 
liyotda qobiliyatli, talantli, iqtidorli kishilarni kamsitishga, ular­
ni jamiyatning oddiy ijroclji «murvatchalariga» aylantirib qo'ydi. 
Qobiliyatli, talantli kishilarni qobiliyatsiz, loqayd kishilar bilan 
tenglashtirish ijtimoiy adolat norm a va prinsi plariga zid ekan­
ligini ham unutmaslik zarur.
Inson tabiiy va ijtimoiy, boshqacha aytganimizda, bir vaqtning 
o'zida ham ijtimoiy, ham organik olamga taalluqli ekanligi uning


mohiyatini tushunib olishda bir qator muammolarni keltirib 
chiqaradi. Ushbu m uammolar orasida quyidagi ikki muammo 
haqida to'xtalib o ‘tmoqchimiz.
Aristotel insonning mohiyatida hayvoniy (biologik) va siyosiy 
(ijtimoiy) boshlang'ich asos borligini inobatga olib, uni «siyo­
siy hayvon», degan editj^ Miinozara, bahslarga sabab bo‘lgan 
mulohaza shundan iboratki, o ‘sha ikki boshlang'ich asosning 
qay biri inson faoliyati, his-tuyg‘ularini belgilashda asosiy rol 
o'ynaydi? Insonda tabiiylik (biologik) va ijtimoiylikning o'zaro 
aloqadorligi qanday sodir bo'ladi?
Yuqorida biz inson bolasining har biri o'ziga xos takrorlan- 
mas xususiyatlaiga ega ekanligi haqida to'xtalib o'tgan edik. Qizig'i 
shundaki, biz kishilarni ba’zi biologik belgilariga qarab (masa­
lan, yoshi, jinsi) m a’lum guruhlarga birlashtiramiz, boshqa bi- 
rovlarini esa ijtimoiy belgilariga (masalan, kasbi, mutaxassisligi, 
ish staji va boshqalar) qarab, yana allakimlami insondagi tabi­
iylik (biologik) va ijtimoiylik orasidagi aloqadorlikka qarab ma’lum 
tabaqalarga birlashtiramiz. Shunday ekan, o'sha belgilarga qarab 
tabaqalashtirilgan guruhlaming (masalan, xotin-qizlar) biologik 
o'ziga xosligi jamiyat faoliyati uchun ahamiyatga egami?
Ushbu muammolar atrofida faylasuflar va boshqa insonshu- 
nos olimlar orasida uzoq vaqtlardan buyon munozaralar davom 
etmoqda. Muammolar yechimiga bag'ishlangan turli konsepsiyalar, 
ilmiy yo'nalishlar vujudga kelmoqda. Chunonchi, ba’zi birovlar 
kishilaming irqiy belgilariga qarab insoniy fazilatlarini baho- 
lashni taklif etayotirlar. Ayrim irqlarning insoniy fazilatlari yu­
qori, ayrimlamiki esa past, chunonchi «oliy» va «past» tabaqali 
irqlar bo'ladi, degan fikr-mulohazalarni bayon etmoqdalar. XX 
asrda, hatto o'tgan asming boshlarida ham, «oq irq» jahonda 
mavjud bo'lgan barcha irqlarning buyugidir, degan uydirmalar 
tarqatilganligi fikrimiz dalilidir. Turgan gapki, jahon ilmiy ja- 
moatchiligi bunday g'ayri ilmiy fikr-mulohazalarni, irqchilik 
g'oyalarini antigumanistik qarash sifatida qattiq qoraladi. Uning 
ijodkorlarini reaksionlikda aybladi.
Haqiqatdan, yer yuzida yashayotgan turli irqlarga mansub 
insonlam ing ongi va faoliyatidagi turli ziddiyatlar, keskin tafo- 
vutlar mavjudligi faqat uning irqi bilan bog'liq emas. Nemis


biolog olim i E.G ekkel (C h .D arv in ta ’lim otining m ashhur 
targ‘ibotchisi) 1904-yilda ta ’kidlaganidek, turli irqqa mansub 
odam lar aqliy qobiliyatlari, madaniy saviyalarida katta farq 
bo'lishiga qaramasdan bunday tafovutdan ulaming hayotdagi qadr- 
qimmatlarini mutlaqo boshqacha baholash lozim, degan m a’no 
kelib chiqmasligi zarur. Insonni hayvondan yuksaklikka ko‘targan 
narsa — bu madaniyatdir. Odamlarni madaniyatga chorlovchi 
qudrat esa aql-idrokdir.
Shuningdek, erkaklar bilan xotin-qizlar o'rtasidagi biologik 
farqning ijtimoiy munosabatlarga ta ’siri ham turlicha izohlandi. 
C h u n o n ch i, erkaklar jam iy at hayotida aksariyat h o llard a 
ulug'landi, xotin-qizlam i kamsitish holatlari avj olib, ikki jinsni 
bir-biriga qaram a-qarshi qo'yish vujudga keldi. Ikki jins orasi­
dagi farq ijtimoiy munosabatlarda ham o 'z ifodasini topa bosh­
ladi. Natijada, erkaklar «oliy», «yuqori» tabaqa, xotin-qizlar 
esa «quyi» tabaqa vakili, deb qarash asrlar osha davom etaver- 
di. Turgan gapki, bunday tengsizlik xotin-qizlarning erkaklar 
bilan tenglikka erishish uchun kurashining avj olishiga sabab 
bo'ldi. X otin-qizlam ing erkaklar bilan tenglik uchun kurashi 
100—150 yil oldin boshlandi, xolos. Ilm -fan rivojlanib borayot­
gan hozirgi sharoitda xotin-qizlam ing ijtimoiy hayotdagi ishti- 
roki yildan-yilga oshib borayotgan bo'lsada, hali bu borada 
yechim ini kutib yotgan dolzarb m uam m olar ko'p. Jahon ja- 
moatchiligi ongiga jinslar orasidagi farq «yuqori» yoki «quyi» 
jinsni birini-ikkinchisiga qaram a-qarshi qo'yish bilan emas, balki 
ular orasidagi aloqadorlik, bir-biriga ko'maklashish, ham korlik 
qilish — inson tabiatidagi turli-tum anlilikning m anbai ekanligi 
singdirib borildi.
vMsondagi tabiiylik va ijtimoiylikning o'zaro aloqadorligi ular 
orasidagi munosabatlami aniqlashda ham turli yondashuvlar, turli 
qarashlar mavjud. Birinchi qutbdagi olimlar inson mohiyatini 
haddan tashqari biologiyalashtirsalar, ikkinchi qutbga mansub 
qarash tarafdorlari uni sotsiologiyalashtiradilar. Biologiyalashti- 
ruvchilar yoki naturalistlar, insonning inson bo'lib kamol topi- 
shida uning ongi va faoliyati manbaini biologik om illardan 
qidiradilar, inson kamolotida biologik omillaming rolini bo'rttirib 
ko'rsatadilar. Sotsiologiyalashtiruvchilar esa inson tabiatini,


uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlardan, ijtimoiy m uhitdan 
izlaydilar, insonning inson bo'lib shakllanishida ijtimoiy m uhit 
hal qiluvchi ahamiyatga ega, deb tushunadilar.^
Insonning mohiyatini biologiyalashtiruvchi konsepsiyaga irq- 
chilikni ulug‘lovchi rasizm, sotsial-darvinizm oqimlarini misol 
qilib ko'rsatish m um kin1. Rasizmning reaksion mohiyati haqida 
biz yuqorida to ‘xtalib o‘tdik. Shuningdek, ushbu konsepsiyani 
sotsial-darvinizm oqimi tarafdorlari ham shod-u xursandlik b i­
lan qo'llab-quw atlaganlar. M a’lumki, angliyalik m ashhur iqti- 
sodchi, o‘ta dindor T.M altus (1766—1834-y.) ijtimoiy hayot 
yakka kishining yashashi uchun kurash maydoni vazifasini b a­
jaradi, bunday murakkab kurashga moslasha bilgan kishigina 
ba’zi yutuqlami qo'lga kirita oladi, degan fikrni olg'a surgan 
edi. Maltusdagi yashash uchun kurash g'oyasini C h.D arvin 
(1809— 1882-y.) o'zining tabiiy tanlanish va evolyutsion taraq­
qiyot haqidagi t a ’limoti uchun asos qilib oldi. C h.D arvin 
ta ’limotidagi yashash uchun kurash g'oyasi sotsial darvinizm 
tarafdorlari tom onidan jamiyatga tadbiq etildi. Jam iyatda turli 
sinflar orasidagi kurashda oliy sinf vakillari hayotda yuqori 
pozitsiyani egallab turishlari lozim. Chunki yuqori sinf vakil­
lari aqliy qobiliyatlari boshqalarnikidan ustun, degan xulosa­
lar chiqardilar. Boshqacha aytganimizda, Charlz Darvinning 
biologik ta ’limoti sotsial darvinizm tarafdorlari tom onidan tabiiy 
fanlarning keyingi yutuqlari asosida boyitildi, yashash uchun 
kurash g'oyasi faqat tabiatga taalluqli emas, balki jamiyat hayoti 
uchun ham bu qonunga bo'ysunish lozim, degan g'ayriilmiy 
fikr-m ulohazalarini olg'a sura boshladilar.
Amerikalik zoolog olim E.O.Uilson inson bosib o'tgan tari­
xiy taraqqiyot yo'lini boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi 
bilan o'rganilsa, inson mohiyatini to 'la bilsa bo'ladi, buning 
uchun, boshqa sayyoralardan turib yerdagi hayvonlar katalogini 
tuzish darkor, deb tushuntiradi. Ana shunday nuqtayi nazar 
bilan, ya’ni boshqa sayyorada yashovchi zoolog ko'zi bilan bi- 
ologiyaga nazar solsak, barcha gum anitar va ijtimoiy fanlar

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish