A n V a r c h o r iy e V


bet307/392
Sana26.02.2022
Hajmi
#466555
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   392
Bog'liq
Inson falsafasi

So'fl Olloyor.
Sabotul-ojiziyn. Toshkent, 1991, 62—72-betlar.


tahkamlashda Sharqning mashhur faylasufi Mirza Abdulqodir 
Bedil1 va uning izdoshlari munosib hissa qo'shdilar.
Mirza Bedilning inson to‘g‘risidagi qarashlari asosida 0 ‘rta 
Osiyo mamlakatlari, Eron va Hindistonda keng tarqalgan «vah­
dati mavjud» ta’limoti yotar edi. Vahdati mavjud panteizmning 
yirik oqimlaridan biri boiib, ushbu ta’limot tarafdorlarining 
fikriga ko‘ra, hamma narsa Xudoda o‘z ifodasini topganidek, 
Xudo ham hamma narsada o‘z ifodasini topadi. Vahdati mavjud 
oqimi namoyandalari koinot abadiyligi, uni hech kim yaratma- 
ganligini tan oladilar. Olam bilan odam, moddiylik bilan 
ma’naviylik birligiga, o‘zaro aloqadorligiga ishonardilar. Xudo 
koinot va olamni o'zida mujassam qilgan, deb biladilar. Mirza 
Bedil inson to'g'risidagi fikr-mulohazalarini xuddi shu mavqedan 
turib bayon qiladi. Olamdan tashqarida turuvchi har qanday 
ilohiy kuchni rad etadi. Olam yagona butun bo'lib, Xudo ham 
ana shu yagona birlik ichida bo'ladi. Boshqacha aytganimizda, 
Bedil fikriga muvofiq, olam bir butun bo'lib, moddiy narsa- 
lami ham, ma’naviy narsalami ham o'ziga qamrab oladi. Odam 
esa, o'sha real borliqning, koinotning mahsulidir.
Mirza Bedil o'zining «Chor unsur» kitobida butun olam 
asosida havo yotadi, degan bo'lsa, «Irfon» kitobida havo barcha 
mavjudotning yaratuvchisidir (vujudi mavjud), deb ta’kidlaydi. 
Uning fikriga ko'ra, olamdagi tirik maxluqotlar ichida faqat 
inson olamni bilishga qodir. Bilish esa murakkab jarayon bo'lib, 
o'z taraqqiyotida ikki yirik: hissiy va aqliy bosqichlarni bosib 
o'tadi. Bilishning birinchi — hissiy bosqichi borliqning tashqi 
ta’siri natijasida hosil bo'ladi. Hissiy bilish bosqichida, asosiy 
rolni inson sezgilari: hidlash (shoma), ko'rish (binoi), ta’m 
tuyg'usi — maza (zoika), eshitish (shunidani) va teri sezishi — 
paypaslashni (lomisa) xizmati beqiyos ekanligini tushuntirib
Nasli-nasabi Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘ lgan Mirza Abdulqodir Bedil 
1644-yiIda Hindistonning Azimobod (Bengaliya) shahrida tug‘ ilgan. Madrasada 
bilim oladi. Keyinchalik o‘ z bilimlarini mustaqil oshirib boradi. Mustaqil ijod 
bilan shug‘ullanadi. U 120 ming misradan iborat she’r va 20—25 bosma taboq 
nasr yozgan. «Qulliyot» deb nomlangan asarlar to'plami o‘zida 16 kitobni bir- 
lashtirgan. Uning falsafiy, xususan, inson to‘g‘risidagi qarashlari: «Tilsimi hay- 
rat», «Tarkibot va tarjeot»,«M uhiti a ’ zam»,«Turi ma’ rifat», «Ishorat va 
hikoyat»,«Irfon» («Bilim»), «Chor unsur» («To‘ rt unsur»), «Nuqot» («Hikmatli 
so‘z!ar»), «G‘azaliyot», «Ruboiyot» kabi asarlarida bayon etilgan. 17 2 1-yilda Dehlida 
vafot etgan.


beradi. Shuningdek, sezgilar orqali olingan olam haqidagi 
ma’lumotlar zehnda, ya’ni aql oynasida har tomonlama charx- 
lanadi. Boshqacha aytganimizda, mutafakkirning fikriga ko'ra, 
inson aqlida tashqi olamdagi barcha narsalarning suratlari, obraz- 
lari o‘z ifodasini topadi. Fikrlar, mulohazalar tashqi olamning 
inson miyasidagi in’ikosidir.
Bedil asarlarida insonning jamiyatda tutgan mavqei, o'zida 
ikki olam (sag'ir va kabir)ni mujassam etuvchi ma’naviy-axlo­
qiy fazilatlari, xususan, olami sag'irda bo'layotgan o'zgarishlarni 
har tomonlama tahlil etadi. O'zining «Irfon» dostonida inson­
ning insoniyligini ifodalovchi turli fazilatlar, xislatlar haqida 
fikr yuritadi. Uning fikriga ko'ra, inson o'ta murakkab majmua, 
unda hali bilinmagan sirlar ko'p1. Insonda barcha yaxshiliklar, 
mo'jizalar mavjud bo'lishi bilan birga, turli fisq-u fasod, fit- 
nalarning ildizi ham unga borib taqaladi.
Mutafakkir inson erkinligi, kishi tafakkuri hurligini orzu 
qiladi. U ko'p millatli mamlakat Hindiston xalqlariga e’tiqodi, 
turli dinlarga mansubligidan qat’i nazar bir xil ko'z bilan 
qaraydi. Hamma yagona inson urug'idan tarqalgan, deb hisob­
laydi. U ham braxmanlami, ham shayx-zohidlarni bab-barobar 
tanqid ostiga oladi. Musulmonlaming tavakkul — taqdirga tan 
berish, braxmanlarning tanosuh — jonning ko'chib yurishi 
nazariyalarini bema’ni, quruq gaplar deydi. U insonni «Eng oliy 
vujud», deb biladi, uni «Hazrati inson», deb atadi. Shuning 
bilan birga, u insondagi kamchiliklar: tanballik, makr, xiyo­
nat, qalloblik, ochko'zlik, xasislik, kibr-u havo, manmanlik 
kabi illatlar bilan tinimsiz kurashdi. Insonni barkamol va benuq- 
son ko'rishni istadi. Mehnat odamni inson darajasiga ko'targanini 
alohida ta’kidladi. Mehnatsevarlik bilan bilimdonlik, muhabbat 
bilan vafodorlik, biri ikkinchisi bilan o'zaro aloqador ekan­
ligini tushuntirib berdi.
Mirza Bedil inson Olloh tomonidan yaratilgan o'ziga xos, 
tengi yo'q mo'jiza ekanligini ta’kidlab, uni o'zligini bilishga 
da’vat etadi. Inson bisotida mavjud bo'lgan barcha imkoniyatlar
— yaxshilik, ezgulikka xizmat qilmog'i darkor. Insonning o'zligini 
anglashi jamiyat, xalq oldidagi mas’uliyatini tushunib yetishga 
olib kelmog'i zarur, deb hisoblaydi.


Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   392




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish