262
tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko„rsatkichlari, foydalanish
xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan
tayyorlangan ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho„ziluvchan, kishi
gavdasini bir tekisda va yaxshi qisib turadi. O„ziga xos xususiyatlari
tufayli mato organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi
(havo va par o„tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil
kalava hamda iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar,
kompleks va tarkibi o„zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning
aralashmalari.
Erkaklar ichki kiyimiga ko„ylaklar, pijamalar, kalta ishtonlar va
kalson (ishton)lar kiradi.
Ichki ko‗ylaklar gazlamalardan tayyorlangan
bo„lib, ochiq va yopiq yoqali, bir yoki ikki tugmada qadaladigan yoki
tugmasiz bo„lishi mumkin.
Ustki ko‗ylaklar turli xillarda (uzun va kalta
yengli, kalta yengli, shimga kirgizilmasdan kiyiladigan) fasonlarda ishlab
chiqariladi. Old tomonidan har xil uzunlikda kesilgan va
tugsepochka yoki
ilmoqlarda yopiladigan bo„ladi. Yoqalari ham xilma-xil fasonlarda
(qayrilma, tik, fasonli, yaxlit bichilgan) tikiladi.
Pijamalar - uxlash uchun kalta kamzul va shimdan tuzilgan to„plam
bo„lib, paxta hamda ip gazlamalaridan tayyorlanadi.
Kalta ishtonlar tanaga kiyiladigan ichki va sport kiyimi sifatida
ishlatiladi. Ular oqartirilgan, sidirg„a bo„yalgan yoki gul bosilgan bo„z va
satinlardan tayyorlanadi.
Fufaykalar ikki turda sotuvga chiqariladi: old tomonidan qadaladigan
yoki qadalmaydigan. Ular kalta va uzun yengli bo„lib, turli to„qilishlarda
(glad, lastik, interiok, fileyli va boshq.) har xil xomashyolar (paxta, jun
kalavali, sun‟iy ipak, sintetik kalava va iplar) dan olingan matolardan
tikiladi.
Ayollar ichki kiyimiga ko„ylaklar, ichki ko„ylak (kombinatsiya)lar,
pantolonlar, kalta ishtonlar, ichki yubkalar va cho„milish kostyumlari
kiradi. Ular kunduzgi va tungi ko„ylaklarga bo„linadi. Ular uch turda
bo„ladi: yarim yopishib turadigan siluetli, kengaytirilgan yoki to„g„ri;
baland tomonidan pastga
tomon kengaytirilgan, to„g„ri.
Ichki ko„ylaklar nisbatan uzunroq va xilma-xil pardozli bo„ladi. Ular
264
kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga
bo„linadi: qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi
ulug„ ayollar uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar belbogining (poyasi) kengligi bo„yicha - ingichka
hamda keng belbog„li, kosachasining tuzilishi - aylana chokli, oval va
yaxlit bichilgan; ilmog„ining turi - halqali va ilgakli, ilgakli hamda
tugmali, to„qali va tasmali bo„ladi.
Belbog‗ - bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular
keng va ingichka, ilmog„i bo„yicha byustgalterga o„xshash, asosiy
qismlarining qatlamlar soni - bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo„shilishidir.
Bel chizig„igacha keng belbog„li bo„lgan byustgalter
yarim gratsiya deb
ataladi.
Beldamchi - ko„krak pastidan tosning chizig„igacha (yoki biroz
pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum.
Yarim
beldamchi - qattiq shaklli keng belbog„. Beldamchi va yarim beldamchilar
ilmog„i, asosiy qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini
o„zgartirish turi (shnurlangan, elastik, qo„shimcha qo„yilgan) bo„yicha
bo„linadi. Beldamchi buyumlarining o„lchamlari bel va tosning aylanasi
bilan sm. larda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: