A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Baliqdan  tayyorlangan  lahm  mahsulotlar



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Baliqdan  tayyorlangan  lahm  mahsulotlar.  Bunday  mahsulotlar 
yangi,  yirik,  yog„lik  va  semiz,  me‟yorida  tuzlanib  so„ng  qoqlangan, 
quritilgan  yoki  dudlangan  baliqlardan  tayyorlanadi.  Buning  uchun osyotr, 
sevryuga,  beluga,  ship,  oq  ribitsa,  nelma,  laqqa  baliq,  dengiz  okunlaridan 
foydalaniladi.  Ishlov  berish  usuliga  qarab,  lahm  mahsulotlar  baliq  (orqa 
qism); bokovnik (yonbosh qismi) va tesh (qorin qismi)ga, ishlab chiqarish 
usuliga  qarab  esa  osib  qo„yib  quritilgan  (qoqlangan)  va  dudlangan 
mahsulotlarga bo„linadi.  
Lahm  mahsulot  tayyorlash  uchun  mo„ljallangan  baliq  ovdan  so„ng 
o„ldiriladi va tezda tozalanadi (ichak-chavoqlari va kallasi olib tashlanadi), 
so„ng yuviladi, muz-tuz aralashmasi bilan darhol muzlatiladi. Muzlatilgan 
baliq tuz bilan ishqalanadi va sovuq binoda bir oycha yetiltiriladi. Tuzlash 
tugagach, baliq namakobda ho„llanadi, oxirgi ishlov beriladi va qoqlanadi 
yoki sovuq usulda dudlanadi.  
Osetra  baliqlari,  oq  ribitsa  va  nelmadan  tayyorlangan  laxm 
mahsulotlar sifat jihatidan oliy, 1- va 2-navlarga, Uzoq sharq lososlaridan 
tayyorlanganlari  esa  1-va  2-navlarga  bo„linadi.  Baliqdan  tayyorlangan 


148 
 
sarxil lahm mahsulotlar turi ishlov berilgan bo„lishi, usti shikastlanmagan 
va  qontalashmagan,  ichki  pardalari  va  qon  quyqalari  yaxshi  tozalangan, 
go„shti  me‟yorida  tuzlangan,  yoqimli  ta‟m  va  hidli  bo„lishi  lozim. 
qoqlangan  mahsulotlarning  rangi  -  kul  rangdan  to  to„q  kul  ranggacha, 
dudlanganlari - och tilla rangli bo„lishi kerak. Konsistentsiyasi yumshoq va 
shirador bo„lishi lozim. Tuz miqdori oliy navida - 6-8%, 1-navida - 7-9% 
va 2-navida - 10-12% bo„lishi kerak.  
Lahm  mahsulotlarida  ko„pincha  quyidagi  nuqsonlar  uchraydi:  lat 
egan;  qontalashgan;  xomroq  go„sht  mazasi  keladigan;  mahsulot  etarli 
darajada yetiltirilmaganligi natijasida yog„i tekis singmagani; tuz miqdori 
ko„pligi tufayli go„shti qatlamlangan va qurigan; tuzlangan yarim fabrikat 
qoqlash  yoki  dudlash  oldidan  haddan  tashqari  namiqtirib  yuborilganligi 
natijasida achigan va burqsigan hid keladigan bo„ladi.  
Lahm mahsulotlari ichidan pergament, podpergament yoki tsellofan 
solingan  yog„och  yashiklarga  joylanadi.  Baliqlarning  orqa  qismi 
joylanadigan yashiklarning sig„imi - 60 kg, yonbosh va tushlar uchun - 40 
kg  gacha  bo„lishi  lozim.  Orqa  qismlar  yashiklarga  bir  qator  qilib  terilib, 
yog„och  plankalar  bilan  bostirib  qo„yiladi,  tush  va  yon  qismlar  esa  to„rt 
qatordan  ortiq  qilib  terilmaydi  va  har  ikki  qatordan  so„ng  yog„och 
plankalar  bilan  bostirib  qo„yiladi.  Lahm  mahsulotlari  ham  sovuq  usulda 
dudlangan baliqlar singari saqlanadi.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish