1 4 . 2 . M e t a l l b u y u m l a r i i s h l a b c h i q a r i s h
Metall buyumlari ishlab chiqarish besh jarayondan iborat. Metall
buyumlari quyish bosim va kukun metallurgiyasi usullarida bajariladi.
Quyish usulida buyumlar qoliplar yordamida tayyorlanadi. Masalan, isitish
radiatorlari qum qoliplari yordamida, buyumlarning qismlari bosim orqali
quyish va quvurlarga quyib aylantinsh usulida ishlab chiqariladi. Bosim
usuliga jo„valar yordamida chigirtash (prokatka) yo„li bilan tunuka, sim,
tunukalarni shtamplarda qirqib yoki egib oshxona asboblari va idishlar,
bosqon bilan bolg„alab turli buyumlar ishlab chiqarish kiradi. Kukun
metallurgiyasi usulida qiyin eriydigan volframdan maydalab yuqori
tebranishdagi tok yordamida qizdirish natijasida elektr lampalarining
cho„g„lanish simlari olinadi.
Metall buyumlari sirtiga mexanik ishlov berish to„rt usulda
bajariladi: 1. Tirnash (krasovka) - quyma buyumlarning sirtini
aylanayotgan metall cho„tkalar yordamida tekislash. 2. Jilvirlash - mayda
buyumlarning sirtini ayianayotgan barabanlardagi jilvirlash kukuni
yordamida tekislash. 3. Silliqlash (shlifovka) - hunarmandchilik
asboblarining kesuvchi qismlarini jilvirlash toshlari yordamida charxlash.
4. Sayqallash (polirovka) - alumin, latun va zanglamaydigan po„latdan
qilingan buyumlar sirtini oynaday silliqlash.
Metall buyumlari qismlarini ulash besh usulda amalga oshiriladi:
1. Parchinlash - idishlarning dastasini mixparchin yordamida ulash.
2. Biriktirish - alumin va ruxlangan idishlar ishlab chiqarishda
tunukaning chetini buklash.
3. Kavsharlash - buyum qismlarini oson eriydigan qotishmalar bilan
ulash. Oziq-ovqat idishlarining qismlari tarkibida 10% qo„rg„oshini bor
qalayi bilan qolgan po„lat buyumlarining qismlari tarkibida - 39%
qo„rg„oshini bor qalayi bilan, alumin idishlari tarkibida 10% ruxi bor qalay
212
bilan latun choynaklarining jo„mragi tarkibida 46 yoki 64% ruxi bor mis
qotishmasi va elektr sovitkichlarning doimiy tebranishdagi qismlari
tarkibida 25 yoki 45% kumushi bor latun bilan kavsharlanadi.
4.Taxtakachlash - o„rnashuvi zich bo„lgan quvurlarni bir-biriga
kiritib, bosim natijasida biriktirish.
5.Payvandlash - qismlar uchini critib ulash. Eritish uchun atsetilcn
yoki o„zgarmas tok ishlatiladi.
Po‗lat buyumlariga issiqlik yordamida ishlov berish uch xil bo„ladi:
1. Yumshatish - muayyan haroratgacha qizdirib, pech bilan birga
juda sekin sovitish natijasida buyumni ichki kuchlanishlardan xoli qilish.
Bunda po„latning tarkibi mayda donali ferrit (sof temir) va sementitdan
tashkil topadi. Hunarmandchilik asboblari va uy-ro„zg„or mashina-larining
qismlariga shunday ishlov beriladi.
2. Chiniqtirish - muayyan haroratgacha qizdirib, sovuq suvda
sovitish natijasida buyumning qattiqligini oshirish. Bunda po„latning
tarkibidagi karbon temir chambaragiga o„rnashganicha qolaveradi.
Hunarmandchilik asboblarining kesuvchi qismi shu usulda toblanadi.
3. Bo„shatish- 723°C gacha qizdirib, pech bilan birga sekin sovitish
natijasida toblash. Bunda hosil bo„lgan ichki kuchlanish olib tashlanadi.
Qora metall buyumlarini yemirilishdan saqlash. Metall buyumlar
ikki xil usulda yemiriladi: 1. Kimyoviy yemirilish. Rangli metallar
havodagi kislorod ta‟sirida oksid pardasi bilan qoplanganligi tufayli elektr-
kimyoviy yemirilishga chidamli bo„ladi. Misning nam havoda ko„karishi,
kumush va misning vodorodli oltingugurt muhitida qorayishi ham
kimyoviy yemirilishga kiradi. 2. Elektr-kimyoviy yemirilish.
Qora metall buyumlarni yemirilishdan saqlash uchun quyidagi uch
usul qo„llaniladi:
1. Metallni passivlashtirish. Buning uchun metall legirlanadi yoki
buyum sirti sayqallanadi.
2. Tashqi muhitni passivlashtirish. Bu maqsadda ingibitor (aminlar,
ammoniy va benzoy kislotasi tuzlari) va qurituvchilar (silikagel)
ishlatiladi. Qimmatbaho elektron asboblar tashish paytida ingibitor
shlimdirilgan qog„ozga o„raladi yoki qutilarga joylashdan oldin asbob
213
qurituvchi solingan polietilen xaltachaga berkitiladi. Ingibitor asbob ustida
suyuq bo„lmagan parda hosil qiladi. Qurituvchi namni shimib oladi.
3. Metallni tashqi muhitdan ayirish. Bunga erishish uchun
buyumlarning usti zanglamaydigan metall yoki boshqa moddalar bilan
qoplanadi. Metall bilan qoplash usuli buyumni yemirishdan saqlashiga
qarab, anod va katod turlariga bo„linadi. Anod qoplash usulida, masalan,
po„latni ruxlashda va lalunni nikellashda, birinchi navbatda qoplangan
qatlam yemiriladi. Katod qoplashda esa, masalan, po„lat ustini nikellashda,
aksincha, birinchi navbatda buyum yemiriladi. Ammo qalayi oziqaviy
kislotalar eritmasida kompleks tuzlar hosil qilishi sababli manfiy
potensialga ega bo„lib, konserva bankasini yemirishdan saqlaydi.
Qoplash buyumlarni metall eritmasi botirish va galvan usullarida
balariladi. Birinchi usul bo„yicha qoplashda yengil eruvchi metallar,
chunonchi qalay va rux ishlatiladi. Rux bilan qoplashda qirov shaklida
naqsh solish uchun eritmaga 0,15% alumin qo„shiladi. Galvan usulida
qoplashda o„zgarmas tok qo„llaniladi. Buyumga manfiy tok zaryadini,
tosga esa musbat zaryadni ulab, qoplanadigan metall tuzga botiriladi.
Nikel g„ovak qatlam hosil qilgani uchun nikellanadigan buyum awal mis
bilan qoplanadi.
Metall bo„lmagan moddalar bilan qoplashga oksidlash, sirlash,
bo„yash va polimer bilan qoplash usullari kiradi. Oksid qatlamlar
kimyoviy va elektr-kimyoviy usullarda hosil qilinadi. Masalan,
hunarmandchilik asboblari yoki deraza-eshik anjomlari natriy ishqori va
nalriy nitratining qaynoq eritmasiga botirib olinsa, usrida temir oksidining
qora rangli qatlami hosil bo„ladi. U namga chidamsizligi uchun tashishda
buyumlar yog„lanadi. Alumin idishlari va attorlik buyumlari sirtida
elektroliz usulida 15 mkm qalinlikdagi oksid qatlami hosil qilinadi.
Elektrolizda buyum anod vazifasini balargani uchun jarayonga atiodlash
deyiladi. Qatlam ilma-teshikli bo„lganligi sababli buyumlar bo„yafadi.
Qora metalldan yasalgan idishlarni sirlashda silikat emali ishlatiladi.
Uning tarkibi 50% kremnezyom, 20% soda, 30% alumin oksidi va ozgina
titan oksididan iborat. Idishlarning chekkasiga surtiladigan sir tarkibida
kobalt oksidi ham bor. Ba‟zi tovarlarning ichi, shuningdek, dazmollarning
214
tagi o„tga chidamli teflon (tetraftoretan) bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |