A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 .3 . S a r i y o g ‗ ,  u n i n g  a s s o r ti me n ti  v a  s i fa t



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

6 .3 . S a r i y o g ‗ ,  u n i n g  a s s o r ti me n ti  v a  s i fa t  
ko ‘r s a t k i c h l a r i    
 
Sariyog„  juda  xushta‟m  bo„lib,  past  haroratda  (26-31°C)  eriydi, 
uning  tarkibida  ko„p  miqdorda  A,  D  va  E  vitaminlari  bo„ladi,  u  kishi 
organizmida  yaxshi  (97-98%)  hazm  bo„ladi.  Sariyog„  yuqori  kaloriyali 
mahsulotdir.  Sariyog„ning  eritilgani  ham  bo„ladi.  Sariyog„  qaymoqni 
maxsus  yog„  tayyorlash  mashinalarida  haydash  yo„li  bilan,  eritilgan 
sariyog„  esa  sariyog„ni  eritish  yo„li  bilan  olinadi.  Sariyog„da  81-83%, 
eritilgan sariyog„da - 98% yog„ bo„ladi.  


112 
 
Sariyog‗ning:  chuchuk,  tuzli,  Vologodskiy,  Lyubitelskiy  va 
qo„shilmali  (kakao  kukunli,  asalli,  shakarli,  mevali,  rezavorli  va  h.k.) 
turlari mavjud. Qo„shilgan mahsulotlariga ko„ra shokoladli, asalli, mevali, 
detskiy va boshqa sariyog„lar bo„lishi mumkii. Chuchuk va tuzli sariyog„ 
uyutilmay  pasterizatsiyalangan  yoki  sof  sut  achituvchi  bakteriyalar  bilan 
uyutilgan qaymoqdan tayyorlanadi.  
Vologodskiy  sariyog„i  -  saralangan,  yangi,  uyutilmagan,  yuqori 
haroratda  pasterizatsiyalangan  chuchuk  qaymoqdan  tayyorlanib,  yoqimli 
yong„oq  ta‟m  va  hidiga  ega  bo„ladi.  Lyubitelskiy  sariyog„i-  uyutilmagan 
pasterizatsiyalangan  qaymoqdan  tayyorlangan  chuchuk  sariyog„  bo„lib, 
boshqa  tur  sariyog„larga  qaraganda  namligi  ko„p  (20%)  va  yog„i  kam 
(78%) bo„ladi.  
Shokoladli sariyog„da kamida 62% yog„, kamida 18% shakar, 2,5% 
kakao-kukuni  va  namligi  ortig„i  bilan  16%  bo„ladi.  Asalli  sariyog„ 
tarkibida  25%  tabiiy  asal,  25%  yog„  va  ko„pi  bilan  18%  namlik  bo„ladi. 
Mevali  sariyog„da  shakar  bilan  aralashgan  rezavor-meva  pyuresi  yoki 
sharbati bo„ladi. Undagi yog„ miqdori - 62%, shakar - 16%, namlik - 18% 
ni tashqil qiladi. shakarli (Detskiy) sariyog„ga 8% shakar, bir ozroq vanil 
yoki vanilin qo„shiladi. Undagi yog„ kamida 76% bo„lishi kerak.  
Eritilgan  sariyog„  sutning  eritilgan  yog„i  bo„lib,  sovutilganda 
tuzilishi  mayda  donador  yoki  yirik  donador  bo„ladi.  Mayda  donador 
sariyog„  eng  yaxshi  hisoblanadi.  Tarkibidagi  yog„  -  98%,  namlik  -  1% 
bo„ladi.  Yog„ning  hamma  turlari  (qo„shilmalilaridan  tashqari)  a‟lo  va  1-
navlarga  bo„linadi.  Navlarga  ajratishda  yog„ning  ta‟mi,  hidi,  rangi, 
konsistentsiyasi,  tashqi  ko„rinishi,  tuzlash  sifati  va  joylanish  holati  asos 
qilib olinadi. yog„da shuningdek, yog„ suv va tuz ham me‟yorlashtiriladi.  
Sariyog„ sifatiga organoleptik baho yuz balli tizim asosida beriladi. 
Har bir ko„rsatkich uchun ma‟lum miqdor ball beriladi: ta‟m va hidiga - 50 
ball,  konsistentsiyasiga  va  tashqi  ko„rinishiga  -  25,  rangiga  -  5, 
tuzlanishiga  -  10  va  joylanishiga  10  ball  beriladi.  Nuqsonlari  bo„lgan 
taqdirda ball baholari jadvaliga muvofiq baho kamaytariladi. Agar yog„da 
berilgan  organoleptik  ko„rsatkichlar  bo„yicha  ikkita  nuqson  bo„lsa,  unda 
bahoni  ko„proq  pasaytiruvchi  nuqson  nazarga  olinib  baho  kamaytariladi. 


113 
 
88-100  ball  olgan  yog„lar  a‟lo  nav,  80  -  87  ball  olgan  yog„lar  1-nav 
hisoblanadi.  
Sarxil yog„ning rangi sal sarg„imtir yoki oq; ta‟mi va hidi shu turga 
xos, 10 - 12°C da bir xil zich konsistentsiyali; kesilganida usti quruq yoki 
juda mayda nam zarrachalari tekis taqsimlangan, sal-pal yaltillab turadigan 
bo„ladi.  Eritilgan  sariyog„  yumshoq,  donador  konsistentsiyali  bo„lishi, 
erigan holatida esa cho„kindisiz butunlay tiniq bo„lishi lozim.  
Baliq,  metall,  tutun  ta‟mi  kelib  turadigan,  burqsigan,  kuygan, 
mog„orlagan  va  xashak  hidli,  ichidan  mog„orlagan,  begona  qo„shilmalari 
bo„lgan, kir-chir yoki noaniq markalangan idishga joylangan yog„ savdoga 
chiqarilmaydi. Sariyog„ni  joylash uchun 25,4 kg sig„imi
 
toza,  quruq  taxta 
va  faner  yashiklar  hamda  50,8  kg  sig„imi
 
yog„och  bochkalar  ishlatiladi. 
Lyubitelskiy  sariyog„  24  kg  sig„imi
 
yashiklar  va  48  kg  sig„imli  yog„och 
bochkalarga  joylanadi.  Sariyog„  shuningdek,  100.  200,  250,  500  g  dan 
qadoqlanib, pergament qog„ozga o„raladi.  
Eritilgan yog„ sof og„irligi 50 dan 100 kg gacha archa, qora qayin, 
lipa,  torterak,  qayin  taxtasidan  yasalgan  bochkalarga  joylanadi.  Eritilgan 
sariyog„ sig„imi
 
500 g gacha bo„lgan shisha idish va parafinlangan qog„oz 
stakanlarga  qadoqlab  joylanadi.  Sariyog„ni  magazin  sharoitida  10°C  dan 
oshmagan  haroratda  va  nisbiy  namligi  75  -  80%  bo„lgan  xonada  saqlash 
tavsiya qilinadi. Sovutkichlarda yog„ -6 dan 18°C gacha bo„lgan haroratda 
saqlanadi.  Sariyog„ni  yozda  3  kungacha,  qishda  -5  kungacha,  eritilgan 
sariyog„ni  butun  yil  davomida  15  kungacha  saqlash  mumkin.  Yil  fasllari 
va rayonlarning joylanishiga ko„ra tabiiy kamayish me‟yori sariyog„ uchun 
0,19-0,35%, Eritilgan sariyog„ uchun 0,30-0,45% dir.  

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish