278
nisbatan ko„plab xususiyatlari bo„yicha farq qiladi. Ular yeyilishga yuqori
darajada chidamli, mustahkam, gigrotermik barqaror, qalin, zich, to„q yoki
jigarrang, tola tuzilishlari to„lishgan, nam, issiq, mexanik va kimyoviy
ta‟sirlarga
kuchli
bo„ladi.
Qurama
oshlashga
xromtannidli,
xromsirkoniysintanli, xromlumin-sintanli, titansirkoniysintanli va boshqa
uslublar kiradi. Bu uslublarda olingan charmlarning aksariyati
poyabzallarning tagcharmi va kamrog„i yuza qismi uchun ishlatiladi.
Yog‗li oshlashda xom terilar dengiz hayvonlarining (tulen va baliq
jigari) to„yinmagan yog„lari bilan oshlanadi. Bu usuldan yovvoyi echki,
bug„u
bolalari, qo„zi va it terilaridan zamsha olishda foydalaniladi.
Aluminli oshlash qo„y, yovvoyi echki, oz miqdorda it terilaridan
«layka» turdagi qo„lqop charmlari olishda qo„llaniladi. Charm ishlab
chiqarish sanoatida, asosan, alumin achchiqtoshlari va aluminli sulfat
ishlatiladi. Bu usulda olingan charmlar cho„ziluvchan va plastik bo„ladi,
lekin ular suvga chidamsiz, namlanganda shishadi, quriganda esa
qattiqlashadi.
Formaldegidli oshlash eng qadimgi usullardan biridir. Bu usulda
olingan charmlar oq rangli, ter va ishqorga chidamli bo„lib, suvda tez
buzilmaydi. Shuning uchun ular ortopedik buyumlar ishlab chiqarishda
ishlatiladi.
Oshlashdan keyingi pardozlash operatsiyalari fizik-kimyoviy
jarayonlar va mexanik operatsiyalarning yig„indisi bo„lib, charmga kerakli
estetik talablarga mos chiroyli tashqi ko„rinish berish va fizik-mexanik
xususiyatlar ato etishdan iboratdir. Oshlashdan keyingi operatsiyalarga
bog„lanmagan oshlovchi moddalarni ketkazish uchun yuvish, siqish va
randalash kiradi. Poyabzallarning ustki qismi uchun ishlatiladigan xromli
charmlar tag qismi uchun qo„llaniladigan charmlarga nisbatan ko„proq
pardozlanadi.
Poyabzallarning ustki qismi uchun ishlatiladigan charmlarni
pardozlash jarayonida barabanlarda
ranglash, yumshoqligi, plastikligi va
suvga chidamliligini oshirish uchun
yog‗lash, g„ijimlangan joylar, buklam
hamda qatlamlarni yozish uchun orasini ochish, yumshoqlik berish,
elastikligini oshirish maqsadida mashinalarda
tortish kabi operatsiyalar
279
o„tkaziladi. So„ngra charmlar kerakli rang, yaltiroqlik beruvchi va yuza
qatlamining mayda nuqsonlarini berkitadigan kazein, nitroselluloza,
poliuretan, akril yoki lokli qoplamalar bilan
bo‗yaladi (appretlanadi), ya‟ni
ohorlanadi. Olingan materiallar
yaltiratiladi (loshcheniye), ya‟ni qoplama
bo„yoq tebranuvchi roliklar yordamida eziladi, natijada, charmning yuza
qismi yaltiroq bo„lib qoladi. So„ng charmlarni zichlash maqsadida
taxtakachlanadi
(presslanadi), kerak bo„lsa, sun‟iy gul mereya bosiladi.
Poyabzallarning
tag
qismi
uchun
ishlatiladigan
charmlarni
pardozlashda randalash, bo„yash, tortish, ohorlash va yaltiratish
operatsiyalari
o„tkazilmaydi.
Bunda
taxtakachlash
operatsiyasi
namlanishni
kamaytiruvchi chigirlash (prokatka) bilan almashtiriladi.
Charmlarning tirnalishini yo„qotish, yeyilish hamda suvga chi-
damliligini oshirish uchun ular sintetik smola, lateks va boshqa moddalar
bilan to„ldiriladi (impregnirovaniye).
Do'stlaringiz bilan baham: