A. N. Samadov, O. S. Jumanov



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Qovoqsimon  sabzavotlar.  Bularga  bodring,  tarvuz,  qovun,  qovoq 
kabilar  kiradi.  Bodring,  asosan  ta‟mlilik  qimmati  bilan  manzur,  chunki 
uning  oziqlik  qimmati  baland  emas  (uning  95%  i  suv).  Bodring 
xomligicha, tuzlab va konserva qilib eyiladi. Ekish usuliga qarab, bodring 
erda, issiqxonada o„stiriladigan; rangiga qarab, och yashil, yashil va to„q, 
yashil,  oq,  taram-taram  yoki  taramsiz;  sirtining  xarakteri  jihatidan  g„adir-
budur  va  silliq.  G„adir-budur  bodring  silliq  bodringdan  ko„ra  yaxshi 
tuzlanadi  va  achish  davomida  hosil  bo„ladigan  sut  kislotasini  ko„proq 
shimadi.  
 Pishish  muddatiga  ko„ra  ertapishar  (40-45  kun),  o„rtapishar  (55 
kun) va kechki navlarga bo„linadi. Ertagi bodringning uzunligi, 9 sm dan, 
o„rtapishar  va  kechki  bodringlarning  uzunligi  esa  12  sm  (diametri  6  sm), 
dan  oshmaydi.  Konservalashga  mo„ljallangan  bodring  uzunligiga  qarab: 
pikuliga 3-5 sm, 1 - guruh kornishonga 5,1-70 sm va II guruh kornishonga 
7,1-9,0 sm hamda zelenetsga - ko„pi bilan 12 sm. ga (diametri ko„pi bilan 5 
sm)  bo„linadi.  Xomligicha  eyish,  tuzlash  hamda  konservalash  uchun 
mayda  va  o„rtacha  yiriklikdagi  bodringlarni  ishlatish ma‟kul,  chunki  ular 
yosh,  eti  zich  va  urug„i  pishib  etmagan  -  yumshoq  bo„ladi.  Bodringning 
eng 
keng 
tarqalgan 
xo„jalik-botanik 
navlari, 
“Muromskiy”, 
“Vyaznikovskiy”,  “Nejinskiy”,  “Nerosimiy”,  “Borshagovskiy”  va 
boshqalardir.  
Tarvuz  iste‟mol  o„rniga  ko„ra  ovqatbop,  xashaki  va  tsukat  xillarga 
bo„linadi. Ovqatbop tarvuzda 6-8% qand, S vitamini va boshqa moddalar 
bo„ladi, eti mayin, ta‟mi shirin. Tarvuz tabiiyligicha va tuzlab ham eyiladi. 
Undan  tarvuz  asali  (nardek)  va  vino  tayyorlanadi.  Tarvuz  yumaloq  yoki, 
ovalsimon shaklda, yashil yoki to„q yashil rangli, taram-taram va taramsiz, 
po„chog„i  yupqa,  o„rtacha  va  qalin  (0,4  sm  dan  2,5  sm  gacha),  o„lchami 
yirik,  o„rtacha  va  mayda  bo„ladi.  Qalin  po„choqli  tarvuzning  chiqiti ko„p 


84 
 
bo„lsa-da,  tashish  va  uzoq  saqlash  uchun  yaxshi  hisoblanadi.  Tarvuzning 
eti g„ovak yoki zich,  mayda donali, yirik  donali yoki tola-tola tuzilishda, 
sersuv, kamsuv yoki quruq konsistentsiyali; etining rangi sariq, pushti qizil 
va och qizil bo„ladi.  
Tarvuzning  bir  qancha  navlari  ichida  “Astraxanskiy  polosato„y”, 
“Murashka”,  “Lyubimets  xutora  Pyatigorska”,  “Biryuchekutskiy”, 
“Ajinovskiy”,  “Kro„mskiy  pobeditel”  navlari  eng  yaxshi  navlar 
hisoblanadi.  Ularning  eti  sersuv,  mayda  donali,  mayin,  qip-qizil  rangli 
bo„ladi. Standart talablariga ko„ra tarvuz sog„,
 
yangi uzilgan, toza, to„g„ri 
yoki  noto„g„ri  shaklli  bo„lsa-da,  qing„ir-qiyshiq  bo„lmasligi,  pishib  o„tib 
ketmagan,  qizil  yoki  pushti  rangli  bo„lishi  lozim.  Tarvuzning  o„lchami 
ko„ndalang  diametri  kamida  15  sm  bo„lishi  kerak.  Bir  partiyada  qing„ir-
qiyshiq (notekis shaklli) qirilgan, sal ezilgan tarvuzlar 8% dan oshmasligi 
lozim,  jumladan  xomroq  va  o„ta  pishib  ketgan  tarvuzlar  ko„pi  bilan  3% 
bo„lishi mumkin.  
Qovun  seret,  yirik,  o„rta  yoki  mayda  o„lchamli,  tuxumsimon, 
yumaloq  yoki  tsilindrsimon  shaklli,  silliq,  to„r-to„r  yoki  qovurg„asimon 
sirtli, rangi sariq, qo„ng„ir yoki jigar rang. Etilish darajasiga qarab, qovun 
pishgan va xomroq xillarga bo„linadi. Qovun eti oq, sariq, pushti yoki sal 
yashil rangli; unsimon yoki zich tuzilishli; ta‟mi shirin va yoqimli, sal yoki 
o„ta xushbo„y. Qovunda 13% qand, S vitamini, mineral moddalar, kislota, 
xushbo„y  rang  beruvchi  va  boshqa  foydali  moddalar  bo„ladi.  Qovun 
tabiiyligicha  iste‟mol  qilinadi  va  undan  qovun  qoqi,  qovun  asali,  tsukat, 
povidlo,  murabbo  tayyorlanadi.  “Golubi”,  “Kolxoznitsa”,  “Dubovka”, 
“Zimovka”, “Qo„ybosh”, “Nesravnenniy” navlari keng tarqalgan.  
Qovun  yangi  uzilgan,  butun,  sog„,
 
turli  shaklda,  tekis,  har  qaysi 
navning o„z rangida bo„lishi lozim. Mevaning o„lchami ko„ndalang kesim 
diametri  ertapishar  va  mayda  qovun  uchun  kamida  10  sm,  o„rta  va 
kechpishar (kuzgi) qovunlar uchun (yumaloq va ovalsimon shaklli) kamida 
15  sm  bo„ladi.  Pishgan  qovun  sersuv,  mayin,  etli  va  etilgan,  urug„i  oson 
ajraladigan bo„lishi lozim. Xomroq qovunning eti zichroq va kamsuvroq, 
urug„i  pishib  etilmagan  va  uning  etidan  ko„chishi  qiyin  bo„ladi.  Bir 
Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish