A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 8 . 2 .   C h a r m   p o y a b z a l l a r i



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
1 8 . 2 .   C h a r m   p o y a b z a l l a r i  
 
Charm  poyabzallari  ishlab  chiqarish  jarayoni  ularning  assortimenti 
va sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi 
operatsiyalardan  iborat:  modellarini  loyihalash,  materiallarni  bichish, 
tikish va poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab 
chiqish  va  yangilash  loyihalash  davrida,  sifatini  shakllantirish  esa  ishlab 
chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. 
Poyabzallarnl  loyihalash  (modellashtirish  va  konstruksiyaiash) 
ularning  modeli,  ishchi  chizmasi  va  qismlar  andozasini  ishlab  chiqishdan 
iborat.  Poyabzal  materiallari  ushbu  model,  ishchi  chizmalar  va  andozalar 
bo„yicha bichiladi. 


286 
 
Poyabzal  modellari  ishlab  chiqarish  laboratoriyalarida  rassom-
modelyerlari  tomonidan  tayyorlanadi.  Rassom  bo„lajak  poyabzalning 
andoza  nusxasini  yaratadi.  Charm  poyabzallarning  asosiy  belgilari 
ularning  o„lchami  va  to„laligi  hisoblanadi.  Metrik  raqamlash  tizimi 
bo„yicha  poyabzalning  o„lchami  oyoq  kaftining  mm.  dagi  uzunligini 
tavsiflaydi. Bir o„lchamdagi patakning uzunligi oyoq kaftining uzunligidan 
katta  bo„lishi  kerak  (oyoqning  poyabzal  ichida  erkin  harakati  uchun). 
Chegaradosh  o„lchamli  poyabzallarning  uzunligi  bo„yicha  oralig„i 
bulg„orli va maxsus poyabzallardan tashqari (bular uchun 7,5 mm) barcha 
poyabzallarda  5  mm.  ga  teng.  Poyabzalning  to„laligi  uning  ichki  shakli 
(panjalar  va  to„g„ri  do„ng  joyi  bo„yicha)  va  iz  tomonining  (panja  va 
tovonidan)  eni  aylanasi  bilan  tavsiflanadi.  Panjalarning  aylanasi  bo„yicha 
chegaradosh  to„lalikning  o„zaro  oralig„i,  6-8  mm.  ga  teng.  Charm 
poyabzallar  to„qqizta  (1-9)  to„lalikka  bo„linadi,  lekin  amalda  faqat  1-6 
to„lalik  oralig„ida  ishlab  chiqariladi;  ayollar,  erkaklar  va  bolalar 
poyabzallari uchun to„lalik soni birdan uchtagacha. 
Charm materiallarini bichish ularni o„lchami va xususiyatlarining bir 
xilligi  bo„yicha  ishlab  chiqarish  partiyalariga  ajratilgandan  so„ng  amalga 
oshiriladi.  Poyabzallarning  yuza  va  tag  qismiga  ishlatiladigan  tabiiy 
charmlar  qoliplari  presslarda  maxsus  metall  qoliplar  (keskich-rezak) 
yordamida;  sun‟iy  charmlar  va  to„qimachilik  materiallari  qavat-qavat 
to„shalib,  tasma  pichoqli  elektr 
mashinalari  bilan  bichiladi. 
Poyabzallarning  sifati  qoliplarning  joylanishiga  bog„liq.  Shuning  uchun 
qismlarningcho„zilishi  poyabzalning  uzunasiga  minimal  bo„lishi  kerak. 
Eng muhim qismlar charmlarning cheprak qismidan bichiladi. 
Poyabzallarni  tikish  jarayoni  bichilgan  qismlariga  oldindan  ishlov 
berish (yaxshiroq egish uchun qismlar chekkasini yupqalatish, tagcharmni 
silliqlash,  rantli  uslubda  mahkamlanadigan  poyabzalda  patak  labini 
shakllantirish  va  boshq.),  ustki  tanavorlarning  to„plangan  qismlarini 
birlashtirish  yoli  bilan  yig„ish  va  poyabzal  modeli  bo„yicha  bezak  berish, 
qolipga ustki qismining yig„ilgan tanavorini tortish yo„li bilan ustki qismi 
shaklini  berish  va  tag  qismi  detallarini  tanavorga  yopishtirish  kabi 
operatsiyalardan iborat. 


287 
 
Poyabzallar  tagini  mahkamlash  uslublari  mahkamlaydigan  material 
turiga  qarab  burama  mixli,  yelimli  (yelimlash,  issiq  vulkanizatsiyalash  va 
quyma),  ipli  (tikish,  sandal,  doppel,  rantli  va  rantli  tikilgan,  parko, 
og„darma,  yonbosh),  qurama  (rantli-yelimlash,  doppelli-yelimlash,  tikish-
yelimlash) va boshqa uslublarga bo„linadi. 
Tag  qismini  mahkamlashdagi  mixlash,  burama  mixli  va  tikish 
uslublari,  asosan,  og„ir  ishchi  va  sport  poyabzallari  tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Yelimlash  usuli  keng  tarqalgan  bo„lib,  tagcharm  yelim  orqati 
tanavoraning  tortilish  chekkasiga  biriktiriladi.  So„ngra  poyabzal  ma‟lum 
vaqt maxsus taxtakash tagida qolipda ushlab turiladi. 
Issiq  vulkanizatsiya  usulida  tayyor  rezinali  tagcharm  o„rniga  xom 
rezina aralashmasi qo„llaniladi. Aralashma taxtakachda tagcharm shakliga 
kiradi, vulkanizatsiyalanadi va poyabzalning ustki qismiga mahkamlanadi. 
Bu  usulda  olingan  poyabzalning  tagcharmida  taxtakach  shakhning  izi 
qoladi. Bu usulda har xil xromli va to„qimachilik materiallaridan qilingan 
poyabzallar tayyorlanadi. 
Sandal  usuli  ko„proq  sandallar  tayyorlashda  qo„llaniladi.  Bunday 
poyabzallarda patak va ustki qismining astari bo„lmaydi. 
Doppelli  usul  sandal  usulidan  deyarli  farq  qilmaydi,  lekin 
poyabzalning  astari  bo„ladi.  Bu  usul  bilan  yozgi  yarim  botinkalar 
(sandalet), bolalar yarim botinkalari va botinkalar tayyorlanadi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish