A. N. Samadov, O. S. Jumanov


 3 . 2 .   S h i s h a   b u y u m l a r n i   b e z a s h



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

 
1 3 . 2 .   S h i s h a   b u y u m l a r n i   b e z a s h  
 
Shisha buyumlari  shakllanish jarayonida yoki undan keyin bezaladi. 
Shakllanish jarayonida bezash quyidagi to„qqiz turga bo„linadi: 
1. Rangli  shisha  iplari.  Buning  uchun  puflash  naychasi  uchiga 
olingan  rangsiz  shisha  bo„tqasi  ichiga  turli  ranglarga  bo„yalgan  shisha 
qalamchalari  terilgan  qolipga  solib  puflanadi.  Bunda  ketma-ket 
o„tkaziladigan  qizdirish  va  puflash  jarayonlari  3-4  bosqichdan  iborat 
bo„ladi. 
2. Shisha  to‗qimasi.  Buning  uchun  naycha  uchiga  olingan  shisha 
bo„tqasi to„qima joylashtirilgan qolipga solib ketma-ket 3-4 qizdirish va 
puflash natijasida buyum shakllantiriladi. 
3. Shisha  uvog‗i  yoki  zarrachalari.  Bunda  naycha  uchiga  olingan 
shisha  bo„tqasi  maydalangan  shisha  sepilgan  taxta  ustidan  dumalatib 
o„tkazib puflanadi. 
4. Havo pufakchalari. Bu bezak naycha uchidagi shisha bo„tqasini 
ichi qirrali yoki chuqurchali qolipda va tashqarida 3-4 puflash natijasida 
hosil qilinadi. 
5. «Muz  naqshi»  (krakle  bezagi)  hosil  qilish,  Naycha  uchidagi 
shisha bo„tqast 5-10 soniya suvga botirib olingandan keyin yana qizdirib 
puflansa, buyum sirtidagi yoriqchalar erib, devor ichidagllari qoladi. 
6.  Irizatsiya  (yunon.  «kamalak»)  usulida  bezak  solish  uchun 
shakllantirilgan issiq buyum sirtiga ketma-ket xlorli qalay, surma, temir va 
xrom  hamda  kobalt  atsetati  sepilib,  560-580°C  da  qizdirilsa,  kamalakni 
eslatuvchi ko„k, binafsha, sariq, yashil va jigarrang pardalar hosil bo„lad i. 
Marmarsimon  bezak  berish.  Sut  rangli  shisha  bo„tqasiga  boshqa 
qo„shimchalar  aralashtirmagan  holda  massa  naycha  uchiga  olinib 
puflaganda ko„zlangan maqsadga erishiladi. 
«Rangli dog‗lar» bezagi solish uchun naycha uchidagi bo„tqaga turli 


198 
 
rangdagi shisha parchalarini yopishtirib, 3-4 bosqichda ketma-ket qizdirib 
puflanadi. 
9.Ко‗p  qavatli  rangdor  shisha  olish.  Bunday  shisha  2-3  xil  rangda 
bo„tqalardan  naycha  uchiga  olinib,  ketma-ket  qizdirish  va  puflashl 
natijasida paydo bo„ladi.  
Shakllangan  tayyor  buyumlar  sirtiga  quyidagi  sakkiz  xil  usulda 
bezak beriladi: 
1.Shlifovka  jilvir  toshlar  yordamida  o„yib  solinadi.  Murakkabligi 
bo„yicha  val  yordamida  yumaloq  chuqurchalar  o„yish,  xira  lenta  chizish, 
uzum  boshi,  olcha  va  bo„tako„z  shaklidagi  uzunchoq  sayoz  o„yiqchalar 
solish  (raqamli  shlifovka),  8,  12  yoki  16  ta  keng  va  olmos  qirrali  bezak 
turlariga  bo„linadi.  Keyingi  bezak  yulduzlar  va  nur  tarami  shaklida  60° 
burchak  usulda  o„yib  solinadi.  O„yiqchalar  ftor  hamda  sulfat  kislotalari 
aralashmasi  yordamida  sayqallanadi.  Qirrali  o„yiqchalarda  yorug„lik 
sinishi natijasida bezak brilliantga o„xshash tovlanib turadi. 
2.Mis gardishi bilan sayoz o„yma naqsh (gravirovka) turli manzaralar 
shaklida solinadi. 
3.Ftor  kislotasi  bilan  o„yma  naqsh  solish.  Ftor  kislotasi  shisha 
tarkibidagi kalsiy bilan xira tuz hosil qiladi. Murakkabligi bo„yicha oddiy 
naqsh solingan xira, tiniq «to„ramon chiziqchalardan iborat giloshir, tiniq 
murakkab bezak (pantograf) va ikki qavatli rangdor shishaga chuqur naqsh 
shaklida solingan «Galle» usuli bezak turlariga bo„linadi. 
4. Ko„chirma  dekol  bezagi.  Rasm  trafareti  to„qilgan  ipak  to„rga 
quyuq  bo„yoq  surtilib,  qog„ozga  solingan  rasm  buyumga  o„tkaziladi. 
Rasm tiniq nitrolak orqali dekstrin bilan qog„ozga yelimlangan bo„ladi. 
Qog„oz buyumga nam holatida yopishtirilganda qog„oz ajralib, lok rasm 
bilan  birgalikda  buyum  yuzasida  qoladi.  Buyum  560-58O°C  da 
qizdirilganda rasm uning sirtiga mustahkam yopishadi. 
5. Trafaret 
bosma. 
Fotoplastinkadagi 
fototasvir 
diapozitiv 
plyonkasiga  ko„chirilib,  u  orqali  jelatina  va  ammoniy  xromatinning 
polivinil spirtidagi eritmasi surtilgan ipak to„rga nur tushiriladi. Buyum 
yuzasiga  hosil  bo„lgan  trafaretli  to„r  yotqizilib,  ustidan  quyuq  bo„yoq 
surtilgan  rezina  shtampi  g„ildiratib  o„tkaziladi.  Har  bir  rang  uchun 


199 
 
alohida trafaretli to„rlar ishlatiladi. 
6. Fotobosma  usuli.  Xromlangan  dekstrin  bilan  qoplangan  shisha 
plastinkaga  tasvir  tushirilgan  diapozitiv  orqali  nur  tushirilganda 
qoplangan  pardaning  yopishqoqlik  qobiliyati  tushgan  nur  miqdoriga 
proporsional  ravishda  pasayadi.  Pardaning  nur  tushmagan  joylari 
yopishqoqligicha  qoladi.  Plastinkaga  pigment  sepilganda,  u  parda 
zarrachalarining  yopishqoqlik  xususiyatiga  proporsional  miqdorda 
yopishadi.    Plastinkadan  yopishqoqlik  xususiyatini  yo„qotgan 
zarrachalar  ishqorli  eritma  bilan  yuvib  tashlangach,  rasm  tasviri 
ultingugurtli  efirning  spirtdagi  eritmasi  hosil  qilgan  parda  bilan 
qoplanadi.  Efir  bilan  spirt  uchib  ketgach,  tasvirli  parda  plastinkadan 
buyumga  ko„chiriladi.  Tasvir  buyumga  560-580°C  da  qizdirilgandan 
keyin difFuziya tufayli mahkam yopishadi. 
7. Lyustra  bezagi.  Shisha  buyumi  sirtiga  ketma-ket  skipidar  yoki 
nitrobenzolda  eritilgan  oltin  xloridi,  oltin  va  rux  rezinati  aralashmasi, 
oltin  xloridi  va  qalay  rezinati  aralashmasi,  bismut,  alumin,  titan,  temir 
yoki marganes hamda qo„rg„oshin rezinatlari aralashtirilib 560-580°C da 
qizdirilsa,  och  qirmizi,  to„q  qizil,  oltin  tovlanishli  binafsha,  jigarrangli 
hamda sadafsimon yaltiroq oksid pardalari hosil qiladi. 
8. Shtamp  va  otvodka  bezagi.  Shisha  buyumi  sirtiga  shtamp  yoki 
mo„yqalam  yordamida  skipidar  yoki  efir  yog„ida  eritilgan  oltin  xloridi 
biror tasvir hamda eni 1-3 mm. li lenta surtilib qizdirilsa. yaltiroq parda 
hosil bo„ladi. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish