A. N. Norchayev, T. B. Sadikov, M. Z. Nurfayziyeva mintaqaviy turizm



Download 3,14 Mb.
bet10/90
Sana03.07.2022
Hajmi3,14 Mb.
#736251
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90
Rekreatsion resurslar






















Tabiiy




Antropogen
















Iqlimiy




Madaniy – tarixiy

(quyosh radiatsiyasi,




(madaniy va diniy

harorat,yog‘in, namlik,




markazlar, ziyoratgohlar,

shamol va b.)




muzey, milliy bog‘lar,

Geologik




tarixiy obidalar)

(mineral, dengiz suvlari,




Axborot

shifobaxsh balchiqlar)




(kutubxona,

Biologik




ko‘rgazmalar)

(o‘simlik va hayvonot




Sport

dunyosi, tuproqlar va b.)




Ko‘ngilochar obyektlar

Landshaftlar




Urbanistik

(tog‘, o‘rmon, sharshara,




Boshqalar

sohillar va b.)












4.1-rasm. Rekreatsion resurslar5

Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreatsiya maqsadida foydalish mumkin bo‘lgan ijtimoiy obyektlar, antropogen rekreatsiya resurslariga kiradi. Undan tashqari, rekreatsion resurslarni qo‘yidagi asosiy belgilariga ko‘ra ajratish mumkin:


xlandshaft – iqlimiy xususiyati;


xtabiiy resurslar potensial zahirasi;


xjozibadorlik va sayyohlik ahamiyati;


xqulaylik va foydalanish imkoniyati;


xmanzara va ekologik xususiyati;


xijtimoiy – demografik xususiyati.





  • Ibodullayev N. “O’zbekistonning turistik resurlari” Samarqand 2008.

23
4.2. Turistik resurslar tasnifiga yondoshuvlar


Turistik resurslar tasnifiga bir qancha yondashuvlar mavjud. Ulardan polyak iqtisodchisi M.Truasi (1963y) va fransuz iqtisodchisi P.Deferem (1972y) taklif qilgan tasnifi ancha takomillashgan.


Truasi turistik resurslarni uch guruhini ajratadi:





  1. Tabiiy turistik resurslar, «turistik kapital potensiali» sifatida unga iqlim, havo, manzara, dengiz, ko‘l, daryolar, tog‘lar, o‘rmon va boshqalar kiradi. Boshqacha qilib aytganda, bu resurslarni tabiiy – iqlimiy resurslar deb atash mumkin.

  2. Inson tomonidan yaratilgan turistik resurslar, ya’ni arxitektura binolari, yodgorliklar, madaniy obyektlar va boshqalar. Bular ekskursiya obyektlari hisoblanadi.

  3. «Qo‘shimcha» turistik resurslar, inson mehnati tomonidan yaratilgan ma’lum mintaqadagi barcha turistlarni qabul qiluvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hisoblanadi. Bu resurslar orqali turistlarga xizmat ko‘rsatish darajasini baholash mumkin.

Lekin, Rossiyalik mutaxasislar M.E.Nemolyaeva va L.F.Xodorkov qabul qiluvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalari turistik resurslarga qo‘shish mumkin emas deb hisoblashadi. CHunki, bu korxonalar mavjud turistik resurslardan foydalangan holda ish yuritadilar, aks holda bir butun turistik sayohatni qamrab olgan holda xizmat ko‘rsata olmaydilar.


Defer barcha turistik resurslarni 4ta guruhga ajratadi: gidrom, fitom, litom va antropom.


Gidrom bunga suv bilan bog‘liq turistik resurslar kiradi. Bu guruh tarkibiga ko‘l, daryolar, dengiz bo‘yi, muzliklar, mineral suv manbalari, gidroelektrstansiyalar, sharsharalar va boshqalar kiradi. Misol uchun, mashhur Niagara sharsharasi, Amozonka daryosi, Ispaniyadagi dengiz bo‘yi plyajlarini kiritish mumkin. Fitom – tabiiy turistik resurslar, buning tarkibi ikki turda bo‘lishi mumkin: tabiiy ravishda yaratilgan (o‘rmon, tog‘lar, cho‘qqilar, vo‘lqonlar, tabiiy manzaralar) va inson tomonidan yaratilgan (milliy bog‘lar, parklar).

24


Litom inson tomonidan yaratilgan va o‘zi yoki belgilariga ko‘ra turistlar qiziqishini orttiradigan resurslar bo‘lib, uning tarkibiga arxitektura yodgorliklar, qadimgi insonlar yashash joylari, ochiq osmondagi muzeylar kiradi. Undan tashqari litomlarga zamonaviy qo‘rilmalar: ko‘priklar, aeroportlar, sport majmualari, universitetlar, akvariumlar, observatoriyalar va boshqalar kiradi.
Antronom turistik qiziqishni orttiradigan barcha inson faoliyati ko‘rinishlarini kiritish mumkin. Antronom elementlariga insonning o‘zi, uning hayoti, urf – odatlari, yuqolgan yoki yuqolish arafasida turgan, ya’ni milliy xalq bayramlari, folkrol, milliy musiqa va kiyimlarni kiritish mumkin. Undan tashqari antronomga sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari, o‘quv dargohlari va ijtimoiy – maishiy obyektlarni ham kiritish mumkin. Misol uchun Rio-de-Janeyrodagi mashhur karnaval, Fransiyaning SHampan provensiyasidagi mashhur uzumzorlar va vino ishlab chiqarishni ko‘rsatish mumkin. Defer tasnifini xususiyati shundaki, unda ayrim turistik resurslar bir necha guruhda birdaniga uchratish mumkin.

Umuman olganda turistik resurslarga turlicha qarashlar mavjud. SHuni ta’kidlash lozimki, turizm maqsadida turistik resurslardan to‘g‘ridan – to‘g‘ri foydalanib bo‘lmaydi. Buning uchun ko‘pgina qo‘shimcha xizmatlar, ya’ni joylashtirish, ovqatlantirish, sayohat va transport xizmatini tashkillashtirish kabi xizmatlardan foydalanish orqaligina turistik resurslardan turizm faoliyatida foydalanish mumkin.





Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish