Axborot zaxiralari – alohida hujjat va alohida hujjat to`plami, axborot tizimlari
(kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjatlar) to`plamidir.
Boshqaruv karorlarini qabul qilish jarayoni ma`lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko`rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko`zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qiymati yuqori jarayon. SHuning uchun uni tasniflash zarur. (2.1- rasm).
Tasnif tizimini axborotga qo`llash uchun quyidagicha yondashish zarur:
Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo`lishi kerak.
Tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo`yilishi lozim.
Ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur.
Tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog`liq.
Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash ahamiyatli. 1. Axborot olishusuli bo`yicha quyidagilarga tasniflanadi:
tadqiqot davomida bevosita so`rov varaqalari yordamida, telefon so`zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo`li bilan olib borilishi mumkin;
davriy va maxsus adabiyotlarni o`rganish orqali;
1- rasm. Axborotlarni tasniflash.
v) ma`lumotlarni telefaks yoki maxsus magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus agentliklar so`rovi bo`yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek, to`laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma`lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar)da uzatish so`nggi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuvlari ham uzatiladi.
2. Qayta ishlash usuliga ko`ra ma`lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo`linadi. Jumladan, boshlang`ich axborot odatda voqelikda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi o`z asosiga ko`ra birlamchi ma`lumotlarga tayanadi.
Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. SHu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang`ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma`lumotlar kiritiladi. SHu munosabat bilan boshlang`ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko`rib chiqish lozim.
3.Tadqiqot ob`ekti nuqtai nazaridan axborot. Eng avvalo tashqi makromuhit ta`sirini hisobga olgan holda ma`lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma`lumotlar banklaridan foydalanish uchun asoslangan yunalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o`rganishga yo`naltiriladi.
4.Funktsional vazifasiga ko`ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin:
yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy vaiqtisodiy ahvoli qanday bo`lishini ochib beruvchi axborot;
bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot.
v) amalda erishilganiga qaraganda ko`zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo`yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash).
Ushbu uchchala tur birdek muhim, zero, ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta`minlaydi. Axborotning birinchi turi prognozlash va rejalashtirish funktsiyasi bilan; ikkinchisi hisob-kitob funktsiyasi bilan; uchinchisi nazorat va tahlil funktsiyalari bilan uzviy bog`liqdir.
5. Vazifasiga ko`ra axborot, ma`lumotnoma, tavsiyanoma, me`yoriy va signalli turlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |