AIJ dasturiy ta’minotini quyidagicha tasniflash mumkin:
Xulosa
Men ushbu diplom ishini yozishim davomida Internet.Bronlashtirish tizimlaridan insonlar hayot faoliyati davomida juda kata imkoniyatlarga ega bo’lishlarini tushundim. Bronlashtirish tizimi butun dunyo miqiyosida o’z samarasini ko’rsatmoqda. Bugungi kunda jaxonda to’rtta dunyo miqiyosida rezervlash tizimi (Global Distribution Sestems - GDS) mavjud. Bular: Amadeus, Galelio, Sabre, va Worldspan. Ular jami mehmonxonalar bozorining 90% dan ko’prog’ini qamrab olgan. Ularning terminallari yer yuzidagi 400 mingdan ortiq turistik agentliklarda o’rnatilgan. Bu tizimlar “oltin to’rtlik” deb atalishi bejiz emas. Jaxon mehmonxona bozorining qolgan bir necha foizi mintaqaviy rezervlash tizimlariga va yuqorida zikr etilgan tizimlarga qo’shilishi arafasida turgan tizimlarga tegishli. "Galileo" va "Apollo" tizimlari bazalarida dunyodagi barcha bronlashtirishning uchdan bir qismi amalga oshirilayapti. Haqiqatdan ham o’ylab qaraganda bronlashtirish juda samarali ish ekan, chunki har qanday sharoitda inson o’zi uchun zaruriy hollarda uzoq bir joydagi narsa yoki predmetni olish va xarid qilish uchun borib otirmay internet saytlari orqali amalga oshirsa bo’ladigan xol. Buning uchun inson kompyuterdan va internet tizimlaridan foydalana olishi zarur, internet saeytlaridan foydalanib bronlashtirish ishlarini amalga oshira oladi.Misol uchunTuristik xizmatlar etkazib beruvchilarga avia temiryo'l biletlari, otellar, avtomobil prokati va boshqa sotishning ishonchli, samarali xizmatlarini taklif etish; abonentga kuchli boshqaruv va marketing, raqobatbardosh va daromadli usulni taklif qilish; mahalliy va xalqaro etkazib beruvchilarga kirishga ko'maklashish, faoliyat boshqaruvini ta'minlash va firma moliyaviy ishlarini yuritishda yordam berish.Yevropa konsortsiumining bo'linib ketishi natijasida 1987 yilda asos solingan GDT to'rrra yirik yevropa aviakompaniyalari "Air France", "Uberia", "Lufthansa" va "SAS" (birinchi uchtasi hozirgacha kontrol aktsiyalar paketi egalari hisoblanadi). 25 ta nisbatan mayda aviakompaniyalarni birlashtirgan. 1992 yildan to'laqonli ish boshlagan bronlashtirish tizimi hozirgi paytda jahonda eng katta hisoblanadi. Masalan, “Edelveys” tizimida bronlash mehmonxona nomerlarining visual rejasi yordamida amalga oshiriladiki, bu bronlash aperatsiyasining ancha yengillashtiradi. "Amadeus" tizimining hozirgi davrdagi holati. "Amadeus" etakchi GDT (globaldisrib'yutor tizim) tizim bo'lib, turistik xizmatlar etkazib beruvchilar (aviakompaniyalar, mehmonxonalar, avtomobillarni prokatga berish kompaniyalari, sug’urta kompaniyalari va boshq.) ni real vaqt rejimida resurslarga kirishni ta'minlaydi va bu resurslarni 139 mamlakat turistik agentliklari o'rtasida taqsimlaydi. "Amadeus"" tizimi 751 aviakompaniyalar resurslariga kira oladi, bu jahonbozorida muntazam aviayo'lovchi tashishning 95 % dan ko'proqini tashkil qiladi. SHuningdek u 322 mehmonxonalar zanjiriga birlashgan. 52731 mehmonxonalar, 48 avtomobillarni prokatga berish kompamyalari turoperatorlar mahsulotlari, temiryo'llar, kemalar va sug’urta kompaniyalar bilan ishlashiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |