2.2. Axborot texnologiyalari asoslari
Axborot tizimi funktsiyalarini amalga oshirishni unga yunaltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib mumkin emas. ZAT axborot jamiyatida axborotni o`zgartirish jarayonlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi ancha keng tushuncha. Axborot tizimlari ishining muvaffaqiyat garovi – boshqaruv va komp`yuter axborot texnologiyalaridan oqilona uyg`unlikda foydalanishda.
Axborotni markazlashgan holda qayta ishlash EHM hisoblash markazlarida tarixan dastlab yuzaga kelgan texnologiyadir. Katta EHM bilan jixozlangan jamoaviy foydalanuvchi yirik HM (VTS)lari yaratildi. Bunday EHMlarni qo`llash katta miqdorda kirib kelayotgan axborotni qayta ishlash va bu asosida foydalanuvchiga beriladigan axborot mahsulotlarining xilma-xil turlarini olish imkonini beradi. Bunday texnologik jarayon 60-70 yillar korxona va tashkilotlar hisoblash texnikasi bilan etarli jihozlanmaganligiga bog`liq. Markazlashtirilgan texnologiya uslubiyatining afzalliklari:
foydalanuvchining ma`lumotlar bazasi ko`rinishidagi katta axborot oqimiga va keng nomenklaturadagi axborot mahsulotlariga murojaat etish imkoniyatlari;
markazlashtirilgan qabul qilinishi tufayli axborot texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha uslubiy qarorlarni tadbiq etishning nisbatan engilligi. Bunday uslubiyatning kamchiliklari kuyidagilar:
foydalanuvchi tezkor axborot olishiga qulaylik yaratmaydigan quyi xodimlarning cheklangan mas`uliyati, bu hol boshqaruv qarorlarini to`g`ri ishlab chiqishga to`sqinlik qiladi;
axborotni olish va undan foydalanish jarayonida foydalanuvchi imkoniyatlarining cheklanganligi.
Axborotning nomarkazlashtirilgan holda qayta ishlashi 80-yillarda shaxsiy komp`yuterlarning paydo bo`lishi va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan bog`liq. U avvalgi texnologiyani jiddiy siqib chiqardi, chunki u foydalanuvchiga axborot bilan ishlashda keng imkoniyatlar berdi va uning tashshabbusini cheklamaydi.
Bunday uslubiyatning afzalliklari quyidagilardir:
foydalanuvchi tashabbuslariga keng sharoit ta`minlovchi tuzilmaningmoslashuvchanligi;
xodimlar quyi bo`g`ini mas`uliyatining kuchayishi:
markaziy komp`yuterdan foydalanish ehtiyoji va tegishlicha HM tomonidan nazorat qilinishi;
komp`yuter aloqa vositalaridan foydalanish tufayli foydalanuvchi ijodiy imkoniyatining ancha to`liq amalga oshishi. Biroq bu uslubiyat o`z kamchiliklariga ega: ko`p sonli noyob ishlanmalar tufayli standartlashtirishning murakkabligi;
IM tavsiya etadigan standartlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni foydalanuvchi psixologik tomondan qabul qilmasligi;
Mahalliy joylarda axborot texnologiyasi darajasining rivojlanishi bir tekis emasligi.
Markazlashgan va nomarkazlashgan axborot texnologiyalarining bayon etilgan afzallik va kamchiliklari ham bu yondashuvni oqilona qo`llash zaruriyatiga olib keladi. Bunday yondashuvni oqilona uslubiyat deb nomlaymiz. Bu holda majburiyat quyidagicha taqsimlanadi:
HM axborot texnologiyalaridan foydalanishning strategiyalarini ishlab chiqish, foydalanuvchilarga ishda ham,o`qishda ham yordam berish;
Axborot texnologiyasidan foydalanuvchi xodim HM ko`rsatmalariga bo`ysunishi, o`zining mahalliy tizim va texnologiyalarini tashkilotning umumiy rejasiga muvofiq holda ishlab chiqishni amalga oshirmog`i lozim.
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot texnologiyasi tizimdagi ma`lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga oshiradi. Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo`lib, qarorlar qabul qilish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo`lgan vazifaga muvofiq va ushbu vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.
Ma`lumotlarni qayta ishlashning axborot texnologiyalari puxta tuzilgan vazifalarni hal qilish uchun mo`ljallangan, ularga ko`ra zarur kirish ma`lumotlari mavjud. Bu texnologiya boshqaruv mexnatining ayrim mayda, doimo takrorlanuvchi operatsiyalarni avtomatlashtirish maqsadlarida yuqori bo`lmagan malakali xodimlarning operatsiyaviy (ijrochilik) faoliyati darajasida qo`llanadi. SHu bois axborot texnologiyalari tizimlarini bu darajada qo`llash xodimlar mehnati samaradorligini ancha oshiradi, ularni mayda operatsiyalardan ozod etadi, ehtimol, hatto xodimlar sonini qisqartirish zaruratiga olib keladi.
Operatsiyaviy faoliyat darajasiga quyidagi vazifalar hal kiradi:
firma amalga oshiradigan operatsiyalar haqida ma`lumotlarni qayta ishlash;
firmadagi ishlarning ahvoli haqida davriy nazorat hisobotlarin tuzish;
istalgan joriy savollarga javob olish va ularni qog`oz xujjatlari yoki hisoblariko`rinishida rasmiylashtirish.
Ma`lumotlarni qayta ishlash quyidagi jihatlar bilan boshqa texnologiyalardan ajralib turadi:
ma`lumotlarni qayta ishlash buyicha firmaga zarur bo`lgan vazifalarni ajarish;
Har bir firma o`z faoliyati haqida ma`lumotlarga ega bo`lish va saqlashga qonunan haqli. Ular firmada nazoratni ta`minlash va qo`llab-quvvatlash vositasi sifatida foydalanishi mumkin. SHu bois istalgan firmada ma`lumotlarni qayta ishlash axborot tizimi albatta bo`lishi va tegishli axborot texnologiyasi ishlab chiqilishi lozimfaqat yaxshi tuzilgan vazifani hal etish mumkin;
odam kam qatnashadigan avtomatik rejimdagi asosiy ish hajmini bajarish;
taftish jarayonida firma faoliyati boshidan oxirigacha va oxiridan boshigacha
ketma-ketlik tartibida tekshiriladi;
voqealar ketma-ketligiga urg`u berish.
Ma`lumotlarni qayta ishlash axborot texnologiyasining asosiy komponentlari va xususiyatlari quyidagicha: ma`lumotlar jamlanmasi. Firmaning mahsulot yoki xizmatlar ishlab chiqarshiga qarab uning har bir hatti-harakati haqida tegishli ma`lumotlar yozuvi bo`ladi. Odatda tashqi atrofga tegishli firma hatti-harakatlari u ishlab chiqaradigan operatsiya sifatida alohida ajralib turadi. Ma`lumotlarni qayta ishlash. Firma faoliyatini aks ettiruvchi kelib tushayotgan ma`lumotlardan axborotni yaratish uchun quyidagi operatsiyalardan foydalaniladi: tasnif va guruhlash. Boshlang`ich ma`lumotlar odatda bir yoki bir necha ramzlardan tashkil topgan kodlar ko`rinishida bo`ladi. Ob`ektlarning ayrim belgilarini ifodalovchi bu kodlar yozuvlarni aynan o`xshatish va guruhlash uchun foydalanadi; yozuvlar izchilligini tartibga solishga yordam beruvchi saralash; arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o`z ichiga olgan hisoblashlar; ma`lumotlar sonini kamaytirish uchun xizmat qiluvchi yiriklashtirish yoki agregatlashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |