82
hududida infratovush va past chastotali shovqinning yo’l qo’yiladigan darajasi
belgilangan. Gidrometerologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish bo’yicha davlat
qo’mitasi quyidagilarni ishlab chiqqan: Havoni muhofazalash chora-tadbirlarini
kelishish, ekspertizadan o’tkazish va loyihaviy echimlar bo’yicha atmosferadagi
ifloslantiruvchi
moddalar
chiqarishga
ruxsatnomalar
berish
to’g’nsidagi
yo’riqnoma,
korxonalarning
atmosfera
chiqindilaridagi
zararli
moddalar
kontsentratsiyasini hisoblash metodikasi. «Noqulay meteorologik sharoitlarda
chiqindilarni
tartibga
solish»,
atmosferaning
ifloslanishini
hisoblashning
unifikatsiyalashgan dasturi (ekolog - 1992 yil. SNII ‘roekt).
Respublikada tabiatni muhofazalash, tabiiy resurslardan ratsional foydalanish
va qayta ishlab chiqarish bo’yicha butun mashuliyat Davlat tabiatni muhofazalash
qo’mitasiga yuklatiladi.
O’zbekiston tabiatni muhofazalash qo’mitasi qoshida atrofni muhofaza qilish
muammolarini chuqur tahlil qilish va ularni hal etish bo’yicha tavsiyalar ishlab
chiqish uchun olimlar, jamoat va davlat arboblaridan iborat jamoatchilik kengashi
tashkil elilgan. Davlat qo’mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Atrof muhitning holati va foydalanish ustidan davlat nazorati, shu
jumladan, tabiatni muhofazalash me’yorlarini buzuvchi sanoat obektlarini qurish va
ishlatishni man etish huquqi berilgan;
2. Vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, tabiatdan foydalanish
sohasida yagona ilmiy-texnik siyosat ishlab chiqish va o’tkazish;
3. Ekologik me’yorlar, qoidalar va standartlarni tasdiqlash;
4. Yangi texnika va texnologiya, shuningdek korxonalar qurilish loyihalari va
rekonstruktsiyasi bo’yicha davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish;
5. Moddalarni atmosferaga chiqarishga, chiqindilarni yo’qolishiga, suvdan
foydalanishga, atmosfera havosini ishlatishga, yerlarni ajratishga, aholini ekologiya
bo’yicha tarbiyalashga ruxsatnomalar berish;
6. Tabiatni muhofazalash bo’yicha xalqaro hamkorlikni rejalashtirish va
amalga oshirish.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzganlik uchun quyidagi choralarni
qo’llash ko’zda tutilgan:
- mahmuriy - ogohlaniirish, jarima solish, yetkazilgan ziyonni bartaraf etish,
ma’lum bir turdagi faoliyat bilan shug’ullanishdan maxrum etish;
- jinoiy javobgarlik - O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan
tartibga solinadi (1.4.8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish). Tabiatni muhofazalash
qonunini buzganlik uchun javobgarlik tabiatni muhofaza qilish qonunini buzish
oqibatlari va tabiiy muhitga zarar yetkazishdan iborat bo’lib, aybdorlarga nisbatan
majburiy choralar ko’riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: