A. N. Aripov, G’. R. Abdullayev, O. N. Imomov



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/90
Sana05.01.2022
Hajmi2,41 Mb.
#320336
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
Bog'liq
hayot faoliyati xavfsizligi

 
 
Nazorat savollari: 
1. Radiatsiya manbalari va radioaktivlik nima. 
2. Qanday moddalarga zararli yoki zaharli moddalar deb ataladi? 
3. Zaharli moddalarning odam tanasiga kirish yo’llarini ayting?  
4. Zaharli moddalarning ta’siri nimalarga bog’liq? 
5. Zaharli moddalarni inson organizmiga ta’siriga ko’ra qanday guruhlarini bilasiz? 
 
 
AHOLIGA RADIATSIYANING ZARARLI TA’SIRI VA UNDAN 
HIMOYALANISH YO’LLARI 
 
1.
 
Radioaktiv nurlarning organizmiga ta’siri 
 
Radioaktiv  moddalar  ma’lum  hususiy  hossalarga  ega  bo’lib,  inson 
organizmiga ta’sir qilishi natijasida havfli vaziyat vujudga kelishi mumkin.  
Radioaktiv  moddalarning  eng  havfli  tomoni  shundaki,  uning  ta’siri  inson 
organizmidagi  sezish  organlari  orqali  sezilmaydi.  Ya’ni  inson  radioaktiv  nurlar 
ta’sirida  uzoq  vaqt  ishlashiga  qaramasdan  ularning  zararli  ta’sirlarini  mutlaqo 
sezmasligi  mumkin.  Buning  natijasi  esa  ayanchli  tugaydi.  SHuning  uchun  ham 
radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, ayniqsa, o’ta ehtiyotkor bo’lishi kerak. 
Inson  organizmining  radioaktiv  nurlanishi  ichki  va  tashqi  bo’lishi  mumkin. 
Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi 
sababli,  tarqalayotgan  nurlarning  kirib  borish  kuchi  katta  ahamiyatga  ega.  Kirib 
borish kuchi yuqori bo’lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo’ladi. 
Ichki  nurlanish  nur  tarqatuvchi  moddalar  inson  organizmining  ichki 
tizimlariga,  masalan,  emirilgan  teri  qatlamlari  orqali  qonga,  nafas  olish  ahzolari, 
o’pkaga  va  shilimshiq  moddalarga,  ovqat  hazm  qilish  ahzolariga  tushib  qolgan 
taqdirda ro’y beradi.  
Bunda nurlanish nur tarqatuvchi moda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt 
davomida  organizmga  saklansa,  shuncha  vaqt  davom  etadi.  SHuning  uchun  ham 
radioaktiv  moddalarning  katta  parchalanish  davriga  va  kuchli  nurlanishga  ega 
bo’lganda, ayniqsa, havfli hisoblanadi.  
Radioaktiv  nurlanishlarning  biologik  ta’siri  organizmdagi  atom  va 
molekulalarning  ionlanishi  sifatida  tavsiflanadi  va  bu  o’z  navbatida  har  hil 
kimyoviy birikmalar tarkiblarining o’zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda 
o’zilishlar  bo’lishiga  olib  keladi.  Bu  o’z  navbatida  tirik  hujayralardagi  modda 


 
 
54 
almashinivuning  buzilishiga  va  organizmda  biokimyoviy  jarayonlarning  ishdan 
chiqishiga  sabab  bo’ladi.  Katta  kuchdagi  nurlanish  ta’siri  uzoq  vaqt  davom  etsa, 
ba’zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim ahzolarning, hattoki butun 
organizmning halokati bilan tugaydi. 
Radioaktiv  nurlanishlar  ta’sirida  organizmning  umumiy  qon  aylanish 
tizimining  buzilishi  kuzatiladi.  Bunda  qon  aylanish  ritmi  susayadi,  qonning 
qo’yilish  hususiyati  yo’qola  boradi,  qon  tomirlari,  ayniqsa,  ka’illyar  qon  tomirlari 
murt  bo’lib  qoladi,  ovqat  hazm  qilish  ahzolarining  faoliyati  buziladi,  odam  ozib 
ketadi  va  organizmning  tashqi  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  qobiliyati 
kamayadi. 
Radioaktiv  moddalarning  qo’lga  ta’sir  qilishi  oldin  sezilmaydi.  Vaqt  o’tishi 
bilan  qo’l  qurushqoq  bo’lib  qoladi,  unda  yorilishlar  kuzatiladi,  tirnoqlar  tushib 
ketadi.  Radioaktiv  nurlarning  alhfa  va  beta  nurlari  tashqaridan  ta’sir  ko’rsatganda 
organizmning  teri  qavati  etarlicha  qarshilik  ko’rsata  oladi.  Ammo  bu  radioaktiv 
nurlar ovqat hazm qilish ahzolariga tushib qolganda ularning zararli ta’siri kuchayib 
ketadi. 
Ko’pchilik  radioaktiv  moddalar  organizmning  ba’zi  bir  qismlarida  yig’ilish 
hususiyatiga  ega.  Masalan  jigar,  buyrak  va  suyaklarda  yig’ilishi  butun  organizmni 
tezda  ishdan  chiqaradi.  Ba’zi  bir  radioaktiv  moddalar  zararli  bo’lib,  ularning 
zaharlilik darajasi eng havfli zararli moddalarnikidan ham yuqori bo’ladi.             
Organizmning  nurlanish  dozasini  hisobga  olib  radioaktiv  moddaning  inson 
organizmidagi miqdorini baholash mumkin.   

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish