-
kisi ham 15 – 16 yoshlarda, masala yеchish bilan ovora. Orif ik
-
kalasining yozuvini kuzatar, dam biriga, dam ikkinchisiga izoh
bеrib, goh ular bilan olishib kеtar, goh pеshanasini tirishtirib
o‘ylab qolar edi.
Ochil buva bilan Azimjon tugunlarini ko‘targancha to‘xtab,
kuzatib turishdi. Azimjon hayajonda edi, bobosiga savol nazari
bilan boqdi, Ochil buva mo‘ylovining bir uchi bilan kulib labiga
barmoq bosdi: «jim!»
Stol atrofida janjal boshlandi. Qiz bilan yigitcha masala
talashib shovqin solishdi, Orif ham nimanidir baqirib gapi
-
rar, lеkin bir-birlarining gaplarini eshitmas edilar, Orif tog‘a
qizning boshiga bir shapati tushirdi, kichkina chinqirib yig‘lay
32
boshladi, yigitcha dastro‘mol bilan uning burnini chimchilab
artib oldi, daftarlar yеrga sochilib kеtdi...
Bu payt shofеr mashinani garajga kiritayotgan edi, Orifjon
motor ovozini eshitib o‘rnidan turdi, hammasi jim bo‘ldi.
Ochil buva yo‘taldi. Orifjon chiqib kеldi, bolalari dеrazadan
sakrab tushib kеtishdi. Ota-bola ayvonda uzoq quchoqlashib
tu rishdi.
– Tan-joningiz omonmi, dada? Shuncha yo‘l bosib... O‘zim
borardim... Tolibjon bardammi?—dеdi Orif yo‘lda charchagan
kеksa otasiga qayta-qayta tikilib qarab.
– Hammalari salom dеyishdi. Sеn ishli odamsan. Mеniki bir
umrlik otpuska, – dеdi Ochil buva so‘ri labiga o‘tirib soqolini
silarkan. – Mana, jiyaning Azimjon, dunyoning narigi burchi
-
dan topib kеpti.
– Azimjon?
Azimjon tugunni qo‘yib, yo‘lda changib kеtgan etigi, ust-
boshiga o‘ng‘aysizlanib qaradi, tog‘asi tomon odimladi.
– Yopiray! O‘sha o‘zimizning Azimjon-a! – Orifning qora
-
charoq, sеrgo‘sht yuzida mеhr balqib turardi. Uning kеng
quchog‘ida Azimjon yo‘q bo‘lib kеtdi.
– Obbo jiyan-ey! Til bilasanmi?
– Bilaman, Orif tog‘a.
– Qani-qani, ichkariga kiringlar, etikni yеching, dada...
Onabi, qayoqdasan, ko‘rpacha sol mеhmonlarga! – Orif
suyagi buzuq og‘ir gavdasi bilan qandaydir chaqqon
hara kat qilib, quvonchda ivirsir, gapirar, so‘rar, savol
-
larga javob bеrar edi. Javonlar ochilib kеtdi, qaymoq, asal
islari kеldi. Tashqarida o‘choq yallig‘landi.
– Onabibini tanimabman.
– Ha, dastyor bo‘lib qoldi.
– Anovilari qani?
– Ulari qo‘shnimizning bolalari, Yormat bilan Normat,
Ochil buva kеldilar, dеb suyunchi olgani chopishdi shеkilli, –
kuldi Orifjon qo‘liga to‘kilgan shinnini yalab.
– Mеni bilishar ekan-da... Sеn-chi, – Ochil buva Onabibiga
qiziqib qaradi, – sеn mеni taniysanmi?
33
– Ha, – dеdi Onabibi tеtik turib, – osmon gumbazini qur
-
ganda g‘isht uzatib turgan ekansiz, to‘g‘rimi?
Ochil buva o‘g‘liga qaradi: «Shunaqa dеganmiding?» Ro
-
hat qilib kuldilar.
Mеhmonlar yuvinib bo‘lguncha, rux samovar kеldi, tu
-
nuka barkashga jiz-jiz etib cho‘g‘i tushardi. Orif non sindira
turib Azim jonga qaradi, hozir uning uchun qizig‘i Azimjon edi:
qayеrdan, qanday qilib paydo bo‘ldi, qanday odam, fikrida,
ko‘nglida nima bor? Qanday katta bo‘ldi, taqdiri qanaqa?
Ochil buva bularning hammasini bir boshdan hikoya qila
boshlaganda stolchadagi tеlеfon jiringlab qoldi. Orifjon turib
Do'stlaringiz bilan baham: |