A mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatining alohida turi



Download 13,12 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi13,12 Kb.
#720604
Bog'liq
2.3.O‘quv jaray-WPS Office


2.3.O‘quv jarayonida mustaqil ishlar orqali o‘smirlarni bilish faolligiini shakllantirish

Ma’lumki, o‘qitishning asosiy shakllari sinfxonalarda o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzular murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlari ajratiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish amaliyoti sinfdan tashqarida o‘tkazilsada, unga ham avvaldan soatlar belgilanadi.

Bilim olish, maxsus malakaga ega bo‘lish, o‘smirlarni dunyo qarashini shakllantirishda sinfda o‘tiladigan darslardan tashqari o‘smirlar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar katta rol o‘ynaydi. Ayniqsa hozirgi axborot asrida borgan sari, bir tomondan axborot miqdori, yangiliklar ortib borsa, ikkinchi tomondan, axborot olish manbalari rang-baranglashib boradi. Ularning ahamiyati yanada ortib boradi.

O‘smirlar mustaqil ishini tashkil qilish shakllari turlicha bo‘lib, ularni bir qismi o‘quv ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni har bir o‘smir bajarishi shart bo‘lsa, ikkinchi qismi ixtiyoriy, ya’ni o‘smirlar o‘z hohishlari bilan bajarishlari mumkin.

Birinchi guruhga adabiyotlarni konspekt qilish, darslarga tayyorgarlik va boshqa shunga o‘xshashlar kiritilsa, ikkinchi guruhga esa to‘garaklarda qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Borgan sari ortib boradigan mustaqil tayyorlanish vaqtini samarali bo‘lishini ta’minlashda ikki narsaga diqqat qaratish kerak:

A) mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatining alohida turi.

B) mustaqil ish bajarish katta ahamiyatga ega.

Kelajakda uning ahamiyati yana ham ortib boradi. Sababi u o‘smirning kelajakda malakali mutaxassis sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Axborotning asosiy qismini o‘smir mustaqil ravishda oladi. Ayniqsa internetning kirib kelishi bilan uning doirasi yanada kengaydi.

Mustaqil ishni tashkil etishning eng muhim xususiyati shundaki, uni talabining o‘zi mustaqil ravishda tashkil qiladi. Shuning uchun o‘smirga uni rejalashtirish, vaqtini ratsional taqsimlashga yordam berish lozim.

Mustaqil ishni tashkil etishning muhim xususiyatlaridan yana biri uni bajarish uchun o‘smir o‘zini-o‘zi majbur qilishi kerak. Bunda ham sub’ektiv omil asosiy o‘rinda turadi. O‘smirlarni mustaqil ishini tashkil etishda o‘qishni boshqa shakllariga o‘xshab umumiy prinsiplari mavjud. Mustaqil ishni ular asosida tashkil qilish kerak. Mustaqil ishni tashkil etishda eng avvalo, oddiy narsaga ahamiyat berish lozim. Bunday qaraganda uni hamma biladi, lekin ko‘pchilik uiga amal qilmaydi. Shuning uchun mustaqil ishni tashkil etishni oddiy elementar prinsiplarini o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega va ana shu murakkab jarayonni to‘laligicha qamrab oladi.

Har bir o‘smir o‘zining mustaqil ishini tashkil etishni nimadan boshlashi kerak? Qanday maqsad qo‘yiladi? Ish qancha davom etadi? Uni bajarishda qanday usullardan foydalaniladi, aniq ko‘z oldiga keltira olishlari kerak. Yana shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, mustaqil ishlarni tashkil qilish qoidalari ishlab chiqildi degani, bu ishni tashkil etildi degani emas.

O‘z mustaqil ishini qanday bajarishni har bir o‘smirning o‘zi tashkil etadi. Muvafaqqiyatga erishish uchun o‘smirning o‘zi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qo‘rqmay o‘z ustida ishlashi kerak. Buni o‘smirning o‘zi rejalashtiradi va amalga oshiradi.

1. Mustaqil ishni bajarishni tashkil qilishning asosiy prinsipi uning muntazamligidir. O‘quv jarayonida qatiy izchillik va ketma-ketlik mavjud. Sinfda olgan bilimini puxta bo‘lishi uchun doimo ularga tayyorlanishi kerak. Bugungi darsnini yaxshi tushunish va o‘zlashtirish uchun, avvalgi mavzu ustida ishlash kerak. Masalani nazariy jihatdan chuqur o‘zlashtirmay turib masala yechish, amalda uni qanday namoyon bo‘lishini tushunish qiyin. Har qanday predmetni uni muntazam ravishda o‘rganilsa o‘zlashtirish mumkin. Yaxshi o‘qish, mustaqil ijodkor mutaxassis bo‘lish uchun o‘smir har kuni muntazam o‘z ustida ishlashi kerak.

O‘z ustida muntazam ishlash ko‘nikmasini hosil qilish uchun mustaqil ishlarni qanday, qay tartibda bajarishni har qanday mehnatni, vaqtni rejalashtirganday rejalashtirish kerak.

Har bir o‘smir individual tarzda umumiy vaqtini fanlar bo‘yicha tabaqalashtirgan holda rejalashtirishi kerak. Fanlar bo‘yicha ajratilgan vaqt o‘smirni darsga tayyorlanishi, o‘quv rejasi bo‘yicha fanni muvafaqqiyatli o‘zlashtirishga yetarli bo‘lishini ko‘zda tutadi. Undan kelib chiqib, har bir o‘smir o‘z haftalik rejasini kunlar bo‘yicha tuzadi. Mustaqil ishlarni rejalashtirish yuzaki qaraganda o‘smirga hech narsa bermayotganday, hech qanaqa yordami yo‘qday tuyuladi. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, a’lochi o‘smirlar o‘z vaqtlarini aniq rejalashtiradilar va uni bajarishga harakat qiladilar. O‘zlashtirish bo‘yicha hatto butun sinf muvaffaqiyatini ham ko‘p jihatdan o‘smirlarni o‘z vaqtlarini to‘g‘ri rejalashtirish, uni bajarish bilan bog‘lash mumkin.

2. Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hohlagancha davom etishi mumkin emas. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 13-15 yosh darajasida mehnatni ratsional tashkil etganda bir sutkada 8 soat unumli ishlash mumkin ekan. Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, avvalgiday ishlay olmaydi.

Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda sinfda o‘tkazgan vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, sinfda dars soatlari 6 soat bo‘ladigan bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, sinfda dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan ko‘prok, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarzda rejalashtirish kerak.

Shunday qilib, haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat atrofida bo‘ladi. Albatta, bu vaqt o‘smirni normal tarzda diqqat-etibor, g‘ayrat qilib ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi. Lekin real hayotda turlicha bo‘lishi mumkin. Bir o‘smir o‘zini zo‘rlab dars tayyorlasa, ikkinchisi qiziqib vaqtini qanday o‘tganini ham unutib, predmetni o‘rganishga ilhom bilan ijodiy yondashib kirishib ketadi. Uchinchisi esa umuman dars tayyorlagisi kelmaydi.

Bunga qator ob’ektiv va sub’ektiv sabablarni keltirish mumkin.

3. Mustaqil ishni tashkil qilishning ish tartibini belgilash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishlarni bajarish uchun vaqtni semestr davomida kunlar bo‘yicha taqsimlash, uni ratsional tashkil qilishning muhim prinsipi, qoidasi hisoblanadi. Goh umuman dars tayyorlamay, goh haddan tashqari shoshib, shiddat bilan, ayniqsa imtixonga yaqin bajarmagan ishlarni tezda bajarishga harakat qilishi ijobiy natija berishi qiyin. Bu o‘smirning mehnati samaradorligini, qilgan ishidan qoniqish hissini pasaytiradi. Odatda o‘smirning kun tartibini dars jadvali belgilaydi. Lekin ko‘p narsa o‘smirning o‘ziga ham bogliq.

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish, o‘smir mustakil ta’limini rivojlantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‘quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‘aygan sari uning o‘quv faoliyati motivlari ham o‘zgarib boradi.

Yukorida ko‘rinib turibdiki mustakil ta’lim o‘smir uquv faoliyatida muxim boskichlardan biri xisoblanib o‘smirlarning bilishga qiziqishi ni oshishiga imkon yaratadi.

2.BOB yuzasida xulosalar

Psixologlarning oliborgan tadqiqotlarning nazariy ta’xlili shuni ko‘rsatadiki: o‘smirlar bilish faolligini ularning ijodiy tafakkur bilan uyg‘unligida ko‘rish mumkin. Ijodiy tafakkur ularning kreativlik jarayonida ya’ni akliy taraqqiyotida biror kashfiyot yaratish, yoki yangilikka intilishlarida namoyon bo‘ladi. Buning o‘ziga xosligi shundaki o‘smirlar o‘quv faoliyatidagi asosiy komponent o‘quv motivlarining shakllanishi va qizishlari , ehtiyojlarining kondirilishi natijasida bilish faoligini yuzaga kelishidir. O‘smirlar o‘quv motivlari va ularning psixologik xususiyatlari nazariy taxli qilar ekanmiz o‘quv motiqlari o‘smirlarning o‘qishga bo‘lgan munosabatlarini aniklaydi va shunga xos o‘quv faoliyatini tashkil etish ikoniyatlarini yaratadi. O‘quv faoliyatini samarali tashkil etishda mustaqil ta’limning xam roli katta ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Mustaqil ta’lim o‘smirlar bilish faolligini asosidir
Ilmiy mavzuning nazariy va amaliy taxlillari asosida o‘smirlar o‘quv faoliyati va bilish faolligini o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi

-O‘smirlar o‘quv faoliyatiga ijtimoiy psixologik ta’sirlar ularni o‘z-zini idrok qilishi va o‘qishga munosabat motivlarini shakllantirishga asos bo‘lar ekan

. O‘smirlik davri o‘quv faoliyati va bilish faoligini rivojlantirishda psixologik omillar bilan birga ijtimoiy omillar ta’siri asosiy ekanligi tasdiklandi;

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan psixodiagnostik tekshiruv asosida yuzaga keladigan aniq psixologo – pedagogik tavsiyalar ishlab chiqildi;

Bilish faolligi o‘smirlar qizikishlari va ehtiyojlarining yoshga xos psixologik xususiyatlariga bog‘liq xolda shakllanadi.Bunga ularning o‘quv motivlari va ularning rivojlantirish uchun ta’sir etuvchi omillar asosiy rol o‘ynar ekan.

O‘smirlar faoliyatida ularning munosabat va xulq-atvor motivlarini chuqur va mukammal o‘rganmasdan turib, pedagogik ta’sir o‘tkazish chora va tadbirlarini qo‘llash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoyon qiluvchi ichki va tashqi ta’sirni aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bo‘lmaydi.

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‘quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‘aygan sari uning o‘quv faoliyati motivlari ham o‘zgarib boradi

Tavsiyalar

-Mustakil Bilim o‘smirlarga aloxida bir kuvonch bagishlaydi va uning tafakkur kilish layoqatini rivojlantiradi.

-O‘qish o‘smirlar xayotida katta o‘rinni egallaydi. Ularning o‘qishdagi asosiy motivi kattaliklarini xis ettiradigan anglatadigan o‘qish turlariga tayyorlanishlaridir.Ularga mashgulotlarning asosan mustaqillik beriladigan shakillari ko‘proq yoqadi va ma’qulligini xisobga olish maksadga muvofik. O‘smirlik davrida o‘qishning chin motivlari yuzaga keladi. Bu motivlar asosan o‘smirning xayotiy rejalarini, kelajakda erishadigan kasbi va ideali bilan bogliq bo‘ladi. Aynan shu davrdan boshlab bolalarda xayotiy, ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga aloxida extiyoj sezila boshlaydi va bola shunga qarata xarakatlar qiladi.

- O‘quvchilarga beriladigan o‘quv materiallarining xajmi katta bo‘lgani uchun ham uni eslab kolishi yoki bir necha marotaba takrorlash yo‘li bilan o‘zlashtirishi qiyin. Shuning uchun, albatta o‘quvchi o‘quv maieriallarini mazmunini taxlil qilishi undagi mantikiy tuzilishni bilishi muxim. Turli yoshdagi o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini bilish, ularga individual yondoshish, xar bir bolada shaxsni ko‘ra bilish, uni xurmat qilish hamda tan olish orqali o‘quv tarbiya ishlarini rejalashtirish va olib borish bugungi kun o‘qituvchisining asosiy ish mazmunini va moxiyatini tashkik etishi maksadga muvofik.

Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari:

1.«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. – T., 1997. 29 avgust. – 7 b.

2.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – T., 1997. 29 avgust. 9-10 b.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

3.«O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun darsliklar va o‘quv adabiyotining yangi avlodini yaratish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 341-sonli qarori.

4.«2010 yilgacha bo‘lgan davrda o‘rta mahsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4-oktabrdagi 400-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari:

5.Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, yangi marraralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2006 yil 10 fevral.

6.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demoqratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. – T.: O‘zbekiston, 2005, –96 b.

7.Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. – T.: O‘zbekiston, 2000.– 323 b.

8.Karimov I.A. O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz. – T.: O‘zbekiston, 1999.– 351 b.

9.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O‘zbekiston, 1999.

10.Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi. – T.: Sharq, 1999. –241 b.

11.Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sao‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston 1999.– 398 b.

Darsliklar va ko‘llanmalar

12.G‘oziev E., Toshimov R. Menejment psixologiyasi. – T.. 2001. – 130 b.

13.Xayitov O.Ye., Lutfullaeva N.X. Psixodiognostika va amaliy psixologiya. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 338 b.

14.Xayitov O.Ye., Lutfullaeva N.X., Xaydarova X.R. “Psixodiognostika va amaliy psixologiya” kursi bo‘yicha ijtimoiy-psixologik treninglar, psixologik masalalar, topshiriqlar va testlar to‘plami. – T., TDIU. 2005.

15.Karimova V.M. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, “O‘AJBNT” markazi, 2002. – 205 b.

16.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot: Universitetlar va pedagogika insitutlari uchun o‘quv qo‘llanma. – T.: “Universitet”, 1999. – 96 b.

17.Karimova V.M., Akramova F.A. “Psixologiya”. 1-qism. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 208 b.

18.Karimova V.M., Akramova F.A. “Psixologiya”. 2-qism. Ma’ruzalar matni. – T.: TDIU, 2005. – 125 b.

19.Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya asoslari. – T.: 1994

20.E.G‘oziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. "O‘qituvchi". 1990.

21..Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy tahriri ostida. "O‘qituvchi", T., 1992.

22.S.A.Rubinshteyn. O mыshlenii i putyax yego issledovaniya. M., 1958.

23.L.S. Vыgotskiy. Mыshlenie i rech. "Izbrannыe psixologicheskie issledovaniya". M., 1958.

24.V.M.Karimova, F.A.Akramova. Psixologaya. T., 2ShYu.

25.V.M. Karimova va b.qlar. Mustaqil fikrlash. — T., 2000.

26.V.Karimova, R.Sunnatova. Mustaqil fikrlash bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qo‘llanma - T., 2000.

27. E.Goziev «Psixologiya» T., 1994 y.

28.E.Goziev «Oliy maktab psixologiyasi» T.. 1997 y.



30.V.A Krutetskiy. Pedagogik psixologiya asoslari Toshkent 1976 y.

31.V.A Krutetskiy. Ukuvchilarning ta’lim va tarbiyasi psixologiyasi 1976 y.
Download 13,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish