xm.
1 O. Yu. Rashidov. Investitsion loyihalarni moliyalashtirish. -T:. «Iqtisodiyot»
xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli qog'ozlar taraqqiy etib, moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi. Bu holatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi.
Resurslarning har xii investitsiya obyektlariga qo'yilishi natijasida mol-mulklarning kapitallashuvi yuzaga keladi. Bular xo'jalik subyekt larining daromad olishlari uchun imkoniyat yaratuvchi vositalardir. Shuning uchun investorlar mol-mulklarining darornad keltirish jarayonida ishtiroki darajasiga qarab investitsiyalaydi. Daromad xo'jalik subyektlarining tushunchasiga kirmaydi. Dammad har qanday investitsiyaning manbayi bo'lganligi uchun uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
O'zbekiston ham xorijiy mablag'lami jalb qilishdan manfaatdordir. Hozirgi vaqtda ular asosan xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar hukumatlari krediti tarzida kelmoqda. Shu bilan birga Respublika investitsiyalarga ehtiyoj sezadi, chunki kreditdan farqli ravishda investitsiyalar qarzdor qilib qo'ymaydi, balki ishlab chiqarishni ken gayti rish va zamonaviylashtirishga, ilmiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga bevosita yordam beradi.
Boy tabiiy resuslar, arzon ishchi kuchi, rivojlangan infrastmktura va siyosiy barqaror vaziyat xorijiy investorlar uchun Respublikadagi ishlab chiqarish obyektlarni jozibador qilib qo'yadi.
Shunday qilib, chet el qo'yilmalarining rnamlakatga olib kelinishi va o'zlashtirilishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan asoslar yarati!di. Shu bilan bi rga, tadbirkorlik kapitali olib kelinishini kechi ktiruvchi bir qator obyektiv holatlar ham mavjud. Bu avvalo iqtisodiyotning xususiy bo'g'i ni va u muman bozor munosabatlarini ng rivojlanma ganligi, so'mning past konvertirlanganligi, xalqaro iqtisodiy muno sabatlar bo'yicha malakali xodirnlar va Respublika imkoniyatlari hamda uning sheriklari haqidagi axborotlaming yetishmasligidir.
Ko'rinib turibdiki, yuqorida sanab o'tilgan holatlar investorlarning ushbu mamlakatga bo'lgan qiziqishlarini yoki orttiradi, yoki pasaytiradi. Xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda chet el investitsiyalarining importiga to'sqinli k qiluvchi ko'plab sabablar barta raf etilmoqda va Respublika o'zini ng iqtisodiyotini barqaror lashtirishda tashqi aloqalarni rivojlantirish uchun dastaklarni ishga qo'shmoqda.
9
Investorlarni jalb etishda ularni eng birinchi o'rinda qiziqtiradigan ornillar quyidagilardir: iqtisodiy vaziyat, siyosiy vaziyat, huquqi'1 soha, geografik o'rin, institutsional tashkiliy texnik soha.
lnvestitsiyadan foydalanishda muhim yo'nalish bo'lib, konkret loyiha va konkret ishlab chiqarish hisoblanadi. Suning ma'nosi shuki, ma'lum bi r vaqt bi rligida butu n jamiyat ning ixtiyorida bo'lgan investitsiyalarni taqsimlashda ularning ustuvorligi raqobatdan tash qarida qoldi. Bundan shunday natija kelib chiqadiki, ma'lum korxonala r darajasida amalga oshirilayotga n loyihala r, mavjud hududlar rivojlanishi zarur, natijada esa ularning infrastrukturalari kengayishi, rivojlanishi va mukammallashishi, ishlab chiqarish sohalari o'rtasidagi muvofiqlik ta'minlanishi va mehnat jamoasi ahvol i yax shilanishi yuz beradi.
Investitsiyalarni ko'proq jalb qilish uchun erkin iqtisodiy hududlar yaratilmoqda. Erkin iqtisodiy hudud - mamlakat ichidagi maxsus hudud bo'lib, unda chet el sarmoyasini faol jalb etish asosida faqat eksport tovar va xizmat ishlab chiqarish uchun yuqori samarali zarur barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
lqtisodiyot ijobiy tomonga o'zgarib bormoqda. Korxonalar rahbarlarining investitsiyani qaysi manbalar hisobidan moliyalashtirish ustida bosh qotirishlariga zaruriyat paydo bo'lmoqda. Bu esa ko'pgina muhim omillami hisobga olishni taqozo etadi. Iqtisodiy omillar (mablag'lar olish irnkoniyati va vaqti, soliqlar olinishi hisobi bilan moliyalashtirish manbasining hajmi, investitsion loyihani amalga oshi rish bilan bog'liq daromad miqdori, moliyalashtirish manbasining korxonalar barqarorligi va quvvatliligiga ta'siri va hokazolar) va korxona rahbariyati, hissadorl i k va kreditorlar manfaatlari o'rtasida vujudga keladigan nizo omillari shular jumlasidandir.
Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur ornillar tahlil qilinishi lozim bo'ladi. Bu tahlil mablag'lari yo'nalishining eng maqbul usulini tanlash va kelajakda har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash irnkoniyatini beradi.
Shuni ta'kidlash lozimki, investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga tayanib ish yuritish mumkin emas. Chunki, u iqtiso diyotning tarmoqlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi.
2-ch izmada tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltiri layotgan investitsiya shakllarini guruhlashga harakat qilamiz.
I O
2-chizma. Tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatga yo'naltirilayotgan investitsiya shakllarini guruhlash.
Investitsiyalarn i amalga oshirish ning asosiy bosqichlari quyida gilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |