1988-yil 14-aprelda Jenevada
Sovet Ittifoqi, AQSH, A fg‘onis-
ton va Pokiston vakillari tomonidan afg‘on muammosini siyosiy hal
qilish borasida bitim imzolandi. Uning asosida 1988-yil 15-mayda
A fg‘onistondagi SQAChKning harbiy qism va bo‘linmalarini olib
chiqib ketishboshlandi. 1988-yil 15-may kuni Sovet qo‘shinlarining
mamlakatdan olib chiqishining ilk kuni edi. Bu kunni Najibullo
“Milliy ozodlik kuni” deb e ’lon qildi. Bu kun afg‘on xalqi uchun
muhim sana edi. Najibullo hukumati davrida Sovet kuchlarining
olib chiqilishi ko‘pgina rahbarlar tomonidan m a’qullandi.
Najibullo rasmiy Moskvaning afg‘on mojarosini hal etish
b o ‘yicha barcha takliflarini qo‘llab-quwatladi. 0 ‘z
navbatida u
birinchi qadam qo‘yishga harakat qilib, bir qator chora-tadbir-
lami amalga oshirishga kirishdi. 1989-yil 1-yanvaridan boshlab
Najibullo hukumat qo‘shinlariga mamlakatning barcha hududlarida
harbiy harakatlar olib bormaslikka buyruq berdi va muxolifat bilan
muzokaralar olib borishga tayyorligini e ’lon qiladi. Muxolifat
kuchlari esa Najibulloning ushbu chaqirig‘iga
qurolli hujumlar
bilan javob berdi hamda shu kunning o‘zida poytaxt va boshqa
hududlarga hujum boshladi. Ular Kobuldan tashqari Hirot,
Qandahor, Jalolobod, Gardez, G ‘azna va Xost kabi shaharlarda
yirik harbiy harakatlar boshlab yubordi.
1989-yilning yanvar fevral oylarida mujohidlar Afg‘oniston-
ning janubi-sharqiy chegaralarida joylashgan Nangarxor, Paktiyo,
Qandahor kabi hududlarda keng ommaviy
harakatlarga rahbar-
lik qilib, Sovet harbiylarining ushbu hududlami tark etishini
katta xursandchilik bilan kutib oldilar. Afg‘oniston chegaraviy
hududlarida joylashgan viloyatlarda qo‘shin to ‘plagan muxolifat
kuchlari Kobulga tomon harakat qila boshladilar. Ular 430 ta harbiy
guruhlardan tashkil topgan bo ‘lib, 12 mingdan ziyod jangchini
tashkil etdi.
Sovet armiyasi A fg‘onistonni tark etgach, mujohidlar ancha er
kin harakat qilishga o ‘tishdi. Ular 1989-yilning o ‘zida 250
marta
SSSR chegarachilariga qurolli hujum uyushtirishdi.
Sovet qo‘shinlari mamlakatdan olib ketila boshlangach Kobul
hukumati rahbarlari “Milliy yarashuv” siyosati va Jeneva konferen-
siyasi qarorlariga umid bog‘ladilar. Bu vaqtda Pokiston va AQSH
mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik majburiyatini ham olgan
edi. Shunga umid qilgan Najibullo hukumati mamlakatdagi ijti
moiy-siyosiy holatni m o‘tadillashtirishga harakat qildi.
Najibullo hukumatining inqirozi.
Sovet harbiylari mamlakatni
tark etgach, Najibullo muxolifat kuchlari bilan kurashda yakka qo-
lib ketdi. Endilikda u hukumatni afg‘on harbiylari yordamida hi-
moya qilishi zarur bo‘lib qoldi. 1989-yil 18-fevralda mamlakatda
favqulodda holat yuzaga keldi. Parlamentning ko ‘pchilik a ’zolari
qo‘liga qurol olib, Najibullo hukumatiga qarshi chiqdi. Siyosiy
holat yana izdan chiqdi. Biroz vaqt o ‘tib,
hukumat armiyasi ulami
to‘xtatishga erishdi.
Najibullo mujohidlarga hukumatni boshqarishda qatnashish
imkonini berdi va ulami ham bir qator muhim davlat lavozimlariga
taklif etdi. Jumladan, hukumatdagi muhim lavozim hisoblangan
mudofa vazirligiga rahbarlik mujohidlaming mashhur qo‘mondoni
Ahmadshoh M as’udga bo‘shatib berilib, unga bu lavozim taklif etil
di. Biroq, Ahmadshoh M as’ud Najibullo hukumatining bu taklifini
rad etdi. Mujohidlardan birorta ham vakil Najibullo hukumatida
ishtirok etishni istamadi hamda
ular Najibullo hukumatining
taklifiga javoban Kobulga raketalar bilan hujum uyushtirdilar.
Bosh vazir Muhammad Hasan Sharq xalqni birlashtirish yo‘lidan
borib, mujohidlami koalitsion hukumat tuzishga chaqirdi va ularga
bir necha bor maktub yo‘llab murojaat qildi. Ammo uning xatlari
javobsiz qoldi. Muhammad Hasan Sharq bunday holni o ‘zicha
talqin qilib, mujohidlar Najibullo hukumatini yoqtirmayotganligini
va o‘zi hukumat tepasiga kelsa, ular bilan birlashib, mamlakatni
boshqarish mumkinligiga ishondi.
Shu maqsadda Muhammad
Hasan Sharq Sovet Ittifoqiga safar uyushtirdi. Uning maqsadi
Najibulloni hokimiyatdan chetlatib, uning o ‘mini o ‘zi egallash edi.
Sovet Ittifoqiga tashrif buyurgan Muhammad Hasan Sharq Najibullo
masalasida Sovet davlati rahbari Gorbachyov bilan suhbatlashadi.
Ammo, mazkur suhbat unga o‘zi kutgan natijani bermaydi. Sovet
Ittifoqi tashqi ishlar vaziri E.Shevamadze esa Muhammad Hasan
Sharqning Gorbachyov bilan olib borgan suhbatining mazmuni ham
da maqsadi haqida Najibulloga xabar beradi va Najibullo o‘z bosh
vazirini hokimiyatdan chetlashtirish chora-tadbirini izlay boshlaydi.
1989-yil fevral oyida Sovet qo‘shinlari mamlakatni tark
etgach, Najibullo Muhammad
Hasan Sharqni vazifasidan
chetlashtirilganligini e’lon qildi va uning o‘miga Sulton Ali
Keshtmandni bosh vazir etib tayinlaydi. Sulton Ali Keshtmand
Do'stlaringiz bilan baham: