Afg'oniston hududidagi qadimgi davlatlar
D a v la to b o d
v a
M o z o r i - S h a r i f oraligM dagi
u n c h a
katta
b o l m a g a n m a y d o n d a b esh y o k i oltita v o h a g a ajra tilu v ch i o ‘troq
d c h q o n va c h o r v a d o r l a r n in g b ir n e c h a o 'n l a b m a n z ilg o h la ri ochil-
gan. Vohalar s u g ‘orish ishlari q u la y b o ‘lgan k ichik d a r y o c h a la r
b o 'y l a r id a jo y l a s h g a n . S h im o liy A f g 'o n i s t o n t u p r o g ‘ining u n u m -
dorligi juda y axshi m a ’lum.
Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bu yerda
bn>n/a d a v r id a y o q v o h a d e h q o n c h ilig i y u z a g a k elg an . H a r b ir v o h a
I gek targ a yaqin m a y d o n g a eg a b o 'l g a n o 'z i n i n g m a r k a z ig a ega.
Q a l ’a atrofi x o m g 'i s h t d a n te r i l g a n d e v o r b ilan o 'r a l g a n , h a r bir
burchakda minoralar mavjud bo‘lgan (Dashli I, Girday). Bu juda
chidamli va o ‘z davrining rivojlangan usulida qurilgan inshoot
bo‘lgan. Bu vohalar aholisi madaniyatining xarakteri va yuqori da-
rajasi mil.avv. II mingyillikka oiddir.
Hozirgi paytgacha Shimoliy Afg‘onistonda shahar tipidagi man-
zilgoh qoldiqlari deb hisoblanuvchi bronza davriga oid yirik yodgor-
liklar topilmagan. Ehtimol, dehqonlaming yerlami o‘zlashtirishining
dastlabki bosqichida aholining joylashishi juda sekinlik bilan
o ‘tgandir. Shu sababli jamoalaming kichik-kichik guruhga b o ‘linib,
bir-biridan uncha uzoq bo‘lmagan hududlarga joylashishi ustun
b o ‘lgan, ammo ular favqulodda vaziyatlar yuz berganda o‘zlarini
butun bir organizm deb hisoblaganlar.
Shimoliy Afg‘onistondan topilgan topilmalar orasida bronza
davriga oid anchagina qimmatli buyumlar bilan bir qatorda naqshlar
bilan bezatilgan tilla idishlar ham topilgan. Ular biror boy kishining
dafn marosimida ishlatilgani yoki ibodatxona xazinasida mavjud
bo‘lganiga aslo shubha yo‘q. Shunday qilib xulosa qilish mum-
kinki, mil.avv. II mingyillikda Shimoliy Afg'oniston hududida ham
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining rivojlangan ko'rinishi mavjud
bo'lgan. Ammo mamlakat janubida bu jarayon mil.avv. Ill mingyil-
likdayoq boshlangan edi.
Bronza davridagi bu yuqori madaniyatni tashkil etgan qadim
gi qabilalaming etnik va til xususiyatlari haligacha to'liq aniqlan-
magan. Ilk dehqonchilik davridayoq bu hududlarda antropologik
tipi bo'yicha Afg'onistonning hozirgi aholisiga o'xshaydigan yev-
ropoid tipidagi boshi uzun aholi yashagan. Ammo shunga o'xshash
antropologik tip 0 ‘rta Sharq ilk dehqonchilik madaniyatining ak-
sariyatida, jumladan, Xarappa madaniyati egalarida ham uchraydi.
Xarappa yozuvidagi qo'lyozm alaming tahlili shuni ko'rsatadiki,
ulaming tili qadimda keng tarqalgan dravid xalqining tiliga ya-
qin bo‘lgan. Shunday yozuvlar Janubiy Turkmanistonda Oltintepa
qazishmalari vaqtida ham topilgan. Bundan ko'rinadiki, Janubiy
Turkmaniston, Shimoliy Eron va Afg'onistonning katta qismidagi
qadimiy qabilalar dravid tili va shevasida gaplashgan. Eronning ja-
nubida esa, aksincha, dravid tili bilan bir qatorda elam yozuvidagi
yodgorliklami ko‘plab ko‘rish mumkin.
Mil.avv. II mingyillikda vaziyat o ‘zgaradi. Afg‘oniston hudud-
larida hind-eron guruhi tilida gaplashuvchi aholi yashagan deb hisob-
lashga barcha asos bor. Qadimgi eron va qadimgi hind tillari yago-
na tildan kelib chiqqan; ular undan grammatik tuzilish va leksika
o ‘zaklarini meros qilib olganlar.
A fg‘onlaming tili - pushtu eroniy tillar oilasiga mansub. Til-
shunos olim B.A.Domning xulosasiga ko‘ra, pushtu tili tojik va
yangi hind tillarining ta ’sirida vujudga kelgan. Hind-eron tiliga oid
umumiy so‘zlami tahlil qilish bu qabilalar dehqonchilik bilan ta-
nish, ammo asosiy boyligi chorva bo ‘lgan qabilalar bo ‘lganini is-
botlash imkonini berdi. Harbiy bilimlar allaqachon rivojlangan edi.
G ‘ildirakli aravalar kashf etilgan edi. Asta-sekin podshoh hokimi-
yati darajasiga ko‘tarilgan sardorlar boshqaruvi o ‘sha paytdayoq
mavjud edi. Qadimgi hind tilini tarqatgan aholi Shimoliy Hindis-
tonda tarqalgan edi, ular sekin-sekin dravidlaming mahalliy aholisi
bilan aralashib, dravidlar Shimoliy Hindistondagi oriylar tiliga katta
ta ’sir ko‘rsatgani haqida m a’lumotlar beriladi. Bu tildagi qadimiy
yodgorlik - Rigveda ko‘pchilik mualliflar tomonidan mil.avv. XII-X
asrlarga tegishli deb davrlashtiriladi, ammo ulaming bu hudud-
larga tarqalishi mil.avv. II mingyillikning 1-yarmi deb taxmin qili-
nadi. Shubhasiz, bu hodisa Afg‘oniston hududiga ham ta ’sir qilmay
qolmaydi, ko‘plab tadqiqotchilar ham hind-oriylaming ajdodlari
ma’lum vaqt mobaynida 0 ‘rta Osiyo va Eron hududlarida fors qabi-
lalarining ajdodlari bilan birgalikda yashagan deb taxmin qiladilar.
Yaqin Sharqda “oriy” nomi va maxsus iborasining paydo
bo'lishi mil.avv. II mingyillikka oid eron tili guruhiga aloqadordir.
Mil.avv. I mingyillikda hozirgi Afg‘oniston hududlari va 0 ‘rta
Osiyoning katta qismi eron tilida gaplashuvchi qabilalar tomonidan
cgallangandi, ulaming alohida viloyatlarga bergan nomlari bir ne-
cha asrlar davomida saqlanib qoldi.
Bundan xulosa qilish mumkinki, mil.avv. II mingyillik 2-yar-
mida, balki undan ham ertaroq Afg‘oniston va qo‘shni viloyatlarga
eron tilida gaplashuvchi qabilalaming ko‘chib borishi va mahalliy
aholi bilan assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. 0 ‘sha davrda mahal
liy aholi va ко‘chib borgan hind-eron guruhidagi aholi o‘rtasida
til b o ‘yicha ham assimilyatsiya jarayoni kuzatilgan. Ushbu vilo-
yatlarda mahalliy, yuqori darajada rivojlangan o ‘troq dehqonchilik
an’analari saqlanib qolgan. Bu A fg‘onistonning qadimgi tarixi va
aholisi hayotida muhim davr bo‘lgan.
Afg'oniston qadimgi tarixining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri - bu yerda turli madaniyatlaming mavjudligidir. Afg‘oniston
shimolida madaniyat jihatidan Shimoliy Baqtriyaga (Amudaryo-
ning o ‘ng qirg‘og‘i) yaqin bo ‘lgan Janubiy Baqtriya (Amudaryo-
ning chap qirg‘og‘i) joylashgan. Afg‘oniston shimoliy-g‘arbida 2
madaniyat: baqtriya va parfiya madaniyatini o ‘zida birlashtirgan
Areya (Hirot vohasi) joylashgan.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, A fg‘oniston davlati tari
xiga nazar tashlaydigan bo ‘lsak, uning anchagina qadimiy davlat
ekanligini anglab olish qiyin emas. Buni bir necha o‘nlab yillar
davomida o ‘tkazilgan tadqiqot ishlari, yirik va ko‘zga ko‘ringan
olimlaming xulosalari ham tasdiqlab turibdi.
Miloddan avvalgi II mingyillikda Afg'oniston shimolida
sezilarli rivojlanish ko ‘zga tashlanadi. Bu yerda, Baqtriya tekisligi-
da qadimgi sharq madaniyatining yangi markazi yuzaga keldi.
Afg‘oniston hududida ham mavjud pasttekisliklar, katta va
o ‘rta darajadagi tog‘ tizmalari orasidagi so‘lim vodiylar ham deh
qonchilik, ham chorvachilikning rivojlanishi uchun juda qulay edi.
Miloddan avvalgi I mingyillik boshlarida A fg‘oniston hu
dudida ham temirdan yasalgan mehnat qurollari va buyumlar
tarqala boshladi. Mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida
inson faoliyati kengaydi va jadallashdi. Bunga mintaqaning temir,
oltin, qalay, qo‘rg‘oshin kabi tog‘ jinslari va qazilma boyliklariga
boyligi ham kuchli turtki berdi.
Miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmidan boshlab Afg‘oniston
hududida xo‘jalik hayotining turli sohalari jadal rivojlana boshladi.
Xususan, metallni qayta ishlash, ulardan mehnat qurollari yasash,
kulolchilik, to‘quvchilik, quruvchilik, zargarlik kabi sohalar
taraqqiy eta boshladi.
X o‘jalik hayotidagi bu kabi o ‘zgarish va taraqqiyot albatta,
Afg'oniston hududida kishilik jamiyatining yuqori ijtimoiy-siyo-
siy birlashmasi - davlatning vujudga kelishi uchun qulay shart-
sharoit hamda imkoniyatlami yaratib berdi va natijada A fg'oniston
hududida ham bir qator ilk davlat birlashmalari vujudga keldi.
Xususan, miloddan avvalgi I mingyillik 1-yarmida Afg'onistonning
shimoliy qismida Qadimgi Baqtriya, shimoliy-g'arbiy hududlar
(M urg'ob daryosi vohasi)da Marg'iyona, janubiy-g'arbiy hududlar
(Helmand daryosi vohasi)da Drangiana (keyinchalik Seyiston),
hozirgi Hirot vohasida Areya, Qandahor atroflarida Araxosiya, Ko-
bul va unga tutash hududlarda Gandxara kabi davlat hamda davlat
birlashmalari paydo b o ‘ldi.
Qadimgi Afg'oniston hududida mavjud bo'lgan bu kabi madani
yat o'choqlari unga qo'shni bo'lgan davlatlar madaniyatiga ham o‘z
ta’sirini o'tkazmay qolmagan. Markaziy Osiyoda joylashgan davlat
lar bir necha ming yillar davomida bir-birining madaniyatiga ta ’sir
qilib, bu o'lkada o'lm as tarixiy madaniyat o'choqlarining yuzaga
kelishiga katta ta’sir ko'rsatgan.
Afg'oniston hududida vujudga kelgan ilk davlatlardan biri
- bu qadimgi Baqtriya podsholigidir. Bu podsholik haqidagi
m a’lumotlar yunon muarrixlari asarlarida uchraydi. Jumladan olim
va tabib Ktesiy Ossuriya podshosi Nin Belidning miloddan avvalgi
I mingyillik 1-yarmida Baqtriyaga qilgan harbiy yurishi haqida
ma’lumot beradi. Nin baqtriyaliklaming jangovarliklarini bilgan
bo'lsa-da, juda katta qo'shini va jang aravasi bilan Baqtriyaga hu-
jum boshlaydi. Baqtriyaliklar o 'z davlatlari poytaxti Baqtra (hozirgi
Balx)ni mustahkam mudofaa qo'rg'oniga aylantiradilar. Baqtriya
hukmdori Oksiart Vatan himoyasiga 400 ming kishidan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |