2.4. Ko‘p stansiyali OFDM kirishining
qo‘llanilish xususiyatlari
O‘tgan asrning 60-yillarida ishlab chiqilgan texnologiya
bo‘lib, nisbatan yaqinda qo‘llanila boshlandi. OFDM qisqartmasi
bilan belgilanadigan ortogonal chastota bo‘yicha multiplekslash
spektral samaradorlikni yaxshilash hisobiga radiokanalning
o‘tkazish polosasining sezilarli oshirilishini ta’minlaydi.
Binobarin, OFDMning qo‘llanilishi egallanadigan chastotalar
polosasini yoki modulatsiyalash darajasini o‘zgartirmasdan
uzatish tezligini oshirishga imkon beradi. Shuning uchun
OFDM ko‘plab zamonaviy simsiz aloqa tizimlarida, masalan,
IEEE 802.11 (Wi-Fi) va IEEE 802.16 (WiMAX) tizimlarida,
shuningdek, simli ADSL tizimlarida ishlatiladi. Keng polosali
simsiz ulanish (KPSU) tizimlarida raqamli kanal uchun asosiy
buzuvchi omil ko‘p nurli tarqalishdan xalaqitlar hisoblanadi.
Bu xalaqitlar turi zich qurilishli shaharlarda binolar va boshqa
inshootlardan radiosignalni ko‘p karrali qaytishlar tufayli efirda
qabul qilish uchun juda o‘ziga xos hisoblanadi (2.10-rasm).
Bu muammoning tubdan yechilishi ko‘p nurli qabul qilishda
xalaqitlar bilan kurashish uchun maxsus ishlab chiqilgan OFDM
ortogonal chastota bo‘yicha multiplekslash texnologiyasining qo‘l-
2.10-rasm. Signalning ko‘p nurli tarqalishi
73
lanilishi hisoblanadi. Spektral samaradorlikni oshirishdan tash-
qari, OFDM ko‘p nurli tarqalish va simvollararo interferen-
siyaning yaxshi ma’lum bo‘lgan salbiy samaralarini kamayti-
rishga imkon beradi. OFDM signal har biri yetarlicha past
tezliklarda modulatsiyalanishi mumkin bo‘lgan tor polosali
subkanallar to‘plamini birlashtiradi. Shuningdek, tizimlar, aso-
san, yuqori modulatsiyalash tezligili tizimlar minimal sim-
vollararo interferensiyaga uchraydi. Texnologiyaning yana
COFDM (kanalli kodlash birlashmasi, C va OFDM qisqartmasi)
usuli yaxshi ma’lum va DVB-T/T2 radioeshittirish raqamli
tizimlarida keng ishlatiladi. OFDMda keng polosali ketma-ket
raqamli oqim har biri alohida tashuvchida uzatiladigan ko‘p
sonli tor polosali parallel oqimlarga (suboqimlarga) o‘zgartiriladi
(2.11-rasm).
OFDMning asosiy ijobiy va salbiy tomonlarini qisqacha
ajratish mumkin:
Ijobiy tomonlari:
• Ko‘plab nimtashuvchilar sonida spektrni og‘diruvchining
deyarli to‘g‘ri burchakli shakli orqali tushuntiriladigan radio-
cha stotalar spektridan foydalanishning yuqori samaradorligi;
Chastotalar kanallari
Chastota, f
2.11-rasm. OFDM spektri.
74
• Oddiy apparatli ishlatish: asosiy operatsiyalar raqamli ishlov
berish usullari orqali amalga oshiriladi;
• simvollararo xalaqitlarga (ISI – intersymbol interferense)
va nimtashuvchilar orasidagi interferensiyaga (ICI – intercarrier
interferense) yaxshi qarshi turish. Natijada ko‘p nurli tarqalishga
moyillik;
• Har bir nimtashuvchi uchun turli modulatsiyalash sxema-
larining qo‘llanilishi, bu xalaqitbardoshlik va ma’lumotlarni uza-
tish tezligini adaptiv o‘zgartirishga imkon beradi.
Salbiy tomonlari:
• Chastota va vaqtni yuqori sinxronlashtirishning zarurligi;
• Mobil tizimlarda OFDMning qo‘llanilishini cheklaydigan
Dopler samarasiga sezgirlik;
• Zamonaviy uzatkichlar va qabullagichlarning noidealligi
fazaviy shovqinni keltirib chiqaradi, bu tizimning unumdorligini
cheklaydi;
• OFDMda ko‘p nurli tarqalish bilan kurashish uchun ishla-
tiladigan himoya intervali signalning spektral samaradorli gini
kamaytiradi.
Barcha kamchiliklariga qaramasdan, OFDM yirik shaharlar
sharoitlarida ishlaydigan zamonaviy tarmoqlar arxitekturalari
uchun juda yaxshi yechim hisoblanadi. Texnik taraqqiyot va
bozorning dinamikasi (o‘zgarishlari) ishlab chiqaruvchilarni
doimo mavjud texnologiyalarni takomillashtirishga undaydi.
Nati jada o‘z asosida turli OFDM modifikatsiyalarini ishlatadigan
quril malar paydo bo‘ladi.
OFDM keng polosali ketma-ket raqamli oqim har biri alohida
tashuvchida uzatiladigan ko‘p sonli tor polosali parallel oqimlarga
(suboqimlarga) o‘zgartiriladigan prinsipial yangi modulatsiyalash
turi hisoblanadi (2.12-rasm).
OFDM guruhli radiospektridagi qo‘shni f
1
, f
2
, ..., f
n
tashuvchilar orasidagi Δf chastotalar farqi demodulatorda indivi-
dual tashuvchilarning ajratilishi imkoniyati shartlaridan tanlanadi.
75
Bitta tashuvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |