Qo‘llanilish sohalari
Ko‘plab boshqa sohalar kabi ma’lumotlarni simsiz uzatishda
ham universal texnologiya yo‘q. Har bir aniq maqsad uchun
WiMAX yoki Wi-Fi ko‘proq to‘g‘ri keladi. Agar foydalanuvchilar
uchun tarmoqqa keng polosali ulanishni taqdim etish masalasi
tursa, u holda, albatta, ko‘proq WiMAX to‘g‘ri keladi, chunki bu
texnologiya oldindan aynan shu maqsad uchun ishlab chiqilgan.
Lekin agar cheklangan binoda keng polosali ulanishni taqdim
etish masalasi tursa, u holda Wi-Fi va WiMAX texnologiyalari
xalaqitlar sathi past bo‘lmaganida yoki ular umuman bo‘lma-
ganida yechim uchun bir xil yaxshi to‘g‘ri keladi. Simsiz xavf-
sizlik tizimlari yoki videokuzatuv tizimlarini joriy etish uchun
esa Wi-Fi ko‘proq to‘g‘ri keladi, chunki bu yo‘nalish yetarlisha
yaxshi rivojlangan.
2.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |