BPA va PBA larning fizik joylashish o‘rni BPA platasiga va unda joylashtiriladigan har bir PBA (Printed
Board Assembly – chop etish plata tuguni) tugunga tizim ichida
fizik joylashish o‘rni noyob raqami tayinlangan. Bu raqam 32
bitga ega va ID0…ID31 ko‘rinishda taqdim etilgan. Bu bitlar
quyidagi vazifalarga ega.
5 bitli raqam tizimlar platasidagi har bir PBA tugunining
holatini aniqlaydi. Bu raqam ID0…ID4 ko‘rinishda taqdim
etilgan va tizimlar platasidagi (1…13) PBA slotlar raqamini
xarakterlaydi. Bu raqam tizimlar platasiga qat’iy «montaj
qilingan» ADLT/SANT-D/ADSE-A plata orqali uning tizimlar
platasidagi biriktirgichidagi shtirlar orqali o‘qilishi mumkin.