96
XIII-bob. TURISMDA SUG‘URTALASH
13.1. Turistik sug‘urta
va uning turlari
13.2. Turizmda sug‘urta
tushunchasi
13.3. Turistlar va turistik tashkilotlarni sug‘urtalashning chet el
tajribalari
13.4. Turistlarning sug‘urta kompaniyalari
bilan qiziqish sabablari
13.1. Turistik sug‘urta va uning turlari
O‘zbekiston Respublikasi "Turizm to‘g‘risida"gi qonunining 20-
moddasi "Turistlarni sug‘urta qilish", - deb nomlanib, unda: Turistlarni
sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’yektlari tomonidan
sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta
tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi, deyiladi.
Biror joyga yoki mamlakatga qatnovchi turist mahalliy aholiga qaraganda
ko‘proq noqulay omillarga duch keladi. Shuning uchun avvalom bor
turistning sog‘lig‘i sug‘urtalanadi. Keyin esa mol-mulki sug‘urtalanadi.
Turistning bir kunlik turistik sug‘urtasi o‘rtacha bir yarim dollarga to‘gri
keladi. Endi dunyodagi turistlar soni yarim milliard bo‘lib, sayohat 5-7 kun
davom etsa, turizmning sug‘urtalash sohasida aylanayotgan mablag‘i
hajmini baholash qiyin emas.Turizm rivojlangan mamlakatlarda maxsus
tezkor xizmat guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, turistga biror kor xol bo‘lsa
u telefon orqali o‘zining shaxsiy nomerini aytadi va unga zarur bo‘lgan
yordam ko‘rsatiladi. Turizm statistikasiga qaraganda, sug‘urta to‘lash
holati har bir 100 ta turistning bittasiga to‘gri keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab
o‘tish joizki, turistlar bilan ro‘y bergan har qanday holatlar sug‘urta
kompaniyasi tomonidan tan olinmaydi va unga sug‘urta puli berilmaydi.
Hozirgi vaqtda turizm sohasida sug‘urta tizimi 10 dan ortiq sug‘urta
xizmatini taklif etadi. Shulardan eng muhimlariga to‘xtalib otamiz:
25
1. Shaxsiy sug‘urta. Insonning hayoti, sihat-salomatligi, mehnat
qobiliyati ana shu sug‘urta munosabatlarining ob’yekti hisoblanadi. Bunga
quyidagilar kiradi:
- hayotni sug‘urta qilish;
- baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish;
- tibbiy xarajatlar va kasallik yuzasidan sug‘urta qilish.
25
O’zbekiston Respublikasi «Turizm to’g’risida»gi qonuni. Xalq so’zi. 1999 yil 20
avgust.
97
2. Mol-mulkni sug‘urta qilish. Turli xil moddiy boyliklar sug‘urta
munosabatlari ob’yektiga kiradi. Masalan:
- dengiz sug‘urtasi, shu jumladan yuklarni, kemalarni va hokazolarni
sug‘urta qilish;
- yong‘indan va boshqa xavf-xatardan (tabiiy ofatdan) sug‘urta qilish;
- buzib kirish yo‘li bilan o‘g‘irlik qilishdan, boshqa yovuz niyat bilan
yoki g‘ayri qonuniy yo‘l bilan uchinchi shaxs tomonidan amalga
oshirilgan harakatlardan sug‘urta qilish;
- avtomobil transporti vositalarini sug‘urta qilish;
- texnikaviy xavf-xatardan (qurilish-montaj ishlaridagi va hokazo xavf-
xatardan) sug‘urta qilish;
- oyna sinishidan sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi
boshqa maxsus turlari;
- ijara ishlarini sug‘urta qilish hamda sug‘urtaning bu boradagi boshqa
turlari.
3. Mas’uliyatni sug‘urta qilish. Yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash
bo‘yicha zimmaga olingan mas’uliyat bu sug‘urta munosabatlarining ob’
yekti hisoblanadi. Bunga quyidagilar kiradi:
- ish bilan ta’minlovchilarning mas’uliyatini sug‘urta qilish;
- umumfuqaro mas‘uliyatini sug‘urta qilish;
- avtomobil xo‘jaligi sohasida ishlovchi fuqarolar mas’uliyatini sug‘urta
qilish;
- ishonch va kafillik mas’uliyatini sug‘urta qilish.
Shuni ham aytish kerakki, faqat tijorat ishlarining o‘zida 200 dan ortiq
sug‘urta turlari mavjuddir.
Do'stlaringiz bilan baham: