143
XULOSA
Respublikamiz iqtisodiyotida kelajakda katta salohiyatga ega bo‘lgan
tarmoqlardan biri turizm infratuzilmasidir. Bu sohaga e’tiborning qaratilishi
respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan,
turizm orqali dunyoni bilish, boshqa mamlakatlarning faol aholisini bu yerlarga
jalb qilish, mamlakat g‘aznasiga valyuta tushirish va shu orqali aholining turmush
farovonligini yaxshilashda katta imkoniyatlar tug‘diradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizmni rivojlanishiga davlat siyosati,
reklama, umumiy iqtisodiy sharoitlar, valyuta kursi, davlatlararo munosabatlar,
raqobatbardoshlar soni, dam olish joylarining xavfsizligi va ahamiyati kabi muhim
jihatlarni ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Ayniqsa davlat siyosati va ular o‘rtasidagi
munosabatlar xalqaro turizmning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi ham turizm iqtisodiyotini rivojlantirish
imkoniyatlariga
ega
bo‘lgan
davlatlardan
biridir.
Bunga
misol
qilib
respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy-madaniy obidalari, tog‘li
hududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand,
Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan
mamlakatimizga kelishni rejalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yevropaliklarning soni 20
mln.dan ortiqdir. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib,
mehmonxonalar soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib
sifatli xizmat ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm
orqali yuqori daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi.
Haqiqatdan ham turizm infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti
va madaniyatida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va
undan samarali foydalanish jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Bu
sohaning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha
bo‘g‘inlariga tatbiq qilinayotgan islohotlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir.
Iqtisodiyotda turizm muammolari eng kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu
144
sohaning qay turlariga e’tibor berish, sayohat qiluvchilar uchun ularning xohish-
irodasini bilish, eng foydali va qulay oshxonalarga chorlash, xavfsizligini
ta’minlash, talablarini qondirish va yana boshqa ko‘plab turlarini bilish servis
xizmati vazifasiga kiradi.
O‘zbekistonda turizm iqtsodiyotini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat
ehtiyojlarini qondirish, xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda
dunyo standartlari darajasida bozor iqtisodiyoti modelining turizmga kirib kelishini
ta’minlashdir.
Jamiyat ehtiyoji turistlar talabini ichki va tashqi turizm
xizmatlarini qondirish, shu bilan xizmat importi va eksportiga bo‘lgan xalqaro
talabni o‘rganish, aholining ekskursiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
bog‘liq. Yuqorida bayon qilinganlardan xulosa qilib quyidagi takliflar bayonini
keltiramiz:
- respublika turizmida resurslarning samarali ishlatilishi uchun kichik va xususiy
tadbirkorlikni keng avj oldirish;
- zamonaviy turistik komplekslar bunyod etish, ularni xalqaro andozalarga
moslash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
- yirik xorijiy turfirmalar bilan barcha turistik xizmat ko‘rsatishning yangi
shakllarini tashkil qilish;
- jahon turistlarining talabini o‘rgangan holda milliy taomlar tayyorlashni yo‘lga
qo‘yish;
- yuqori malakali menejer, barmenlar va malakali xodimlarni tayyorlash va
qayta tayyorlovni yo‘lga qo‘yish;
-O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishida milliy xususiyat, milliy
an’analarni e’tiborga olgan holda reklama va targ‘ibot ishlarini yaxshi yo‘lga
qo‘yish va h.k.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi monitar boshqarish modeli
moliyalashtirishning shakllanishiga asoslangan. Bunday boshqaruv turistik
mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Ko‘pgina davlatlar uchun 30% chet el valyutasi
umumiy tushumidan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlayapti.
145
Turizm sohasida markazlashgan modeldan bozor monetar modeliga o‘tish
uchun birinchi bosqichda ichki va tashqi turizmda tizimlar yordamida
chuqurlashtirish va makro darajada o‘zgarishlar qilish kerak. Ikkinchi bosqichda
milliy-tarixiy ob’yektlarni qayta tiklashni, servis xizmatini yaxshilashni ko‘zda
tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |