A.Laffer egri chizig’i
Kam kam xo’rak hamisha xo’rak
So’z boshini mana shu maqol bilan boshlashga jazm etdim. Sababi men hozir tahlil qiladigan mavzu ayyan shu maqolga taluqli. Hop mavzuga qaytadigan bo’lsak to shu kunga qadar Laffre egri chizig’i haqida hech qanday tushunchga ega emas edim. Biroq bugun Laffer egri chizig’i bo’yicha o’zimning bir muncha fikrlarimni yozmoqchiman 1974 yil A.Laffer taniqli jurnalist va siyosatchilar bilan Vashingtonning eng taniqli restoranlaridan birida tushlik qilishayotgan edi. A.Laffer o’z suxbatdoshlariga soliq stavkalarining soliq tushumlariga tasirini qog’oz salfetka yordamida tushuntirib beradi. Shu tariqa bir parcha qog’oz salfetkada dunyoning eng mashxur teoriyasi Laffer egri chizig’i dunyoga keldi Artur Laffer Amerika iqtisodchisi bo’lib o’zining Laffer egri chizig’ini yaratgan. Bunga ko’ra Laffer egri chizig’ida asosiy etiborini tadbirkorning manfatlariga qaratadi. Biroq bu manfatning negizida davlat ham qaysidir manoda kun ko’radi nafaqat kun ko’radi balki imkoni boricha soliqlarni undirishi mumkin. Yagona sharti tadbirkorlarga keng imkoniyat bergan holda soliq stvaklarini iloji boricha pasaytirish hisoblandi. Bordiyu buni aksi bo’ladigan bo’lsa, yani davlat borgan sari soliq stavkasini oshirib boraversa tadbirkor tomonidan investitsiya siyosati, yangilanish va ishlab chiqarish to’xtab qoladi. Tadbirkor og’irlashib borayotgan soliq yukidan qochishga harakat qiladi va buning uddasidan chiqadi ham. Yani Laffer egri chizig’i bo’yicha davlat taqiqlangan hududga o’ta olmaydi. Bunda eng optimal yechim soliq stavkasini kamaytirish hisoblanadi. Buning natijasida davlat ko’proq yutadi. Yani soliqdan ozod bo’lgan summa tadbirkor qo’lida qoladi va tadbirkor yana qandaydir ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi, bu esa o’z navbatida davlat uchun qo’shimcha soliq solish obekti hisoblandi. Shu bilan bir qatorda soliq to’lovchilar pasaytirilgan soliq stavkani o’z hohishi bilan, chin ko’nglidan, norozi bo’lmasdan soliq to’yadilar. Bunda davlatning ortiqcha xarajatlardan aniqrog’i soliqlarni undirish bo’yicha jinoyatlarni topish va unga nisbatan jazolarni qo’llash xarajatlarini kamytiradi. O’z navbatida davlat ham xarajatlardan ham vaqtdan yutgan bo’ladi. Axir bejiz aytishmaganku “Vaqting ketdi Naqding ketdi" deb. Yana boshqa tomondan qaraydigan bo’lsak davlat soliq stavklarini pasaytirish orqali tadbirkorning soliqdan ozod bo’lgan mablag’lari natijasida yig’ilgan jamg’armalar investitsiyalarga jalb etiladi. Shunday qilib Laffer egri chizig’ida davlatga ochiqchasiga biroq sirli qonunni o’rgatadi. Bunda soliq stavkasini yuqori chegarasi mavjud. Siz soliq stavkasini qancha yuqoriga ko’tarishga urinmang, baribir tushumlarni ko’paytirolmaysiz. Aksincha tadbirkorni jinoyatga undaysiz. Tadbirkor so’ngida korxona faoliyatini ham toxtatadi va siz o’z o’zida kelib turgan puldan ham quruq qolasiz deydi o’z nazariyasida. Laffer egri chizig’ida davlat yashirin iqtisodiyotni rivojlanishiga turtki bo’ladi deydi va buni ilmiy jihatdan asoslab beradi. Laffer o’z hisobiga ko’ra soliqlarni kamaytirish natijasida iqtisodiyotning o’sishi va davlat daromalarining ortishini isbotlab bergan. Keling endi aniq faktlarga o’tamiz. Laffer konsepsiyasining iqtisodiy siyosatda birinchi marta to’g’ridan tog’ri qo’llanilishi 1981 yilda AQSHda sodir bo’ldi. AQSHda daromadning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Prezident R.Reagan mamuriyati maksimal soliq stavkasini 70%dan 50%ga, keyin 1986 yilda 28%ga qisqartirildi va bu o’z o’rnida o’zining samarasini ham ko’ratib, ijobiy natijaga erishildi. Reagen xotiralaridan: Men 2-jahon urushi haqida filmlarda suratga tushardim. O’sha paytlari daromad solig’i stavkasining eng yuqorisi 90% ga yaqin edi. Men 4ta filimda suratga tushardim, yani eng yuqori shkalada soliqqa tortilardim. Shunining uchun film suratga olingandan so’ng ishimni tashladim. Polshada bu dastur spirtli ichimliklar bo’yicha aksiz solig’i bilan bog’liq holda ro’y berdi. 1999-2001 yillarda alkagolga berilgan aksiz solig’ining o’sishi davlat budjet daromadlarining kutilgandan farqli o’laroq kamayishiga olib keldi. 2002 yilda aksiz solig’ini kamaytirish natijasida aksincha daromadlarning ortishiga sababchi bo’ldi. Polshadagi yana bir misol. Tamaki mahsulotlariga aksiz solig’ining ko’tarilishi daromadlarning pasayishini keltirib chiqardi. Bunda chekuvchilar soni o’zgarmagan holda tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda olib o’tishni kuchayishiga olib keldi. Aksizlarni 27%dan 19%gacha kamaytirish esa ushbu soliqlardan byudjet daromadlarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Laffer egri chizig’ida past soliqlar ijobiy munosabatlarni nomoyon etsada, konsepsiya raqiblardan ham holi bo’lmadi. 80 yillarda soliq imtiyozlari byudjet kamomadiga olib kelayotganini takidlashdi. Biroq 1980 yil ha aynan shu yillarda Laffer egri chizig’i AQSH ning iqtisodiy o’sish dinamiksiga ijobiy tasir ko’rsatdi deb etirof etildi. Sizga yana bir misol keltirmoqchiman. Tassavvur qiling. Sizning qo’lingizda bir hovuch qum bor. Siz barmoqlaringizni asta sekinlik bilan mushtum qilib oling. Ana endi barmoqlaringizni ochib qarang. Qo’lingizda aytarli qum zarralari qolmagan. Ularning anchagina qismi pastga tushib ketdi. Agarda barmoqlaringizni mushtum qilmasdan ushlab turganingizda, qumning barchasi qo’lingizda turgan bo’lar edi. Ho’sh soliq to’lovchilarini qum zarralariga qiyoslasak. Borgan sari soliq stavkalrini oshiravergan davalt turgan gapki boridan ham mosuvo bo’lmasligiga kech kim kafil bo’la olamaydi. Davlatning tog’ cho’qqisiga qarab ildamlab ketayotgan soliq stavkalri natijasida oddiy aholi qatlamari ham aziyat chekmasdan qolmaydi. Chunki ishlab chiqaruvchi korxona yuqori to’langan soliq stavkalari uchun, ishlab chiqargan mahsulotiga ham yuqori narx qo’yadi. Bu esa o’z navbatida aholining turmush darajasiga ham tasir etmasdan qolmaydi. Quyida Laffer egri chizig’ini chizmasini keltiraman.
Soliq stavkalari va byudjet daromadlari o’rtasidagi bog’liqlik (A.Laffer egri chizig’i)
Bu yerda:
BD – Byudjet daromadlari Sst – soliq stavkasi (0 dan 100%gacha) BD max – byudjet tushumlarining mumkin bo’lgan maksimal darajasi Sst* - Byudjet daromadlarining eng yuqori darajasni taminlaydigan optimal soliq stavkasi
Laffer egri chizig’i jahon iqtisodiy taraqqiyotida o’zining mustahkam o’rniga ega va to shu kunga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan nazariya hisoblanadi. Chizmada ko’rininb turibdiki soliq stavkasi maksimal darajasiga yetib, undan oshgan taqdirda soliqqa tortiladigan daromadlar o’z o’zidan kamaya boshlaydi. Natijada soliq to’lovchilarning bir qismi iqtisodiyotni qonuniy sektoridan yashirin sektoriga o’tadi. Lafferning nazariyasiga ko’ra iqtisodiyotni rivojlanishi soliq yukini o’sishiga to’g’ri proporsanaldir, yani soliqlar stavkalari o’sishi bilan yashirin iqtisodiyot ko’payadi, natijada olingan daromadlarning ko’pi deklaratsiyada ko’rsatilmaydi. Buning aksi soliqlarni kamaytirilishi iqtisodiyotni rivojlantirishga rag’bat beradi. Bu esa davlat daromadlarini soliq stavkasi va yukini ko’payishiga emas, balki soliqqa tortiladigan bazaning ko’payishi hisobiga ortadi. Ko’proq mahsulot ko’proq soliq. Davlatni davlat qilgan bu xalq bo’ladi. Bir o’ylab ko’raylikchi, agar soliq to’lovchilar yuqori to’langan soliq stavkalari evaziga nisbatan manfatdor bo’lsalar, turgan gapki ular o’z faoliyatini to’xtatishadi. Bunda o’z o’zidan malumki, davlat daromadlar manbaining tushumi ham to’xtab qoladi… Hattoki buni o’ylash ham qo’rqinchili. Sababi davlat daromadlarining 90-95% ni soliqlar tashkil etadi Daromadlarsiz xarajatlarni davlat qanday qilib amalga oshiradi. Soliqlarning yuqori stavkasi odamlarning kamroq ishlashiga olib keladi. Past soliq stavkalari esa odamlarni ko’poroq ishlashga undaydi. Chekuvchilar uchun, qoidani buzganlar uchun, tezlikni oshirganlar uchun jarimalar bularni boshqa takrorlanmasligiga stimul yaratadi. Ammo lekin daromad uchun yuqori soliqqa tortilish bu ham jarima sifatida ko’rilib ishlamaslik uchun stimul yaratadi. Menda bir savol tug’ildi. Nimaga hech kim soliq to’lovchilar bilan huddi mijoz bilan muomala qilgandek bo’lishmaydi. Agar mijoz sizning tovar va xizmatlaringizdan foydalansa siz unga tabassum qilasiz, minnatdor bo’lasiz. Nimaga endi soliq to’lovchilar bilan ham aynan shunday munosabatda bo’lishmaydi. Axir ular davlatning ijtimoi nafaqalari va davlat xizmatlari uchun pullar soliq to’lovchilardan undiriladiku. Xulosa qilib shuni takidlash lozimki, Laffer konsepsiyasi iqtisodiyotning eng mashxur modeli bo’lib, uning mualliflari investitsiyalarni rag’batlantirish va raqobatbardoshlik uchun iqtisodiyotda davlatning ro’lini kamaytirish maqsadida soliq stvkalalarini pasaytirishga chaqirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |