A. K. Qayimov, E. T. Berdiyev dendrologiy a



Download 29,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/240
Sana21.06.2022
Hajmi29,06 Mb.
#687578
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240
Bog'liq
Dendrologiya-2012

24-rasm. G ‘arb tuyyasi.
shaklda boiib, novdaga yopishib
joylashadi. Ular daraxtda 2- 
3yilgacha saqlanadi. G ‘arb tuyyasi bir uyli o ‘simlik. Qubbalari 5-6 juft


tangachadan iborat bo‘lib, cho‘ziqroq-tuxumsimon, bo‘yi 10-15 mm. 
Ular kuzda yetiladi, bu vaqtda tangachalari ochilib, ichidan qanotchali 
urug‘lari to‘kiladi. 1000 dona urug‘ining vazni 1,4 g keladi.
Tuyya urug'idan yaxshi ko‘payadi. Qalamcha va payvand qilib, 
parxish yo‘li bilan ham ko'paytirish mumkin. Olti yoshida changlana 
boshlaydi. Sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda 
yaxshi o ‘sadi. Unumsiz yerda barglari sarg‘ayadi. Qurg‘oqchilikka ham, 
sovuqqa ham chidamli. G ‘arb tuyyasi Qora dengiz bo‘ylaridagi 
shaharlarda ko'plab o‘stiriladi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda 
uchraydi. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m 
balandlikdagi o‘rmon mintaqalarida tarqalgan. Bu yerlarda yirik 
o ‘rmonzorlar hosil qilgan. 100 yil yashashi mumkin. Yevropaga tuyya 
XVI asrda keltirilgan. Yog‘ochi o'zakli, smolasiz, yumshoq, yengil, 
Kanadada va AQSh da yog‘ochidan shpal, ustunlar tayyorlanadi. U 
kemasozlik va duradgorlikda, qayiq yasashda ishlatiladi. Po‘stlo g‘i va 
bargida S vitamin bo‘lib, u singa kasalligiga davodir. Shuning uchun uni 
«hayot daraxti» deb ham atashadi.
G'arb tuyyasi havoning ifloslanishiga chidamli, yashil to ‘siq 
yaratishda qulay daraxt hisoblanadi. Uning chiroyli shakllari bor. 
Tuyyani yakka-yakka, to‘da-to‘da yoki qator qilib ekish tavsiya etiladi. 
Lekin nihollari yosh vaqtida issiqdan zararlanadi, shuning uchun soya 
joylarga ekish tavsiya etiladi.
BIOTA (PLATIGLADUS) TURKUM I
Bu turkumning bitta -
sharq biotasi yoki saur (P latiglad u s
orientalis Spach.) 
turi bor.
Platigladus orientalis 
daraxt yoki buta, bo‘yi 10 metrgacha b o ‘ladi. 
Tanasining po‘stlog‘i to‘q kul rangda, po‘st tashlab turadi, shox- 
shabbasi piramida shaklida b o iib , vertikal o‘sadigan novdalardan 
tuzilgan. Novdalari yassi, pishiq, yashil rangda. Barglari ninasimon, 
tangachasimon bo‘lib, uchi o‘tkir, bezli, tiniq yashil rangda. Saur b ir uyli 
o ‘simlik.
Asosan urug‘idan ko‘payadi, qalamchadan ham ko‘paytirish 
mumkin. U sekin o‘sadi, soyasevar, issiqsevar, qurg‘oqchilikka 
chidamli, katta yoshida sovuqqa va gazlarga chidamli. Har xil tuproqda 
o‘saveradi. Lekin ohakli qumloq tuproqlarda yaxshi o ‘sadi. Ildizi 
baquvvat. Shoxlari egiluvchan bo‘lib, shamol ta’siridan va qor bosib 
qolishidan zararlanmaydi. Sauming qalin, sharsimon shox-shabbali va


egilib o ‘suvchi shakllari bor. B a’zilari pakana, boshqalari baland bo‘yli, 
yashil zangori, oq-sarg‘ish rangda bo‘lib, juda chiroyli.
Saur Shimoliy Xitoyning tog'li hududlarida va Hisor tog‘ining 
T o ‘palang daryosi qirg‘oqlarida tarqalgan. MDH ning janubiy 
hududlaridagi shahar va parklarda o‘sadi. Uni yakka-yakka yoki to‘da- 
to ‘da qilib ekish tavsiya qilinadi. U Toshkentda o ‘stirilmoqda va 
k o ‘kalamzorlashtirish uchun keng miqyosda ko‘chatlari yetishtirilib 
tarqatilmoqda.

Download 29,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish