va hayotiy funksiyalari nimalardan iborat? 10. Daraxt o'simliklarining ichki (anatomik) tuzilishi, daraxt tanasidagi hujayra va to‘qimalarini o‘ziga xos xususiyatlari qanday? 11. Daraxt o'simliklarini asosiy fenologik davrlari qanday ketma- ketlikda o‘rganiladi? 12. Daraxt o'simliklarda qaysi fenologik fazalami boshlanishi va tugashiga ko‘ra vegetatsiya boshlanishi va tugashi belgilanadi. 13. Daraxt o'simliklarining o‘sishi va rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Daraxtlar hayotini davomiyligi deganda nimani tushunasiz? 14. Qanday sistematik birlik botanik tur hisoblanadi? Turning areali tushunchasiga izoh bering? 15. Daraxt o'simliklarining urug‘lari tabiatda qanday tarqaladi? Urug‘dan va vegetativ usulda yetishtirilgan ko‘chatlami o‘rmon-chilikdagi ahamiyatini tushuntirib bering? 16. Vegetativ ko‘paytirish usullari, bajarish texnologiyasi va o‘rmonchilik va bog'dorchilikdagi ahamiyatini tushuntiring?
II bob. DA RA XTLAR NIN G EKOLOGIK XUSUSIYATLARI ASOSIY E K O LO G IK OM ILLAR VA DARAXT-BUTA 0 ‘SIM LIK LA R N I ULARGA MUNOSABATI Daraxt-buta o ‘simliklari evolutsion rivojlanish jarayonida turli sharoitlarda o ‘sishga moslashgan. Yer sharida quruqlik asosan ikki xil geomorfologik relyef - to g iik va tekislikdan iboratdir. Dendroflora vakillari turli shim oliy kenglikda va sharqiy uzunlikda hamda dengiz sathidan har xil balandlikda joylashib, xilma-xil shakllami yuzaga keltirgan. Daraxt-butalami xilma-xilligi iqlim mintaqalari va poyaslari bilan chambarchas b o g ‘liqdir.