A. K. Igamberdiev S. Aliqulov traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalaridan foydalanish, texnik servis


-§. Avtomobillarga texnik xizmat ko„rsatishni tashkillashtirish



Download 12,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/165
Sana22.04.2022
Hajmi12,32 Mb.
#572845
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165
Bog'liq
kitob

25.4-§. Avtomobillarga texnik xizmat ko„rsatishni tashkillashtirish 
Avtomobillarga ko‗rsatiladigan texnik xizmat turlari va davriyligi. Qishloq 
xo‗jaligida foydalaniladigan avtomobillarga texnik xizmat tegishli xujjatlarga 
muvofiq o‗tkaziladi. Avtomobillarga texnik xizmatlar xo‗jalikda yoki maxsus 
stansiya (TXKS) larda o‗tkaziladi 
10-jadval 
Avtomobillarga ko„rsatiladigan texnik xizmatlar, ularning 
 turlari va davriyligi 
Texnik xizmat turlari 
Texnik xizmat davriyligi, bosib o‗tilgan yo‗l, km 
Har kungi texnik xizmat 
KTXK 
Birinchi texnik xizmat TXK-1: 
yuk avtomobillarigna 
Ikkinchi texnik xizmat TXK-2: 
yuk avtomobillariga 
Mavsumiy texnik xizmat MTX 
Har smenada 1 maratoba (ish tugashi bilan yoki 
boshlanishi oldidan) 
2500 
10000 
Yiliga ikki marotaba (bhorgi-yozgi va kuzgi 
qishgi foydalanish davrida 


175 
Har kungi texnik xizmat (KTXK) har 10 soatdan keyin traktorning yoki 
mashinaning har bir smenasida o‗tkaziladi. 
Traktorlarga bahorgi-yozgi foydalanishga o‗tishdagi mavsumiy texnik xizmat 
havoning turg‗un issiqlik darajasi +5

S dan yuqori bo‗lgan vaqtda o‗tkaziladi, kuzgi-
qishgi foydalanishga o‗tishda esa +5

S dan past bo‗lgan issiqlik darajasida
o‗tkaziladi. 
Avtoxo‗jalikning texnikalar va remont vositalari bilan ta‘minlanganligiga 
qarab texnik xizmat ko‗rsatish va remont qilishning 3 ta shaklini qabul qilish 
mumkin: 
-
Yirik yaxshi jixozlangan avtoxo‗jaliklar TKX va remont ishlarini 
o‗zlarining ustaxonasida o‗tkazadi. 
-
TXK va murakkab bo‗lmagan remontlarni o‗zlarini ustaxonasida, murakab 
remontlarni markaziy TXK va remont qilish tashkilotlariga olib borib remont 
qilish. 
-
Barcha TXK va remont ishlari markazlashgan holda markaziy 
ustaxonalarda va remont tashkilotlarda amalga oshiriladi. 
Texnik xizmatni tashkil etish asosan avtoxo‗jalikning bajaradigan vazifalari va 
avtomobillarining soniga, foydalanish sharoiti, xizmat ko‗rsatish ob‘ektlarining 
joylashuviga bog‗liq bo‗ladi. Avtomobillar bajaradigan texnologik jarayonlar xizmat 
zonalari va bajaradigan ishlar turlari bilan har xil bo‗lishi mumkin. Lekin ularga 
texnik xizmat ko‗rsati sh barcha turdagi xizmatlardan va ish hajmidan, avtomobillar 
soni va garajlarning katta va kichikligidan qat‘iy nazar bir xil o‗tkaziladi. 
Ko‗p avtoxo‗jaliklarda TXK uchun maxsus remont brigadalari tashkil etilgan. 
Avtomobillarning aloxida agregatlariga texnik xizmat ko‗rsatish jarayonida na faqat 
mayda nosozliklar va kamchiliklar balki rachoqlangan joylar, detallarning kuchli 
eyilishi va boshqa kamchiliklar aniqlanishi mumkin. Bunday kamchiliklar asosan 1 
va 2 TXK da ko‗zda tutilmagan va albatta joriy remontga tegishli bo‗ladi. Bu 
remontlarga aloxida naryad ish xaqqi joriy remont uchun rasmiylashtiriladi. 
Avtomobillarga TXK texnologik jarayonining sxemasi quyida keltirilgan. 
Barcha avtomobillar reysdan qaytgandan so‗ng texnik ko‗rikdan o‗tishlari 
shart. Navbatki mexanik avtomobilning fakticheski probegi (bosib o‗tgan yo‗li), 
tashqi ko‗rinishi, komplektligini tekshiradi va xaydovchidan mashinaning ish 
jarayonida aniqlangan kamchiliklari va otkazlarini so‗rab oladi. Agar avtomobil 
texnik soz bo‗lsa, u holda navbatchi mexanik uni tozalash va yuvish zonasiga 
yuboradi va parkni stoyankasiga qo‗yadi. Agar avtomobilga rejali TXK yoki 
zayavkali remont talab etiladigan bo‗lsa, u holda tozalash va yuvishdan so‗ng 


176 
kamchiliklarni bartaraf etish zonasiga olib boriladi. Avtoparkdan ishga chiqishda 
xaydovchi putevka va zapravka qilish xujjatini oladi. Nazorat punktida navbotchi 
mexanik avtomobilning tashqi ko‗rinishi va sozligini tekshiradi. 
Avtomobillarga xizmat ko‗rsatish va remont qilish zonasida postlarning 
joylashuvining 3 ta usuli bo‗lishi mumkin. 
1.
tupikovoe (berk) 
2.
pryamotochniye (ochiq) 
3.
smeshannoye (aralash). 
Birinchi usulda tozalash va yuvishdan boshqa barcha ishlar bir joyda amalga 
oshiriladi. Bu usul ko‗proq kichik garajlarda va ustaxonalarda amalga oshirildi. 
Ikkinchi usulda ish jaxmi ish postlari bo‗yicha bo‗lingan bo‗lib bir postning 
ishi ikiknchi postning ishi bilan bog‗lik bo‗ladi. YA‘ni bir postdan keyin ish ikkinchi 
postda bajariladi. 
Bunday usul odatda xo‗jalikning katta ustaxonalarida amalga oshiriladi. 
(remont zavodlarida, remont korxonalarida va b.) 
Uchinchi aralash usulda berk usul xar hil va uzoq muddat bajariladigan TXK 
va remont ishlari uchun, ochiq usul esa mashinalarga TXK va remont ishlari uchun 
bir xil vaqt sarf qilinadigan ishlar uchun qo‗llaniladi. 
TXK stansiyalarida TXK-1 va TXK-2 smenali dastur bo‗yicha potochnыy 
liniya bilan TXK-1 da 20-25 ta, TXK-2 da 10-12 va TXK-2 oldidan diagnostika 
qilishda 14-18 avtomobillarga xizmat ko‗rsatish tashkil etilishi mumkin. 
Potok usul bilan TXK va remontni amalga oshirishda smenali dasturning ish 
hajmi bo‗yicha bir hilligi asosiy rol o‗ynaydi. Bu asosan avtomobillarni regulyar 
TXK va remontga kelib turishga bog‗liq. 
Tashkiliy ishlardan eng murakkabi avtomobillargan TXK-2 hisoblanadi. 
GOSNITI tavsiyasiga binoan xizmat ko‗rsatish operatsiyalarini 5 guruxga bo‗lish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi: 
1.
Asosiy agregat va uzellar ishi resursini va texnik holatini aniqlovchi 
nazorat-diagnostik operatsiyalar. 
2.
Dvigatelni yurgizish bilan bog‗liq bo‗lgan ta‘minlash tizimi va elektr 
jixozlariga xizmat ko‗rsatish operatsiyalari. 
3.
Qolgan agregat, uzel va tizimlarga xizmat ko‗rsatish operatsiyalari. 
4.
Moylash, tozalash va ta‘minlash operatsiyalari. 
5.
TXK-2 o‗tkazishda nazorat va rostlash operatsiyalari. 
Ta‘kidlash kerakki, TXK-2 bilan birga ko‗p takrorlanadigan JTga tegishli 
ishlarni ham bajarish mumkin bo‗ladi. Bu qo‗shimcha JT bilan bog‗liq ishlar har bir 


177 
TXK turi bo‗yicha olib boriladigan ishlar hajmining 15…20 % dan oshib ketmasligi 
kerak.
TXKni ixtisoslashtirish xizmat ko‗rsatuvchi xodimlarning malakasini oshishiga 
katta imkon yaratib beradi. Bu yuqori unumli jixozlarni qo‗llash, ulardan samarali 
foydalanish, ish unumini oshirish imkonini beradi. 
Avtomobillarga agregatli-uchastkalar bo‗yicha TXK va ta‘mir ishlarini tashkil 
etish ancha qulay va samarali bo‗lganligi iuchun ko‗proq amaliyotda qo‗llniladi.
Bunda uchastka asosiy ishlab chiqarish zveno hisoblanib barcha kompleks 
ishlarni amalga oshiradi. YA‘ni TXK va ta‘mir qilish bo‗yicha avtomobillarning 
barcha agregat va uzellari bo‗yicha ishlar bajariladi (11-jadval). 

Download 12,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish