188
Zavoddagi texnologik tashxislash detallar,
mexanizmlar va uzellarning
bevosita yasash, yig‗ish va zavodda sinab ko‗rish jarayonidagi texnik holatini
aniqlashga qaratilgan.
Ta‘mirlash vaqtidagi tashxislashning o‗zi ta‘mir oldidan, ta‘miriy texnologik
va ta‘mirdan keyingi tashxislash bo‗lishi mumkin. Ta‘mir oldidan tashxislashning
maqsadi ta‘mir ishlari hajmini va ta‘mir turini aniqlashdan iborat. Ta‘miriy-
texnologik tashxislash bevosiba ta‘mirlash, yig‗ish, chiniqtirish va sinash jarayonida
amalga oshiriladi. Ta‘mirdan keyingi mashxislash esa ta‘mir sifatini baholashga
qaratiladi.
Foydalanish davridagi tashxislash navbatdagi texnik xizmat ko‗rsatish vaqtida
va dala ishlari orasida (ish
boshlanishida, ish vaqtida, ish tugagandan so‗ng hamda
nosozlik yuz berganda) amalga oshiriladi.
Tashxislash texnologiyasi. Tashxislash jarayoni uch bosqichdan iborat:
tayyorgarlik, asosiy va yakuniy bosqichlar.
Tayyorgarlik bosqichida mashina-traktor agregati yuvib-tozalaniladi; uzel va
detallari ko‗zdan kechirilib, natija nazorat-tashxis kartasiga qayd etiladi; ba‘zi texnik
xizmat ko‗rsatish ishlari
bajariladi; datchik va o‗lchov asboblari o‗rnatiladi.
Asosiy bosqichda mashina-traktor agregati yoki dvigatelning zarur ish rejimi
ta‘minlanadi; agregat va uzellarning texnik holatini ko‗rsatuvchi parametrlar
o‗lchanadi, natija nazorat-tashxis kartasiga qayd etiladi.
YAkuniy bosqichda tashxis qo‗yiladi: tashxis asosida traktorning soz holatini
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan ish turi va hajmi aniqlanadi; agregat, uzel va
detallarning qoldiq resursi bashorat qilinadi; o‗rnatilgan datchik va o‗lchov asboblari
echib olinadi.
Tashxis yakunlari bo‗yicha maxsus qaydnoma
tuziladi va uning yordamida
mutaxassislar texnik xizmat ko‗rsatish va ta‘mirlash ishlarini bajarishadi.
Tashxislash jihozlashlari ko‗chma, qo‗lda ko‗tarib yuriladigan, qo‗zg‗almas va
mashina-traktor agregatiga o‗rnatilgan kabi turlarga bo‗linadi.
Mashinalar va agregatlarning texnik holatini tashxislash uchun: traktorlar va
qishloq xo‗jaligi mashinalaridagi ko‗rsatgich-asboblar (termometrlar, moy bosimini
o‗lchagichlar, taxospidometrlar va boshqalar), shuningdek injenerlik-ekspluatatsion
xizmatga tegishli maxsus jihozlar va qurilmalar ishlatiladi.
Maxsus tashxislash jihozlari va qurilmalariga quyidagilar kiradi :
1) mashinalarning umumiy texnik holatini tashxislash qurilmalari. Bular
yordamida asosiy ekspluatatsion ko‗rsatkichlar: dvigatelning quvvati, yonilg‗i
sarfi
va boshqalar aniqlanadi;
189
2) alohida uzellar va mexanizmlar: shatun-porshen guruhi, tirsakli valdagi
o‗zak va shatun podshipniklari, traktorning gidrosistemasi
va boshqalarning texnik
holatini qismlarga ajratmasdan tashxislash jihozlari;
3) umumiy tashxis va bir nechta uzel va mexanizmlarning texnik holatini
tashxis qilish uchun kompleks jihozlar va qurilmalari; Bu guruh qurilmalariga
muqim va ko‗chma tashxislash laboratoriyalari, masalan,
mashinalarning texnik
holatini baholash uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan UAZ-452 avtomabili
asosida tayyorlangan tashxis laboratoriyasi kiradi.
4) foydalanish jarayonida agregatlarning ishini tekshirish va texnik holatini
aniqlash nazorat – tashxislash jihozlaridan iborat. Bu guruh jihozlariga dala
sharoitlarida agregatlarning ishini tekshirish uchun qo‗llaniladigan ish o‗lchagichlar
(rabotomerlar), yonilg‗i sarfini o‗lchagichlar va boshqalar kiradi.
Mashinalarning yopiq joylaridagi detallarning holatini tekshirishga imkon
beruvchi tolali optikani qo‗llash, dvigatelning karteridan
olinadigan namunalarni
spektral tahlil qilish va boshqalar istiqbolli usullar hisoblanadi.
Zamonaviy, yangi avlod texnikalari (traktorlar, qishloq xo‗jalik mashinalari,
kombaynlar) monitor, datchiklar va kompyuterlashgan elektron taxlil tizimi bilan
jihozlangan bo‗lib, texnikadan noto‗g‗ri foydanilganda, texnik yoki texnologik
nosozlik yuz berishi mumkin bo‗lganda yoki havfli
vaziyat yuzaga kelganda
operatorni ogohlantiradi. Agar nosozlikka olib keluvchi sabab bartaraf etilmasa
texnika to‗xtaydi va boshqaruv tizimi qulflanib qoladi. Toki, servis xizmati bo‗yicha
mutaxassis nosozlikni bartaraf etmaguncha texnika ishlamaydi.
Hozirgi kunda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida turli avlod texnikalaridan
foydalanilmoqda. Nosozlikni ogohlantirish, himoyalash va boshqarish tizimiga ko‗ra
ularni shartli ravishda mexanik (nosozlikni ogohlantirish), avtomatlashgan
(nosozlikni ogohlantirish va undan himoyalash) va intellektual (nosozlikni
ogohlashtirish, undan himoyalash va boshqarish) tizimlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: