181
Belgilangan xizmat ko‗rsatishlar davrlaridan og‗ishish mashinalardan
foydalanishda buzilishlar keskin ko‗payib, ish unumdorligini pasayishiga olib
keladi. Masalan, traktor sifatli rostlanmasa yoqilg‗i sarfi oshadi, quvvati
tushib, ish sifati pasayib ketadi, agregat tez
buziladi, ta‘mir xarajatlari ortadi.
Qishloq xo‗jalik mashinalarini ishga rostlash sifatli bajarilmasa agrotexnologik
jarayon buziladi, agrotadbir sifatsiz bajariladi, nihollar zararlanadi,
hosil miqdori
kamayadi.
Qishloq xo‗jalik mashinalari uchun esa har kunlik va mavsumiy davrlarda
texnik xizmatlar ko‗rsatilib, ularning bajarish muddatlari ushbu mashinalardan
foydalanish mavsumlar bilan belgilanadi.
Texnik xizmat ko‗rsatishlarning davrlari va ularda bajariladigan
ishlarning
turlari texnikalarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik korxonalari
konstruktorlik va
servis xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Bunda texnikaning qismlari,
birikmalari, agregatlari va detallarining ishlash sharoitlarini hamda qo‗llaniladigan
moylash materiallarining xususiyatlarini xarakterlovchi ko‗rsatgichlarining o‗zgarishi
bo‗yicha o‗tkazgan laboratoriya va dala eksperimntlari natijalari orqali, ya‘ni
quyidagi puxtalik ko‗rsatgichlari – buzilmasdan ishlash yoki uzluksiz ishlash
davomiyligi, chidamliylik va yaroqsiz holatga etgunga
qadar ishlash davomiyligi,
ta‘mirlashga yaroqlilik - mashinaning texnik xizmat ko‗rsatishga, tashxislash va
nosozlikni bartaraf etishga, ta‘mirlashga moslashganligi, saqlanuvchanlik –
mashinaning saqlash va tashish chog‗ida ishga yaroqsizligini ushlab turish xossalari
orqali aniqlanadi.
Texnik xizmat ko‗rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan:
-
xizmat ko‗rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so‗ng
uning
oqibatini yo‗qotish uchun amalga oshiriladi;
-
xizmat ko‗rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning
miqdori yoki yoqilg‗i sarfiga asoslanib
qatiyan belgilangan grafik
(reglament) bo‗yicha amalga oshiriladi;
-
xizmat ko‗rsatish tadbirlari mashinalarga o‗rnatilgan avtodiagnostika tizimi
va
davriy tashxis asosida
amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga
oshiriladi.
Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo‗llaniladi.
Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko‗rsatish
tadbirlari bajariladi.
Ikkinchi strategiya Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida keng
qo‗llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan.
182
Uchinchisi ko‗proq istiqbolli bo‗lib, mashinalarda murakkab elektron jihozlari
o‗rnatilishi va texnik servis o‗tkazishda elektron-mexanik
tashxis anjomlarining
qo‗llanishi va yuqori malakaga ega bo‗lgan kadrlar tayyorlashni taqqoza etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: