143
22-§. Meva va sabzavotlarni yig„ishtirib olishning
innovatsion texnologiyalari
22.1-§. Meva va sabzavotlarni yig„ishtirib olishning o„ziga xos xususiyatlari,
texnologiyasi va agregatlardan samarali foydalanish
Meva va uzum hosilini yig‗ib olishda qo‗llaniladigan asosiy mexanizatsiyalash
asosiga mevali daraxtlarni tebratish hisobiga uning shohida
osilib turgan mevalarga
rezonans xodisasini qo‗llagan holda yig‗ishtirib olishdan iborat.
64-rasm. Olma va uzum hosili
Hozirgi paytda meva va uzumlarni yig‗ib-terib olish ishlari quyidagi
mexanizatsiyalash usullaridan foydalangan holda tashkil etiladi.
1-boshlang‗ich mexanizatsiyalash. Bunda yordamchi texnik vositalardan, ya‘ni
shoti, maxsus sumkalar va boshqalardan foydalanib qo‗lda terish.
2-yarim mexanizatsiyalash.
Turli agregat, platformalardan foydalanib qo‗lda
terish.
3-to‗liq mexanizatsiyalash. Meva terish mashina va kombaynlari yordamida
terib olish.
Meva va uzumlar hosilini yig‗ishtirib olish, ulardan foydalanish sharoitiga
qarab ikki usulda:
1) uzoq muddatga saqlanadigan mevalar asosan qo‗lda
maxsus jihozlar yoki
meva yig‗adigan platformalardan foydalanilgan holda;
Tayanch iboralar:
meva, uzum va sabzavotlarni yig‟ishtirish
usullari, agrotexnik talablar, texnologik jarayonlar va mashinalar turi,
mashinaning ishchi qismlari, innovatsion texnologiyalar.
144
2) texnik qayta ishlov berishga mo‗ljallangan yoki tezda iste‘mol
qilinadigan
mevalar esa maxsus mashina va kombaynlar bilan yig‗ib olinadi.
Uzoq muddatga saqlanadigan mevalar maxsus platformalar yordamida qo‗lda
terib olinadi va konteynerlarga solinadi. Mevalar bilan to‗ldirilgan konteynerlar
transport vositalari yordamida tozalash va saralash punktlariga olib boriladi.
Maxsus platformalar
turli qurilmalar bilan jihozlangan bo‗lib,
qator qilib
ekilgan past, o‗rta va baland bo‗yli mevazor bog‗larda ishlatishga mo‗ljallangan.
Bunday platformalar (3.6-rasm) ishchilar turadigan maxsus joylar va mevalar
solinadigan yashiklar turadigan platformalar bilan jihozlangan. Maxsus joylar ikkita
silindrlar bilan gorizontal holatda ko‗tarish yoki tushirish mumkin.
Platformaga
gidrotizimli zanjirli konveyer o‗rnatilgan.
Meva to‗ldirilgan konteynerlar saqlash omborlariga tashiladi va tushirib
olinadi. Bo‗shagan konteynerlar qayta joylashtiriladi. So‗ngra ular dalaga olib
boriladi va mevazor bog‗lar qatorlari orasiga qo‗yib chiqiladi.
Texnik qayta ishlov berishga mo‗ljallangan yoki tezda iste‘mol qilinadigan
mevalar
esa maxsus yig‗ish kombaynlari bilan yig‗ib olinadi.
To‗liq mexanizatsiyalash vositalari mevalarni terib olish usullariga qarab ikki
turga bo‗linadi: erga to‗kilgan va daraxt shoxidagi mevalarni yig‗ishtirib
olish
usullaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: