A k a d e m n a s h r



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/47
Sana23.06.2021
Hajmi1,31 Mb.
#99484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Qiziqarli matematika

5


2-BOB

QIZIQARLI JUMBOQLAR 

MAMLAKATIDA

Hoshimjon  kundaligiga  matematika o'qituvchisi tomonidan  nav- 

batdagi  «ikki»  baho  qo‘yayotganida  o'ylanib  qoldi:  «Shu  matema­

tika  deganlarining  nimasi  qiziq  ekan-a?  Yana  fanlar  shohi  emish. 

0 ‘rgildim ko'rsatgan karomatingdan.  Menga qolsa, jismoniy tarbiya 

fanini  fanlarning  haqiqiy  podshohi  deb  e’lon  qilardim.  O-o,  maza 

qilib  koptok  tepish  qayda-yu,  xonada  zerikib,  og'rimagan  aziz 

boshingni og'ritib,  misol-masalaga javob  izlash  qayoqda?»

Shu  kuni  ham  Hoshimjon  har  doimgidek  ertaga  ota-onasining 

••-hrochichiari  ЬдпИя  o'oituvchisiaa  va’da  berdi. 

Maktabda  gap  eshitaverib  charchagan  Hoshimjon  uyga  kelishi  bi­

lan sumkasini  bir burchakka  uloqtirib,  darrov uxlab qoldi...

Shu  uxlaganicha qahramonimiz bir payt zax,  notanish,  qorong'i 

va  sovuq  xonada  uyg'ondi.  Kapalagi  uchgan  Hoshimjon  tura  solib 

xonaning  qulflab  qo'yilgan  qalin  temir  eshigini  ura  ketdi.  Shunda 

eshik sharaqlab ochildi-yu soqchi ko'rindi.  U  Hoshimjonning qoliga 

zanjir urdi-da,  «Ortimdan yur!» -  deya  buyruq  berdi.

Keng  va  hashamatli  xonada  uni  yorug*  yuzli,  o'tkir  nigohi  ko‘z- 

oynaklari ortidan  ham sezilib turgan  kishiga  ro'para qilishdi.

-  Salom, aziz bolajonim. Xush kelibsan. Qani, gunohingni o'zing 

bilasanmi? -  deya qarshiladi  u  Hoshimjonni.

-   Qanaqa  gunoh?  Men,  axir,  darSlarini  o‘z  vaqtida  tayyorlay- 

digan,  odobli  o'quvchi  bo'lsam.  O'zi  qayerga  kelib  qoldim,  siz kim- 

siz,  nima  uchun  bu  yerdaman?  -   savollarni  qalashtirib  tashladi 

qahramonimiz.

-  Eshitishimga qaraganda,  sen matematika fanini kamsitib, yer- 

ga  urarmishsan.  Bu  fandan  har  kuni  «ikki»  baho  olib  o'qituvchi- 

laringning  ham  joniga  tegarmishsan.  Shuning  uchun  biz  seni  sud 

qilgani  Bilimiston  mamlakatining  Matematika  akademiyasiga  olib 

keldik.  Men  Bosh  akademik  bo'laman.  Aytgancha,  sening  isming



6


Hoshimjon,  baholaring  qoniqarsiz,  doimo  sehrli  qalpoqcha  topib 

olib a’lochi  bo'lib  ketish  umidida yurasan,  shundaymi?

-  Bu g'irt yolg'on, tuhmat.  Meni ko'rolmaydigan a’lochi... yo‘g‘-e, 

ikkichi  sinfboshimiz  Ra’noxonning  yolg‘on  gapi  bu.  Men  maktab- 

ning  yugurish,  sakrash,  suzish,  cho'milish,  futbolshunoslik,  gand- 

bologiya,  tennisologiya  kabi  barcha  fanlaridan  «a’lo»ga  o‘quvchi 

Hoshimjon  bo'laman.

-   Shundaymi?  Unda  yaxshi,  -   dedi  Bosh  akademik.  -   Lekin, 

baribir,  men  seni  sud  qilish  uchun  qoralovchilarni  chaqirib  qo'y- 

ganman-da.  Mayli, ularning ham oldida o‘z bilimingni namoyish qila 

olsang  ozodsan,  yo'qsa,  holingga  voy...  Ketishing  mumkin,  ertaga 

ertalab sud zalida  ko'rishamiz.

Hoshimjon  ertalabgacha:  «Endi  nima  bo'ladi?  Savollarga 

qanday  javob  beraman?  Javob  berolmasam-chi?»  -   deya  o'ylab 

chiqdi.

«Sud  zali  deganlari  o'zimizning  direktoming  xonasiga  o'xshar- 

kanmi?  -   o'yladi  Hoshimjon  uni  bu  yerga  keltirishgan  mahalda.  -  

Faqat undan  ko'ra  kengroq va...  eng  asosiysi,  direktor yo‘q!»

Lekin sud zaliga yig‘ilgan hamma qo'li bilan Hoshimjonni ko'rsa- 

tar  va  Dir  mmaiar  aeD  picmnasnarai.  bnunaa  uiarmng  Dari  maie- 

matika  ustoziga  o'xshash  qiyofalar  ekanini  Hoshimjon  sezib  qol­

di.  lining  kallasiga  kutilmaganda  «Hamma  matematiklar  bir-biriga 

o'xshaydi  yoki  bular  matematika  fanidan  dars  beradigan  ustozim- 

ning  qarindoshlari»  degan fikr keldi.

-  0 ‘rtoqlar! Tinchlaning,  sudni  boshlaymiz,  -  dedi  Bosh  akade­

mik.  -   Har  kim  navbati  bilan  ayblanuvchiga  o'zi  o‘ylab  topgan  yo- 

xud  o‘qigan jumboqlaridan  birini  aytsin.  Men  esa  bosh  hakam  bo‘- 

laman.


-  Agar jumboqlar  ichida  algebra  yoki  geometriya  bo'lsa,  men 

javob  bermayman,  -   dedi  Hoshimjon.  -   Savollar  matematikadan 

bo'lsin.

Zalda gurra  kulgi  ko'tarildi.

-   Tinchlaning!  -   dedi  Bosh  akademik  zalga  qarab.  -   Biz  bu 

yerda  o'tirganlardan  algebrani  ham,  geometriyani  ham  ishlatmas- 

liklarini  iltimos  qilamiz.  Basharti  juda  sodda  bo'lsa,  boshqa  gap. 

Ayblanuvchi  qarshi emasmi?

-  Unday bo'lsa,  mayli.  Sodda savollarga javob topish qiyin  bo'l­

sa  ham,  urinib ko'raman, -  dedi  Hoshimjon.

-  Juda yaxshi!  Unda  boshlang!


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish