16 baravar va 32 baravar bo'lgan chaqalarni olib chiqqandi.
g bo'lib, diametri 10,5 sm atrofida edi.
Shu choqqacha lashkarboshiga marhamat bilan qarab kelgan
imperator endi o'zining shodligini yashirmadi. U lashkarboshining
12 marta qatnaganini, ammo xazinaxonadan hammasi bo'lib atigi
2000 dan sal ortiqroq mis chaqa olib chiqqanini ko'rdi.
O'n uchinchi kuni botir Terensiy 4096 ta rasmana chaqaga
baravar keladigan bitta katta chaqani olib chiqdi. Uning diametri 34
sm, og'irligi 20,5 kg edi.
O'n to'rtinchi kuni Terensiy xazinaxonadan olib chiqqan tanga-
ning og'irligi 41 kg va diametri 42 sm ga yaqin edi.
- Charchamadingmi, pahlavonim Terensiy? - deb so'radi im
perator kulgisini zo'rg'a bosib.
- Yo'q, shohim, - deb javob berdi lashkarboshi peshona terini
arta turib.
O'n beshinchi kun keldi. Bu gal Terensiyning yuki og'ir edi. U 16
384 chaqadan quyilgan kattakon mis brassni ko'targancha impera
tor huzuriga zo'r-bazo'r yurib kelardi. Bu tanganing diametri 53 sm,
og'irligi 80 kg, ya’ni baquwat bir askar og'irligiga teng edi.
0 ‘n oltinchi kunga kelganda lashkarboshi yelkasidagi yukning
oq'irliqidan gandiraklab qoldi. Yuk 32 768 ta rasmana mis chaqaga
teng bo Igan 164 kiiogrammiik uiKan orass
do
iid
, aiamein о/ ыи eui.
Lashkarboshi holdan toyib harsillar, imperator esa unga qarab
iljayardi.
Ertasi kuni Terensiy imperatoming huzuriga kirib kelganida im
perator uni qahqahalar bilan qarshi oldi. U tangani qo'lida ko'tarol-
may g'ildiratib kelardi.
Uning ko'ndalang kesimi (diametri) 84 sm, og'irligi 328 kg bo'lib,
65 536 ta rasmana miss brassga teng edi.
O'n sakkizinchi kun Terensiy uchun boyishining oxirgi kuni bo'ldi.
Bu safar unga 131 072 ta rasmana brassga teng bo'lgan ulkan tan
gani olib chiqish nasib etdi. Uning ko'ndalang kesimi bir metrdan or
tiq, og'irligi 655 kg edi. Terensiy o'z nayzasini dastak qilib ulkan miss
brassni imperatoming qabulxonasiga bor kuchi bilan arang g'ildiratib
kelgandi. Ulkan tanga pul imperator oyog'i ostiga gumburlab tushdi.
Terensiy butunlay holdan toygandi.
- Darmonim quridi... bas, - deb pichirladi u.
Imperator o'z hiylasining muvaffaqiyatli chiqqanidan zavqlanib, o'zi-
ni kulgidan bazo'r to'xtatib qoldi. U xazinachiga Terensiyning hammasi
bo'lib qancha brass olib chiqishga erishganini hisoblashni buyurdi.
Xazinachi topshiriqni bajarib bo'lib, dedi:
36
-
Shohim, sening soyayi davlatingda pahlavon sarkardang Te
rensiy mukofotga 262 143 mis brass oldi.
Shunday qilib, xasis imperator lashkarboshi Terensiyga u so'ra-
gan bir million dinoming qariyb 20 dan bir ulushini berdi, xolos.
★
*
*
Biz xazinachining qilgan hisobini, shu bilan birga, olib chiqilgan
tanga pullar vaznini ham tekshirib ko'ramiz. Terensiy olib chiqqan
brasslar:
Do'stlaringiz bilan baham: