A k a d e m I ya trasologik ekspertiza


Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasining



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/126
Sana31.12.2021
Hajmi1,77 Mb.
#252348
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126
3. Izlar kartotekasi va axborot-ma’lumot kolleksiyasining  
rivojlanish istiqbollari 
 
Buzish qurollari, poyafzal izlari (podosh) va avtotransport vositalari 
shinalarining qoplamalari izlar kartotekasidan foydalanish, jinoyatlarni 
tergov qilish va ochishda yordamchi ma’lumot hisoblarini qo‘llash 
samaradorligi pastligicha qolmoqda. Hattoki iz hosil qiluvchi 
obyektlarning nisbatan uzoq davom etmaydigan identifikatsion davrini o‘z 
ichiga oluvchi obyektiv mavjud sabablarni, identifikatsiya uchun yaroqli 
izlar miqdorining nisbatan katta emasligini hisobga olganda ham ushbu 
turdagi kriminalistik hisobning samaradorligi asossiz pastdir. 
Ushbu yo‘nalishda, mohiyatiga ko‘ra an’anaviy bo‘lgan bir qator 
o‘zaro bog‘liq muammolarni hal qilish talab etiladi. Bular: 
– hisob olib boriladigan bo‘linmalarning tashkiliy tuzilishi va faoliya-
tini takomillashtirish; 


 318 
– hisob yuritilishi va jinoyatlarni tergov qilish hamda ochishda ular 
yordamida olinadigan qidiruv hamda dalil bo‘lib xizmat qiladigan 
ma’lumotlardan foydalanishni huquqiy tartibga solinishini yo‘lga qo‘yish; 
– hisoblarning ishlashi uchun ilmiy-metodik va texnik ta’minotini 
yaxshilash; 
–tergovchilarning, surishtiruv organlari xodimlarining, kriminalist-
mutaxassislarning kriminalistik tayyorgarlik darajasini oshirish . 
Qayd etish lozimki, xizmatlar va bo‘linmalar orasidagi axborot ta’mi-
notiga tegishli elementar tashkiliy masalalar ishning sifatli bajarilishiga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Izlari izlar kartotekasida joylashgan jinoyatlarning 
ochilganligi to‘g‘risida ekspert-kriminalistik bo‘linmalarning xabardor 
qilinmasligi, ular massivida ko‘plab ishlangan ma’lumotlarning to‘planib 
qolishiga olib keladi. Bu massivlarning sezilarli darajada ortib ketishiga, 
o‘z navbatida, tekshiruv o‘tkazish muddatlarining cho‘zilishiga olib keladi. 
Tashkillashtirish borasidagi masalalar ham to‘liq hajmda o‘z yechimini 
topmagan. Hozirga vaqtgacha tabiiy ravishda, aslidan olinib yig‘iladigan 
kolleksiyalar va kataloglar tashabbuskorlik asosida yaratilmoqda. 
Tashkillashtirish borasidagi masalalarni rejali asosda hal etish, 
kriminalistikaga informatsion texnologiyalarni joriy etish, hisoblarni 
avtomatlashtirishga mo‘ljallangan maxsus dasturlarni yaratish ma’lumotlar 
bazasini yaratish va undan foydalanish bo‘yicha ishlarning samaradorligi 
va tezkorligini bir qadar oshiradi. 
Hamma joyda kriminalistik hisoblarning bir xil tashkiliy-metodik 
ta’minotining ta’minlanishi istiqbolda yagona informatsion tizim 
yaratilishiga imkon yaratadi. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishda birinchi 
qadamlar qo‘yildi, ko‘pgina ishlar qilinmoqda. Ba’zi bir yordamchi 
ma’lumot hisoblarini avtomatlashtirish uchun bir qator Avtomat-
lashtirilgan informatsion qidiruv sistemasi (AIPS) lar yaratilgan, o‘z 
massivida poyafzal izlari (podosh) tavsiflarini saqlovchi «Poyafzal» 
(«Obuv») shular jumlasidandir. Avtotransport vositalari shinalarining 
qoplamalari izlari bo‘yicha identifikatsiya qilish va guruhiy tegishliligini 
aniqlash uchun tizim ishlab chiqilgan. 
Poyafzal izlari va boshqa obyektlarning trasologik xarakterdagi krimi-
nalistik hisoblarini avtomatlashtirishda matematik metodlardan foydala-
nish imkonini beruvchi yo‘nalish ko‘rib chiqilmoqda. 
Barcha identifikatsiyaviy belgilar koordinatlar setkalari yordamida 
raqamda ifodalangan tarzda taqdim etilishi mumkin: tag charim (podosh) 
materialining relyefli (bo‘rtirib ishlangan naqshli) rasmi elementlari, 
poyafzalning ishlatilishi va ta’miri belgilari va hokazo. EHMni qo‘llash 


 319 
asosida taklif etilayotgan kodli tizim (matematik ishlanma) poyafzal izlari 
bilan ishlashda ochilmagan jinoyatlar joyidan olingan poyafzal izlari 
kriminalistik hisoblarini avtomatlashtirish yo‘llarini ochib beradi. 
Profilogramlarni qo‘llagan holda trassalar tadqiqoti masalasi 
dolzarbligicha qolmoqda. 
Hozirgi vaqtda muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan 
obyektlarni ekspert muassasalarida qayd etish uchun, ularning tasvirlarini 
keyin tekshirish maqsadi bilan, optik ma’lumotlarni raqamli qayd etish 
tizimi qo‘llaniladi. 
Optik kriminalistik ma’lumotlarni sifatli qayd etish uchun, imkoni 
boricha, kasbga oid (professional) raqamli fotokameralar va proyeksion 
skanerlarni qo‘llash zarur. Bugungi kunda video tasvirlarni kompterga 
kiritish imkoniyatlari vujudga keldi. 
Tegishli apparaturalarning mavjudligi sharoitida texnologiyalarning 
ma’lumotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri joylarda yuqori sifatli ma’lumotlar bazasini 
yaratish imkonini beradi, ularni doimiy ravishda yangi ma’lumotlar bilan 
to‘ldirib turadi. Masalan, bu muayyan joyda sotuvga kelib tushgan 
poyafzal, avtomobil pokrishkasi partiyasi elementlarining tasviri bo‘lishi 
mumkin va hokazo. 
Jinoyatchilikning rivojlanish sur’ati va tuzilishi hisob ma’lumotlari 
hajmining o‘sishini shart qilib qo‘yadi. Ko‘rinib turibdiki, yaqin yillarda egalari 
tezkor qiziqish uyg‘otuvchi avtomobillar shinalari qoplamalari izlarining tasviri 
tushirilgan ma’lumotlar bazasini yaratish zarurati vujudga keladi. Ushbu 
me’yor shubhasiz kerak, chunki turli ko‘rinishdagi jinoyatlarning asosiy qismi 
avtotransportdan foydalangan holda amalga oshiriladi. 
Keyingi ishlarda avtomatlashtirish vositalari, hisoblash texnikasi, optik 
ma’lumotlarni qayd etish vositalarining yangi avlodidan foydalanish, ularga 
qayta ishlov berish orqali, avvalo, kelajakda ekspert-kriminalistlarning ish 
joylarida yagona hududiy yopiq tarmoq bo‘lishi lozimligini talab qiladi. 
 

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish