A k a d e m I y a axborot xavfsizligi


 Axborot muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/75
Sana01.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#286078
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

 
5.2. Axborot muhofaza qilish sohasida litsenziyalash va 
sertifikatsiyalash 
 
O‘zbekiston  Respublikasining  2000-yil  25-maydagi  «Faoliyatning 
ayrim  turlarini  litsenziyalash  to‘g‘risida»gi  71-II-sonli  Qonuni
1
  turli 
                                           
1
 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – Т., 2000. 
–№5-6. – 142-м. 


 
98 
faoliyat  sohasida  litsenziyalashni  amalga  oshirish  bo‘yicha  asosiy  hujjat 
hisoblanadi. 
Ushbu  qonunning  3-moddasida  quyidagi  asosiy  tushunchalar 
keltirilgan: 
litsenziya  –  litsenziyalovchi  organ  tomonidan  yuridik  yoki  jismoniy 
shaxsga  berilgan,  litsenziya  talablari  va  shartlariga  so‘zsiz  rioya  etilgani 
holda  faoliyatning  litsenziyalanayotgan  turini  amalga  oshirish  uchun 
ruxsatnoma (huquq); 
faoliyatning  litsenziyalanayotgan  turi  –  O‘zbekiston  Respublikasi 
hududida  amalga  oshirilishi  uchun  litsenziya  olish  talab  qilinadigan 
faoliyat turi; 
litsenziyalash  –  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  arizani  topshirish  va 
ko‘rib chiqish, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish, 
shuningdek  uni  bekor  qilish  va  qayta  rasmiylashtirish  jarayoni  bilan 
bog‘liq tadbirlar kompleksi; 
litsenziya  talablari  va  shartlari  –  faoliyatning  litsenziyalanayotgan 
turini  amalga  oshirayotganda  litsenziat  tomonidan  bajarilishi  majburiy 
bo‘lgan, qonun hujjatlarida belgilangan talablar va shartlarning majmui; 
litsenziyalovchi organlar – qonun hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni 
amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organlar; 
litsenziat  –  faoliyatning  litsenziyalanadigan  turini  amalga  oshirish 
litsenziyasi bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
litsenziyalar  reyestri  –  berilgan,  to‘xtatib  turilgan,  qayta  tiklangan, 
qayta  rasmiylashtirilgan,  bekor  qilingan  litsenziyalar,  shuningdek  amal 
qilishi tugatilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 
litsenziyalovchi organlarning ma’lumotlar bazalari majmui. 
Litsenziyalash  sohasini  davlat  tomonidan  tartibga  solishni  ushbu 
qonunning  4-moddasiga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi hamda litsenziyalovchi organlar amalga oshiradi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  vakolatlari  jumlasiga 
quyidagilar kiradi (5-modda): 
–  litsenziyalovchi  organlarni  va  faoliyatning  ayrim  turlarini 
litsenziyalash  tartibini  belgilash,  qonunda  nazarda  tutilgan  hollar  bundan 
mustasno; 
–  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  litsenziyalar  reyestrini  yuritish 
tartibini belgilash; 
–  faoliyatning  ayrim  turlarini  litsenziyalash  sohasidagi  qonun 
hujjatlariga litsenziyalovchi organlarning rioya etishlarini nazorat qilish; 
– litsenziyalashning ayrim turlarini amalga oshirish. 


 
99 
Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi 
(6-modda): 
–  faoliyatning  ayrim  turlarini  qonun  hujjatlariga  muvofiq 
litsenziyalash; 
–  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  faoliyatning  tegishli  turlarini 
litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash; 
–  litsenziya  talablari  va  shartlariga  litsenziatlar  rioya  etishini  nazorat 
qilish; 
– litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish; 
– litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash; 
– litsenziyalarning amal qilishini tugatish; 
– litsenziyalarni bekor qilish; 
– litsenziyalar reyestrini yuritish. 
Faoliyatning  litsenziyalanadigan  turlari  jumlasiga  (7-modda)  amalga 
oshirilishi  fuqarolarning  huquqlari  va  qonuniy  manfaatlariga,  sog‘lig‘iga, 
jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib 
turilishi litsenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin 
bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi. 
Amalga  oshirilishi  uchun  litsenziya  talab  qilinadigan  faoliyat  turlari 
qonunlar bilan belgilanadi. 
Litsenziya  olish  uchun  litsenziya  da’vogari  tegishli  litsenziyalovchi 
organga quyidagilarni taqdim etadi (14-modda): 
–  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  ariza  –  unda:  yuridik  shaxs  uchun  – 
yuridik  shaxsning  nomi  va  tashkiliy-huquqiy  shakli,  joylashgan  yeri 
(pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob 
raqami;  jismoniy  shaxs  uchun  –  familiyasi,  ismi  va  otasining  ismi, 
fuqaroning  shaxsini  tasdiqlovchi  hujjatning  ma’lumotlari;  yuridik  yoki 
jismoniy 
shaxs 
amalga 
oshirishni 
mo‘ljallagan 
faoliyatning 
litsenziyalanayotgan turi (uning bir qismi), shuningdek qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda faoliyatning mazkur turi; 
–  yuridik  shaxslar  uchun  –  yuridik  shaxs  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; 
jismoniy  shaxslar  uchun  –  yakka  tartibdagi  tadbirkor  davlat  ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; 
–  litsenziyalovchi  organ  litsenziya  da’vogarining  arizasini  ko‘rib 
chiqishi  uchun  litsenziya  da’vogari  yig‘im  to‘laganligini  tasdiqlovchi 
hujjat; 
– faoliyatning ayrim turiga litsenziya olish uchun qo‘yiladigan talablar 
va  shartlarni  litsenziya  da’vogari  bajarishi  mumkinligini  tasdiqlovchi 
hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan boshqa hujjatlar. 


 
100 
Litsenziya  da’vogarining  arizasini  barcha  zarur  hujjatlar  bilan  birga 
olgan  kundan  e’tiboran  o‘ttiz  kundan  oshmagan  muddat  ichida 
litsenziyalovchi  organ  namunaviy  (oddiy)  litsenziya  berish  haqida  yoki 
berishni  rad  etish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi  va  litsenziyalovchi  organ 
litsenziya  da’vogarini  qabul  qilingan  qaror  to‘g‘risida  uch  kun  ichida 
xabardor qilishi shart (16-modda). 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish