A k a d e m I y a axborot xavfsizligi



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana01.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#286078
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

V asrda Rim imperiyasining yemirilishi fan va san’at, shular qatorida 
kriptografiya  rivojlanishining  to‘xtashiga  sabab  bo‘ldi.  U  paytlarda 
cherkov  maxfiy  belgilar  bilan  yozilgan  xatni  ta’qib  qilgan  va  uni 
afsungarlik va jodugarlik deb hisoblagan. Chunki ma’lumotlarni shifrlash 
cherkov tomonidan ularni nazorat qilish imkonini bermas edi.  
Fransuz  rohibi  va  faylasufi  R.Bekon  (1214–1294)  maxfiy  yozuvning 
yettita  tizimini  bayon  etgan.  U  davrlarda  ko‘pgina  shifrlar  ilmiy 
axborotlarni yashirish uchun qo‘lla nilgan.  
XV  asrning  ikkinchi  yarmi.  Vatikanda  ishlagan,  arxitektor  va 
matematik, shifrlar to‘g‘risidagi kitob muallifi Leon Batista Alberta ikkita 
konsentrik  aylana  asosida  almashtirish  shifrini  bayon  qilgan.  Birinchi 
aylanaga  ochiq  matnning  alfaviti  joylashtirgan  bo‘lsa,  ikkinchisiga 
shifrlovchi  alfavit  yozilgan.  Bu  shifrlovchi  alfavitdagi  harflar  ketma-ket 
joylashtirilmagan.  Matnda  harflarning  turli  darajada  qaytarilish 
xususiyatini  Alberta  birinchi  bo‘lib  shifrni  yechish  uchun  qo‘llagan. 
Shuningdek,  shifrlashning  mustahkamligini  oshirish  uchun  boshqa 
shifrlash tizimlari yordamida qayta shifrlashni taklif etgan.  
Tarixdan ma’lumki, 1546-yilda Fransiya qiroli Fransisk I fuqarolariga 
shifrlashni taqiqlovchi farmon e’lon qilgan. Vaholanki, u davrdagi shifrlar 
oddiy bo‘lishiga qaramay, ularni ochib bo‘lmas edi.  
Germaniyalik  Iogann  Tritemiy  (1462–1516)  kriptografiya  bo‘yicha 
birinchi  darsliklardan  birini  yozgan.  «Ave  Maria»  deb  nomlangan  ko‘p 
qiymatli  almashtirishli  original  shifrlashni  taklif  etgan.  Ochiq  matnning 
har bir harfi shifrlovchining tanlovi bo‘yicha bir emas, bir nechta harflarga 
almashtirilishi  mumkin  bo‘lgan.  Bunda  harflar  harf  yoki  so‘zlar  bilan 
shunday  almashtirilganki,  natijada  psevdomatn  hosil  bo‘lgan.  ko‘p 
qiymatli almashtirish usulidan hozirgi kunda ham foydalaniladi (masalan, 
ARJ arxivatorida).  
Italiyalik matematik, mexanik, vrach Djirolamo Kardano (1506–1576) 
Kardano panjarasi deb nomlangan shifrlash tizimini ixtiro qilgan. Ikkinchi 
jahon  urushi  vaqtida  Buyuk  Britaniya  harbiy-dengiz  qo‘shinlarining 


 
60 
mustahkam  shifrlaridan  biri  shu  tizim  asosida  yaratilgan.  Panjaralar 
chizilgan  karton  bo‘lagida  ixtiyoriy  tartibda  nomerlangan  teshikchalar 
qilingan. Shifrlangan matnni hosil qilish uchun, karton bo‘lagini qog‘ozni 
ustiga  qo‘yib,  kartonning  teshiklari  bo‘lgan  joylariga  tanlangan  tartibda 
harflar  yozib  chiqilgan.  Karton  olib  tashlangandan  so‘ng,  yozilgan 
harflarning oralari psevdomazmunli jumlalar bilan to‘ldirilgan, shu orqali 
shifrlangan xabar yaratilgan. Agar harflar orasidagi masofalar katta bo‘lib, 
so‘zlar  uzunligi  kichik  bo‘lsa  (masalan  ingliz  tilidagi  so‘zlar),  yashirish 
oson amalga oshirilgan.  
XVI  asr.  Almashtirish  shifrlari  matematik  Djovanni  Batista  Port  va 
diplomat Bleza de Vijiner ishlarida o‘z rivojini topdi. Vijiner tizimi u yoki 
bu ko‘rinishda hozirgi paytda ham qo‘lla nilmoqda.  
XVII  asr.  Fransiya  qiroli  Lyudovik  XIII  huzuridagi  vazir  kardinal 
Rishelye dunyoda birinchi bo‘lib shifrlash xizmatini tashkil etgan.  
Lord  Frensis  Bekon  (1562–1626)  birinchi  bo‘lib  harflarni  5  qiymatli 
ikkilik kod bilan belgilagan: A= 00001, V =00010, ... va hokazo. Bekon bu 
kodlarga  qayta  ishlov  bermagan,  shuning  uchun  bunday  yashirish  usuli 
mustahkam  bo‘lmagan.  Uch  asrdan  so‘ng,  bu  kodlash  tamoyili  elektr  va 
elektron aloqada asos qilib olindi. Bunda Morze va Bodo kodlarini, 2-sonli 
xalqaro telegraf kodini, ASCII kodini, eslash ham o‘rinli, chunki ular ham 
oddiy almashtirish asosida yaratilgan.  
XVII  asrda  lug‘atli  shifrlar  ixtiro  etilgan.  Shifrlashda  ochiq  matn 
harflari ikkita son bilan belgilangan. Bunda keng tarqalgan kitoblardan biri 
olinib, shifrlanuvchi harf kitobning ma’lum betidagi qator nomeri va harf 
nomeriga almashtirilgan. Bu tizim mustahkam shifrlash usuli hisoblanadi, 
lekin  undan  foydalanish  qulay  emas.  Shu  bilan  birga,  kitob  raqib  qo‘liga 
tushib qolishi ehtimolidan holi emas.  
Ma’lumki,  kriptografik  vositalar  hozirgi  vaqtgacha  asosan  davlat 
sirlarini himoya qilishga qaratilgan edi, shuning uchun bu vositalar maxsus 
organlar  tomonidan  yaratilgan.  Bunda  yuqori  kriptomustahkamlikka  ega 
bo‘lgan kriptotizimlar qo‘lla nilgan, bu esa katta xarajatlarni talab qilgan. 
Oxirgi  yillarda  ma’lumotlarni  kriptografik  o‘zgartirishning  yangi  usullari 
intensiv  ishlab  chiqilmoqda,  ular  an’anaviy  qo‘lla  nishiga  qaraganda 
kengroq sohalarga tatbiq etilmoqda. 
Avtomatlashtirilgan tizimlarda ma’lumotlar himoyasining kriptografik 
usullari  hisoblash  texnikasi  vositalarida  qayta  ishlanayotgan  yoki  har  xil 
turdagi saqlash qurilmalarida saqlanayotgan ma’lumotlarni himoyalashda, 
shuningdek  aloqa  liniyalari  orqali  tizim  elementlariga  uzatilayotgan 
ma’lumotlarni  himoyalashda  qo‘lla  niladi.  Hozirgi  vaqtda  ko‘plab  har  xil 


 
61 
shifrlash usullari ishlab chiqilgan va ularni qo‘lla shning nazariy va amaliy 
asoslari yaratilgan. 
Axborot tizimlarida kriptografik usullar keng qo‘lla nilmoqda. Chunki 
kompyuter  tarmoqlari,  jumladan  Internet  jadal  rivojlanmoqda.  Tarmoq 
orqali  davlat,  harbiy,  tijorat  va  xususiy  tasnifga  ega  katta  hajmdagi 
ma’lumotlar  uzatilmoqda.  Bu  ma’lumotlarga  begona  shaxslarning  kirishi 
mumkin emas. Shu bilan birga, yuqori quvvatli kompyuterlarning, tarmoq 
va  neyron  hisoblash  texnologiyalarining  paydo  bo‘lishi  avval  o‘ta 
mustahkam, amalda yechimi yo‘q deb hisoblangan kriptografik tizimlarni 
obro‘sizlantirdi.  Bu  esa  zamonaviy  kriptografik  usullardan  foydalanish 
o‘ta dolzarb ekanligini anglatadi. 
Zamonaviy  kriptografiya  axborot  xavfsizligining  konfedensiallik

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish