A k a d e m I y a axborot xavfsizligi


 Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari



Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/78
Sana11.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#350251
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
344360.5yf0wk4bzs

1.2. Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari 
 
Axborotni  muhofaza  qilishning  maqsadi  va  konseptual  asoslari.
 
Umuman  olganda 
axborotni  muhofaza  qilishning  maqsadini 
quyidagicha 
ifodalash mumkin:  
– axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini 
oldini olish;  
– shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish;  
–  axborotni  yo‘q  qilish,  modifikatsiyalash,  buzish,  nusxa  olish, 
blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish;  
– axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning 
boshqa  shakllarini  oldini  olish,  hujjatlashtirilgan  axborotga  shaxsiy  mulk 
obyekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash;  
–  axborot  tizimida  mavjud  bo‘lgan  shaxsiy  ma’lumotlarning 
maxfiyligini  va  konfedensialligini  saqlash  orqali  fuqarolarning 
konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash;  
– davlat  sirlarini  saqlash,  qonunchilikka  asosan  hujjatlashtirilgan 
axborotlar konfedensialligini ta’minlash;  
– axborot  jarayonlarida  hamda  axborot  tizimlari,  texnologiyalari  va 
ularni  ta’minlash  vositalarini  loyihalash,  ishlab  chiqish  va  qo‘llashda 
subyektlarning huquqlarini ta’minlash.  
Axborotni  muhofaza  qilishning  samaradorligi  uning  o‘z  vaqtidaligi, 
faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini 
kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli 
kanallarni  yo‘q  qilishni  ta’minlaydi.  Ma’lumki,  birgina  ochiq  qolgan 
axborotni  tarqab  ketish  kanali  butun  himoya  tizimining  samaradorligini 
keskin kamaytirib yuboradi. 
Axborotni  muhofaza  qilish  sohasidagi  ishlar  holatining  tahlili  shuni 
ko‘rsatadiki,  muhofaza  qilishning  to‘liq  shakllangan  konsepsiyasi  va 
tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: 
– sanoat  asosida  ishlab  chiqilgan,  axborotni  muhofaza  qilishning  o‘ta 
takomillashgan texnik vositalari; 
– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarning mavjudligi; 
– ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; 
– yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar. 
Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan jinoiy 
harakatlar  kamayib  borayotgani  yo‘q,  aksincha  barqaror  o‘sish 
tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda. 


 
12 
 
 
 
 
 
 
Himoyalangan  axborotga tahdidlar  tushunchasi  va uning tuzilishi. 
Umumiy 
yo‘nalishga 
ko‘ra 
axborot 
xavfsizligiga 
tahdidlar 
quyidagilarga bo‘linadi: 
– O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va 
axborot  faoliyatida  fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va 
erkinliklariga tahdidlar; 
–  mamlakatning  axborotlashtirish,  telekommunikatsiya  va  aloqa 
vositalari  industriyasini  rivojlanishiga,  ichki  bozor  talablarini 
qondirishga,  uning  mahsulotlarini  jahon  bozoriga  chiqishiga, 
shuningdek  mahalliy  axborot  resurslarini  yig‘ish,  saqlash  va  samarali 
foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; 
–  Respublika  hududida  joriy  etilgan  hamda  yaratilayotgan  axborot 
va  telekommunikatsiya  tizimlarining  me’yorida  ishlashiga,  axborot 
resurslari xavfsizligiga tahdidlar. 
 
 
 

Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish