A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Simfonik uvertyura
Uvertyura -  lotin tilida ochilish, boshlash ma’nolarini bildiradi. 
Uvertyura  musiqali  sahna  asarida  muqaddima  rolini  bajaradi. 
Uvertyura mustaqil asar  sifatida turli cholg‘u  orkestrlar uchun ham 
yaratiladi.  Mustaqil  ravishda  yozilgan  uvertyura  programmali  yoki 
noprogrammali  bo‘lishi  mumkin.  Uvertyura jahon  kompozitorlari- 
ning  ijodlarida janr va  shakl  sifatida  shakllangan.  Asrlar  davomida 
juda  ko‘p  musiqali  sahna  asarlari  uchun  hamda  mustaqil  ravishda 
yaratilgan uvertyuralar mavjud.
0 ‘zbekiston  kompozitorlarining  barcha  avlodlari  ham  ijodiy 
faoliyatlarida,  o‘tgan yillarda  musiqali  sahna  asarlarga va  mustaqil 
uvertyuralar  yaratdilar.  Ulaming  ijodida  programmali  va  nopro- 
grammali,  turli  mavzularda,  xilma-xil,  mustaqil  ravishda yaratilgan 
uvertyuralar  ham  mavjud.  Kompozitorlar  yaratgan  uvertyuralarida, 
asosan, zamonaviy hayotni poyonsiz rang-barangligi, cheksiz xilma- 
xilligi,  tengi  yo‘q  xalq  qudratini  aks  etishga  harakat  qildilar. 
Shuning  uchun  bo‘Isa  kerak,  barcha  mustaqil  ravishda  yaratilgan 
uvertyuralaming  asosiy  mavzusi  zamon  ruhi  bilan  bog'liq,  ya’ni 
hayotni,  ulug'vor  ishlami,  shodiyona  xalq  bayramlarini,  yoshlami 
orzu-umidlarini, jamiyatning  taraqqiyoti  yo'lida  xizmat  qilayotgan
38  lk. Akbarovning  “Shoir  xotirasiga”  va  “Epik  poema”larining  kompakt  diskka  yozilgan  nusxalari 
Konservatoriyaning fonotekasida saqlanmoqda.
39  НС.Янов-Яновская.  «Узбекская  симфоническая  музыка».  Т .,1979  г.  стр.  143-145.  Rus  tilidan  erkin  va 
qisqartirilgan holaida o‘zbek tiliga tajrima qilingan.
122


azamatlaming  obrazlarini,  bugungi  kunning  qiyofasini,  tabiat 
go‘zalIigini  kompozitorlar  uvertyuralarida  tarannum  qildilar. 
Quyidagi kompozitorlaming asarlari bunga yorqin misol bo‘la oladi.
1949-yili  kompozitor  Sulaymon  Yudakov  (1916-1992)  mus- 
taqil 
ravishda 
yaratgan 
“Tantanavor 
uvertyura”si 
musiqa 
shinavandalarining orasida shov-shuvga aylanib ketgan edi.  Bu uch 
qismli  murakkab  shaklda  yozilgan  asar  bir-birini  inkor  qilmagan 
milliy  intonatsiya  ruhida yozilgan  ikki tema rivojlanish jarayonida, 
o‘rta qismida o‘zgarib, qarama-qarshi lirik tema paydo bo‘lishi bilan 
birga, asaming birinchi va oxirgi qismlari  birinchi taktdan to oxirgi 
taktga  qadar  ajoyib  usul  jumlalari,  sinkopalaming  mavjudligi, 
litavra va boshqa urma cholg‘ular sadolari, torli va damli cholg‘ular 
guruhlari  bilan  goh  birlashgan,  goh  ajrashgan  holda  tez  harakatli, 
ko'tarinki  ruhda  yaratilgan  original  musiqa  tantanavor  bayram 
shodiyonalami mukammal ravishda aks etadi. Kompozitor  1965-yili 
“Festival  uvertyurasi”,  1972-yili  “Yoshlar  uvertyurasi”  kabi  asar- 
lami  ham  yaratdi.  Mazkur uvertyuralaming har biri tasodifiy emas. 
Ular kompozitoming kasbiy professionallik mahorati  va  o‘ziga xos 
uslubiy  yo‘nalish tufayli,  umumlashgan -  ramziy  musiqiy  obrazlar 
bilan, ajoyib ohangdor musiqiy asarlar yaratdi.
Haqiqatan  ham  S.Yudakov  bu  optimistik  ruhda  yozgan 
uvertyuralarda,  o'zining  qaynab  turgan  ijodiyotida  davr  muhitiga 
bo‘lgan  his-tuyg‘usini,  fikr  munosabatini  ifodalashda,  xalq  musiqa 
merosiga  murojaat  qilmay  original  milliy  musiqa  yarata  olgani 
olqishga sazovordir.
1954-yili  kompozitor  G‘.Qodirov  (1917  -   1985),  Respub- 
likamiz  tashkil  topganining  30  yillik  to‘yonasiga  bag‘ishlab 
“Yoshlik  uvertyura”sini  yaratdi.  Bu  asar  milliy  ohangdorligi, 
quvnoq hayotbaxsh rang-barangligi, lirik alomatlari va ta’sirchanligi 
bilan  ajralib  turadi.  Asar  rivojlovsiz  sonata  allegrosi  shaklida 
yozilgan.  Ekspozitsiyada  yorqin  ohangdor  ko‘tarinki  marshsimon 
harakatli bosh mavzu va  ikkinchi lirik-raqssimon harakatli yondosh 
mavzu  paydo  bo‘ladi.  Bu  ikki  mavzu  orkestming  torli  cholg‘u 
guruhlarida rivojlanadi, orkestming turli tembr sadolarida tovlanadi, 
rivojlovning  o‘miga  yangi  qisqacha  musiqiy  lavha  paydo  bo1 lib, 
ular  reprizada  birlikda  payvand  holatda  jaranglaydi.  Simfonik 
orkestming  fakturasi  nihoyat  darajada  oddiy  va  ixcham  chol-
123


g‘ulashtirilgan.  Mazkur  “Yoshlik  uvertyura”mi  ijobiy  mohiyati 
shundaki, zamonamizni, jo ‘sh  urib turgan davmi  musiqiy sadolarda 
yorqin ifodalaydi.
Ayniqsa  XX  asmi  60-80-yillarda  kompozitorlar  ijodida 
uvertyura janri  muvaffaqiyatli  ravishda  rivoj  topdi.  Kompozitorlar 
zamonamizni  abstrakli  musiqa  sadolarida  ifodalash  jarayonida 
yangi-yangi  murakkab  uslubiy  vositalardan  keng  ravishda 
foydalanib,  badiiy,  yuqori  saviyali  quyidagi  uvertyuralami  musiqa 
shinavandalariga havola qildilar. Bu o‘rinda A.Malaxovning o'zbek 
xalq  kuylari  asosida  yozgan  “Kolxoz  uvertyurasi”  (1962); 
M.Yusupovning milliy koloritli, jadal usullar va ko‘tarinki ruh bilan 
yaratilgan  “Qahramonlik  uvertyura”si  (1963);  0 ‘zbekistonning  40 
yillik  to‘yiga  bag‘ishlangan  A.F.Kozlovskiyning  “Shodiyona 
uvertyura”si  (1964);  T.Qurbonovning  “Shodiyona  uvertyura”si 
(1972);  S.Anvarovning  katta  simfonik  orkestr  uchun  “Uvertyu- 
ra”lari yorqin misol bo‘la oladi.
1977-yili  kompozitor  M.Bofoyev  “Bayram  uvertyurasi”ni 
musiqa shinavandalariga havola qildi. Asar sonata allegrosi shaklida 
yozilgan.  Bu  mukammal  ravishda  milliy  intonatsiya  usullari  bilan 
boyitilgan  original  musiqiy  sadolar  simfonik  orkestming  turli 
cholg‘u  guruhlarida  tovlanib  zamon  ruhini  yaqqol  tarannum  etadi. 
Uvertyura muqaddima  bilan  boshlanadi  va  ajoyib jo ‘sh -  xuruj  tez 
harakatli usul bilan sug‘orilgan bosh partiya kiritiladi.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston kompozitorlari va ulaming 
mustaqil  ijodlari  tufayli  respublikamizda  xilma-xil,  rang-barang, 
milliy ruhda yaratilgan uvertyuralar bunyodga keldi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish