faoliyat
yillarida musiqa o‘quv maskanini vazifasini bajargan.
164
Musiqa san’atining yetuk namoyandalari ustozlik qilib, yosh
kompozitorlar tarbiyalangan. 1933-yili ushbu dargoh Toshkentga
ko‘chiriladi. Va 1939-yildan San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti
maqomiga ega bo‘ladi. Ushbu dargoh o‘zbek musiqashunoslarini
tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etganligini e’tirof etish
lozimdir.
1960-yillarda o‘zbek musiqashunoslik maktabi to‘la
shakllanadi va barcha yo‘nalishlar rivojlanadi. Bunga asosiy sabab
musiqashunoslaming yangi avlodi tarbiyalanib, olimlar qatoridan
joy oladilar.
Jumladan N.Yanov-Yanovskaya,
S.Galistkaya,
S.Zakrijevskaya, L.Koval, E.Solomonova, Yu.Plaxov, A.Karalksiy
va h.k. Musiqashunos I.Rajabovning maqomshunoslik borasida olib
borgan ilmiy tadqiqotlarini alohida e’tirof etish lozimdir. Olimning
manbashunoslikda va maqomshunosiikda olib borgan ishiari
natijasida 1963-yili “Maqomlar masalasiga doir” monografiyasi
nashr etildi. Ushbu amal maqomlar borasidagi yetuk ilmiy manba
sifatida e’tirof etildi.
0 ‘zbek musiqa merosining o‘rganish va tadqiq etish borasida,
musiqashunos olim F.Karomatovning faoliyati alohida sahifa
sifatida o‘zbek musiqashunosligiga kirib keldi. U aw alo o‘zining
tadqiqotlarini olib borish bilan birga, o‘zbek musiqashunoslik
maktabini olib borgan faoliyati respublikada o‘ziga xos nufuzi bilan
o‘zini namoyon etdi. F.Karomatov o‘zbek musiqa merosini
o ‘rganish bo‘yicha bir
qator
ilmiy ishlami amalga oshirishga
muvaffaq bo‘ladi. Uning muharrirligi ostida 1961-1966-yillari
“Shashmaqom” nota yozuvida alohida kitoblar shaklida nashr etildi.
Musiqiy namunalar esa 25 ta plastinkalar ko‘rinishida “Maqom
ansambli” talqinida nashr etildi. F.Karomatovning o ‘zbek folklor
namunalarini antologiyasini nashr etilishi, xalq musiqa merosini
o‘rganishdagi yangi sahifani ochib beradi.
1972-yil F.Karomatov va AJabborovlar tashabbusi bilan
Toshkent davlat konservatoriyasida “Sharq musiqasi” kafedrasi
tashkil etildi. Tez orada ushbu yo‘nalish bo‘yicha maqom ijrochiligi,
ilmiy tadqiqoti va pedagogik muammolar o‘z yechimini topib ilmiy
tadqiqot sarhatlari Sharq mamlakatlari musiqa madaniyati hisobiga
ancha kengaydi. Ushbu soha bo£yicha merosni o‘rganish va ijro
etish hamda ilmiy o‘rganish ishlarida bir qator yutuqlarga erishildi.
165
1978 yildan boshlab Samarqand shahrida (keyingilari 1983,
1987yy.) Xalqaro Musiqashunoslar Simpoziumi o‘tkaziladi va bir
qator Sharq va G‘arb mamlakatlaridan yetakchi olimlar va ijrochilar
kelib “An’ana va zamonaviylik” mavzuida ilmiy anjuman
o'tkaziladi. 0 ‘zbek musiqashunoslik maktabida T.G‘ofurbekov,
R.Abdullayev,
O.Matyoqubov,
A.Hoshimov,
J.Rasultoyev,
A.Jumayev, O.Azimova, R.Yunusov, A.Nazarov kabi olimlar
pleyadasi samarali faoliyatlarini boshladilar. Shu davrga kelib
o‘zbek musiqashunoslik maktadi mutaxassislar tomonidan butun
sharqda eng nufuzli ekanligi e’tirof etilgan edi. (Bu albatta
o‘tkazilgan simpoziumlarda o‘zini namoyon etgan edi).
XX asrning oxirgi yillarida o‘zbek musiqashunoslik maktabi
butun dunyo musiqa san’atining barcha yo'nalishlarida faoliyat olib
boradigan musiqashunoslar bilan ta’minlandi. G'arb musiqasining
klassik, romantik va undan keyingi yo‘nalishlarini tadqiq qiladigan
tarixchi musiqashunoslar tarbiyalandilar va munosib faoliyatlarini
davom ettirmoqdalar.
0 ‘zbek musiqashunoslik maktabida quyidagi musiqashunos
olimlar o ‘z yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli faoliyat olib
bormoqdalar:
1. Musiqa folklorshunosligi bo'yicha deyarli barcha musi
qashunoslar ma’lum darajada ushbu yo'nalishga murojaat etishlari
muqarrar, Chunkt, xalq musiqasi barcha musiqa ijodiyotining
manbai sifatida xizmat qilib kelgan. Xususan - F.Karomatov,
R.Abdullayev, O4 .Toshmatov va h.k.
2. Manbashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha LRajabov an’anasini
davom ettirayotgan musiqashunos olimlar - D.Rashidova,
A.Nazarov, O.Zokirov, A.Jumayev, O.Matyoqubov, I.Dadajonova.
3. Musiqa tarixi yo‘nalishi bo‘yicha risolalar, nota to‘plamlari,
monografiyalar,
tazkiralar bitgan
musiqashunos
olimlar -
F.Karomatov, T.Vizgo, T.G‘ofurbekov, X.G'ofurbekova, A.Naza
rov, Yu.Nosirova, Z.Mirhaydarova, I.Gulzarova, Sh.Ganixanova.
4. Musiqa nazariyasi fanlari bo'yicha - O.Azimova,
F.Muxtarova.
5. Organalogiya
(Cholg‘ushunoslik)
bo'yicha
T.Vizgo,
F.Karomatov, J.Rasultoyev.
166
6. Musiqa ijrochiligi, mumtoz musiqa va maqomshunoslik
bo‘yicha I.Rajabov, O.Matyoqubov, A.Xoshimov, R.Abdullayev,
R.Yunusov, O.Ibrohimov, S.Begmatov, I.Ganiyeva.
7. Musiqali ikonografiya -F.Karomatov.
8. Musiqiy
sharqshunoslik
bo'yicha
—
AJumayev,
I.Ganiyeva.
0 ‘zbek folklorshunoslik fanini rivojlantirishda XIX asr oxiri
va XX asr boshlarida yashab ijod etgan AJEyxgom, N.Mironov,
A.Fitrat, V.Uspenskiy, E.Romanovskaya kabi folklorshunos olim-
laming xizmati katta. Ayniqsa A.Fitratning “0 ‘zbek klassik
musiqasi va uning tarixi” risolasi, V.Uspenskiyning davrining ma
qom bilimdonlari Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos Abdug‘anilardan
yozib olib, 1926-yili nashr etgan “Shashmaqom” nota to‘plamlari
haligacha soha rivoji yo‘lida xizmat qilib kelmoqda. Ulaming
izdoshlari hamda folklor musiqalarini zamonaga mos o‘rganib
rivojlantirgan II .Akbarov, X.Muhamedova, M.Ahmedov, K.F.Kara-
matov kabi olimlar ijodiy faoliyatiiari davomida xalq musiqa
merosini o'rganib ta’lim uchun va ijrochilik mezoni uchun bir qator
kitoblar yaratdilar va musiqachilar uchun nota to‘plamlarini nashr
etdilar. Ulaming ilmiy tadqiqot ishlarining asosida ham bevosita
xalq sozanda va xonandalar bilan muloqotda bo‘lib, ular haqidagi
ma’lumot va amaliyot iste’molda bo‘lgan asarlami yig‘ib, nota
turkumlari ko‘rinishida nashr etish bo‘yicha bir fator amallar amalga
oshirilgan. Ayniqsa, folklorshunoslikka bag‘ishlangan risola va
kitoblar, keyingi davrda ko‘plab yaratilganligini qayd etib o‘tish
lozimdir.
Ma’lumki, har bir sohani o‘zlashtirish o‘tmish an’analarni
idroklash bilan boshlanadi. Ajdodlar ilmiy merosini o‘rganishda
yozma manbalarning ahamiyati kattadir. Manbashunoslik bo‘yicha
yirik tadqiqotlar olib borgan maqomdon I.Rajabov, 0 ‘rta asr
musiqashunos olimlari Kafkabiy, Husayniy, Jomiy, Changiylar
tomonidan yaratilgan bir qator musiqiy risoialami taijima qilib,
monografik asarlarida taqdim etganligini ham qay etish lozim.
Musiqashunoslik sohasining rivojida an’ana tarzida o‘tkazishi
rasm bo‘lgan musiqiy festivallar, simpozium va konferenstiya-
laming ahamiyati buyukdir. Avvalo bu jarayonlar og‘zaki an’analar
bilan tanishish bo‘lsa, ikkinchidan zamonaviy ijod uchun asosiy
167
zaminni yaratish bilan xarakterlanadi. Shu bois xalqaro miqyosda
o‘tkazilish an’anaga aylangan «Sharq taronalari», «Ilhom - XX»,
«Simfonik musiqa» anjumanlari har tomonlama ijobiy ta’sirga
egadir.
Tayanch so‘zlar: musiqashunos, folklorshunos, manbashunos,
musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, organologiya, cholg‘ushunoslik,
ikonografiya, mumtoz musiqa,
Do'stlaringiz bilan baham: |