A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


Dolce f   p  ш  p  0  ... . |Г



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

Dolce
f  
p  ш  p  0  ... .
|Г 

f  Гг-f f т а
ffafr  y-1---|.. ...j..-- ^ ---
»  
pp 
^
 
£ ....
»-
С
tzs_j 

i
t
.^
iT'il'  . Г ' I  L J —  - L J -  
i—j —i
— £ _ T   ■!
Syuitaning 2  - qismi  «Sho‘r k o i  bo‘yida» deb nomlangan.  Bu 
programmali  qismda  erta  tongni  quyosh  nurlari  endigina  atrofni 
yoritayotgan  paytda  bepoyon  cho‘lda  joylashgan  «Sho‘r  ko‘l 
bo‘yida»gi  ajoyib  tabiat  manzarasi  kompozitoming  ko‘z  oldida 
namoyon  bo‘ladi.  Ana  shu  ko‘lning  oynadek  silliq  yuzi jimjidlik, 
asta-sekin  tabiatni  o‘yg‘onish  manzarasi  va  hayotni  osoyishta 
davom  etishi  orkestr  sadolarida,  nihoyatda  nafosatli,  to'laqonli 
darajada  ifodalangan.  Asta-sekin  uzoqdan  eshitilayotgan  xalq  kuyi 
asosiy  mavzu  sifatida  orkestming  turli  cholg‘u  guruhlarida  paydo 
boiadi,  o'zgarmaydi,  faqat  orkestming  dinamik  sadolarini  rivoj­
lanish harakatlari bilan chambarchas  bog'langan holda jaranglaydi. 
Mazkur  kuy  va  tabiat  manzarasi  bilan  birlikda  jaranglaydigan 
musiqa tinglovchini befarq qoldirmaydi.
Syuitaning  3-qismi  “Saltik”  nomli  xalq  cholg‘u  kuyi  asosida 
yaratilgan  “Qoraqalpoqcha  marsh”  deb  ataladi.  Marsh  xarakterli 
musiqa,  butunlay  2-  va 4-qism  musiqalariga kontrast holda jarang­
laydi.
Syuitaning  4-qismi  “Qari  podachi  hikoyasi”  deb  ataladi.  Bu 
qismni  musiqasi  “Teke  nalish”  qayg‘uli  xalq  qo‘shig‘i  asosida 
yaratilgan.  Kompozitor  mungli  kuyni  keng  ravishda  rivojlantirish
115


jarayonida  qari  podachining  xayolidan  o‘tmish  hayotning  mush- 
kulliklari,  iztirobli,  jafo  chekkan  kunlari  orkestr  sado  silsilasida 
namoyon bo‘ladi.
Syuitaning  5-qismi  “Bayram  tongi”  deb  nomlangan  va 
“Nigorim”  xalq  qo‘shig‘i  asosida  yaratilgan.  Syuitani  yuqoridagi 
qismlarga butunlay kontrast sifatida, qizg‘in, ko‘tarinki ruh sadolari 
bilan  sug‘orilgan  musiqa  yangi  zamon  yangi  hayotni  mukammal 
ravishda  ifodalaydi.  Umuman,  A.Kozlovskiy  ijodiy  faoliyatida 
birinchi  marotaba  Qoraqalpoq  xalq  kuylari  asosida  simfonik  asar 
yaratishiga  qaramasdan,  u  ulkan  mahorati  bilan,  xalq  kuylarining 
milliy  xususiyatlarini  chuqur  his  qilgan  holda  shunday  yorqin, 
ta’sirchan asar yaratgan.
Programmali  syuitalar  orasida  kompozitor  B.F.Gienkoning 
“0 ‘zbekistonning  lirik manzaralari”  nomli  olti  qismli  syuitasi  ham 
yorqin  misol  bo‘la  oladi.  1952-yilda  yaratilgan  bu  syuitani 
qismlarini nomlari quyidagicha ataladi:
1. “Tong” (“Утро”).
2. “Dalada qo‘shiq bilan” (“С песней в поле”).
3. “Ariq bo'yida dam olish” (“Отдых у арыка”).
4. “Alla” (“Колыбельная”).
5. “Raqs” (“Танец”).
6. “Oqshom” (Вечер).
Syuitaning  barcha  qismlari  goh  lirik  goh  mayusli,  goh  shid- 
datli,  goh o‘ynoqi, xilma-xil,  rang-barang,  o‘zbek va rus musiqalari 
ohanglari  omixtasi  bilan  sug'orilgan  mavzulaming  rivojlanish 
jarayonida  bir-biriga  kontrastli  nomerlar  bunyodga  kelgan  bo‘l- 
salarda,  yaxlit  ta’sirchan  asar  tinglovchini  qalbini  turli  holatlarda 
to‘lqinlantiradi.
XX  asming  70-80-yillarida  simfonik  syuita  janriga  kom­
pozitorlar  kamroq  murojaat  qildilar.  0 ‘zbek  xalq  cholg‘u  orkestri 
uchun  juda  ko‘p  rang-barang  syuitalar  yaratilgan.  Ushbu  davrda 
simfonik orkestr uchun yaratilgan quyidagi asarlami keltirish mum- 
kin.  Jumladan:  E.Shukrullayevning  “Do'stlik  taronalari”  (1987) 
syuitasi;  F.Nazarovning “Bolalar syuitasi” (1976); T.Qurbonovning 
“Shiroq”  (1983)  syuitasi;  A.Ikromovning  “Shum  bola”  (1993) 
syuitasi; A.Nabiyevning “0 ‘zbekcha syuita”si (1993) va h.k.
116


Xulosa  qilib  aytish  joizki,  XX  asming  50-80-yillarda 
0 ‘zbekiston kompozitorlarining ijodiy faoiiyatlarida simfonik syuita 
janri  keng  ravishda  rivojlandi.  Bunga  yuqorida misol  sifatida  tilga 
olingan  simfonik  syuitalar  dalolat  beradi.  Kompozitorlar  ushbu 
janrda  asarlar  yaratishda  turli  ijodiy  uslublardan  foydalandilar. 
Professionallik  mahoratlari  o‘sdi,  mualliflik  tematizmini  rivojlan- 
tirish  jarayoni  mukammal  ravishda  ravnaq  topdi.  Orkestming 
fakturasini  murakkablashtirish  tufayli  asami  milliylik  ruhi  va 
sadolanish taassurotlarini boyitishga harakat qildilar.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish