Aynan shu sabab kompozitor asami yaratishda subdominanta
guruh akkordidan foydalangan. Buni asaming boshlanishidan
orkestming kirish qismidanoq guvoh bo‘ lish mumkin.
0 ‘zbek xalq musiqasining xususiyatlaridan noturg‘un II, III,
TV, VII pog‘onalari “Tanovar” garmoniyasida ham mavjud. Bunday
usullar garmoniya ifodali xususiyatlarini kengayishiga olib keladi,
uning xalq ladlari tarkibini boyitadi.
Orkestr kirish qismining rivojlanishi poemaning asosiy
qismiga olib keladi. Bu yerda qo'shiqchi “Tanovar” mavzusini ijro
etadi. Unga usul sifatida “re” notasining organ punkti va ko‘chirma
ko£rinishning xususiyatlari xizmat qilgan.
“Tanovar”ning organ punkti nafaqat konstruktiv, balki rang-
bo‘yoq jihatidan ahamiyatga ham ega. Qiyin subdominanta
garmoniyasi, tonika organ punktiga suyangan
holda yarim xususiyat
birlashuvini hosil qiladi. Xromotizm va alteratsiyalar bilan
boyitilgan ijro natijasida o‘zbek folklor tarkibida o‘ziga xos ladlar
boyitilgan.
Poemaning choIg‘u asboblari bo‘limida kompozitor o‘zbek
xalq musiqasidan asoslanib, polifonik imkoniyatlarini rivojlantiradi.
Kuy aylanmali qo‘shiqlardan foydalanib, Kozlovskiy partituraga
imitatsiya, kontrast ovozlar qo‘shgan. Vaqti kelib qo‘shiqchi
yakkaxon duet ichrochiligi va orkestming bitta cholg'usidan tashkil
topgan mavzuni kanon usulda ijro etish vujudga kelgan (masalan
stretta ijroligida yozilgan fagot ozgina o'zgartirilishlar bilan
“Tanovar” vokal partiyasi melodiya bilan bogianib ketishi).
“Tanovar” partiturasidagi qiziqarli o‘zgarishlar xalq ijrochiligi
va cholg‘uchilar jo ‘rligi uchun yozilgan. Lekin, agar xalq
musiqasida alohida kichkina cholg‘uchilar ijrolari bo‘lgan boisa,
Kozlovskiyda esa aksincha, orkestr chiqishida asosiy boiimlar
orasida intermediya formasi usuli boigan. Forma bunday
ko‘rinishda o‘z holatini saqlab qoladi, pyesa markazining orkestr
epizodi shunchalik rivojlangan bo‘lsa, xuddi shunday uning kirish
va tugallanish qismlari ham rivojlantirilgan. Bu qo'shimcha
bo‘limlaming tematik materiali, 2 taktli qisqa ijro kabi folklor pyesa
asosi bilan bog‘Iiq. Barcha qisqa ijrolar kuychanlik jihatidan bir xil:
ular birinchi kuy asosida yozilgan.
106-
“Tanovar” partiturasida xalq cholg‘ularidan faqatgina nog‘ora
qo‘llani!gan. Kompozitor simfonik orkestming asoslaridan olib,
o‘zbek cholg‘u ansamlini ijrosini o‘zgartirdi. Torli cholg‘ular guruhi
jo'rli cholg‘ular guruhiga aylantirildi: torli cholg‘ulaming pitsika-
tosining ijrosi xalq cholg‘usini eslatadi. Birinchi skripkalar va alt
Do'stlaringiz bilan baham: