A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/189
Sana11.04.2022
Hajmi2,53 Mb.
#542278
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   189
Bog'liq
АУдит дарслик kurildi 2

 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash qanday maqsad va vazifalar 
qo’yiladi? 
2.
Tashqi auditorlar uchun ichki nazortning ahamiyati to’g’risida nima 


189 
bilasiz? 
3.
Korxonaning ichki nazorti qanday tashkil etiladi?
4.
Ichki nazorat tizimi elementlari qanday bo’ladi? 
5.
Ichki nazoratning elementlari va prinsiplari qanday amalga oshiriladi?
6.
Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi? 
7.
Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?
8.
Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz?
9.
Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz? 
 


190 
9-BOB. AUDITORLIK DALILLARI 
9.1. Auditorlik dalillariga nisbatan qarorlar 
Ushbu bob auditorlik dalillariga nisbatan qabul qilish zarur bo’lgan to’rtta 
asosiy qaror tavsifidan, shuningdek, ishonchli dalillar etarliligi kabi tushunchalar 
tahlili bilan boshlanadi. So’ngra biz ob’ektda ishlash bo’yicha uchinchi standartga 
rioya etish uchun to’plash mumkin bo’lgan dalillarning etti turini aniqlaymiz va 
tahlilga tortamiz. Bob oxirida auditor ishlatadigan ishchi hujjatlar ko’rib chiqilgan. 
Har bir auditor qabul qilishi lozim bo’lgan eng muhim qaror mijoz 
moliyaviy hisobotining barcha elementlari va o’sha moliyaviy hisobot, umuman 
olganda, ob’ektiv taqdim etilganini tasdiqlash to’plashi kerak bo’lgan dalillarning 
tegishli miqdorini aniqlashga oid bo’ladi. Bu masalada bir qarorga kelib olish 
muhim ahamiyatga ega, chunki, barcha mavjud dalillarni baholash va tahlil qilish 
audit qiymatini aql bovar qilmas darajada oshirib yuborar edi. Masalan, xo’jalik 
tizimlarining katta qismiga oid moliyaviy hisobotlar auditida barcha bekor qilingan 
cheklar, yuk xatlari, tovarlarni qabul qilish hujjatlari, sotish bo’yicha schet-
fakturalar, transport hujjatlari, mijozlar buyurtmalari, hisob-kitob varaqlari, 
shuningdek, boshqa ko’plab hujjatlar va qaydlarni tekshirish mumkin emas. 
Auditorga aynan qanday dalillar kerak bo’lishiga oid qaror qabul qilinishi 
jarayonini quyidagi to’rt savolga javob izlash sifatida tasavvur qilish mumkin: 
1.
Qanday auditorlik amallaridan foydalanish lozim? 
2.
Har bir aniq audit amali bo’yicha saralash qanday hajmda bo’lishi lozim? 
3.
Berilgan majmuadan qaysi aniq unsurni tanlash lozim? 
4.
U yoki bu aniq amallarni qachon amalga oshirish lozim? 
AUDITORLIK AMALLARI.
Auditorlik amallari deganda auditning har bir bosqichida u yoki bu turdagi 
dalillarni to’plash xususiyatlari haqida aniq batafsil ko’rsatmalar guruhlari 
tushuniladi. Masalan, tovar-moddiy qimmatliklarni inventarizatsiya qilish, bekor 
qilingan cheklar soni bilan sotishdan daromadlar miqdori, tizimli buxgalteriya 


191 
yozuvlari va transport hujjatlarini solishtirish bo’yicha dalillar muayyan audit 
amallari yordamida to’planadi. 
Ularni ishlab chiqishda, odatda, maxsus atamalar qo’llanilib, bu mazkur 
amallardan audit amalga oshirish yo’riqnomalari sifatida foydalanish imkonini 
beradi. 
SARALASh 
HAJMI. 
Audit 
amallari bo’yicha saralash hajmini 
tekshirilayotgan majmuaning bittadan to barcha elementlarigacha ko’rinishini 
o’zgartirish mumkin. Tasavvur qilaylik, sotish jurnalida 6600 ta hisobga to’lov 
amalga oshirilgani qayd etilgan. Auditor mazkur holatda 200 ta hisobni tanlashi va 
ularni kassa daftari bilan solishtirishi mumkin. Har bir aniq audit jarayonida 
qancha element tekshirilishi lozimligini har safar uning o’zi hal etishi kerak. 
Saralash hajmi turli tekshirishlar uchun turlicha bo’lishi mumkin. 
NIMANI SARALASh KERAK BO’LADI. Auditor muayyan audit uchun 
saralash hajmini belgilab olgach, aynan qanday aniq elementlarni tekshirishini ham 
aniqlab olishi lozim. Agar auditor, masalan, sotish jurnalidagi yozuvlar bilan 
solishtirish maqsadida, 6600 ta hisobni o’z ichiga oluvchi majmuadan 200 ta 
to’langan hisobni tekshirishga qaror qilsa, u holda o’zi tekshiradigan aniq 
hisoblarni saralash orqali bir qancha usullardan foydalanishi mumkin. Auditor: a) 
qandaydir haftani tanlashi va dastlabki 200 ta hisobni tekshirishi; b) eng yirik 
miqdorli 200 ta hisob tanlashi; c) ixtiyoriy tekshirish uchun hisobni tanlashi yoki 
g) auditorning fikriga ko’ra xatolar mavjud bo’lishi ehtimol qilingan hisobni 
tanlashi mumkin. Bundan tashqari, ushbu yondashuvlarning uyg’un birikmasi 
hisoblanuvchi boshqa qandaydir usuldan foydalansa ham bo’ladi. 
Moliyaviy hisobot auditi, odatda, qandaydir davrni, masalan, bir yilni o’z 
ichiga oladi. Audit mazkur davr tugaganidan so’ng bir necha hafta yoki oydan 
keyingina yakunlanadi. Shuning uchun auditga kiruvchi operatsiyalarni amalga 
oshirish vaqti turlicha bo’lishi va ular hisobot davrining boshida yoki uzoq hisobot 
sanasidan uzoq vaqt o’tgandan keyin amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy 


192 
hisobot auditida mijoz aksariyat hollarda audit yil yakunlangandan bir-uch oydan 
keyin tugashini xohlaydi. 
AUDIT DASTURI. Dalillarni to’plash sohasida to’rtta qaror natijalarining 
batafsil bayoni audit dasturi ataladi. Audit dasturi har doim auditni amalga 
oshirishda foydalaniladigan amallar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Unda saralash 
birligi, tekshirish uchun tanlanadigan muayyan elementlar, shuningdek, audit 
o’tkazish vaqti haqida ham so’z yuritiladi. Odatda, audit dasturi bo’limlardan 
iborat bo’lib, ularning har biri muayyan unsurga bag’ishlangan: debitorlik qarzi, 
sotishlar va hokazo. Debitorlar hisobi bo’yicha audit dasturi misollari (u audit 
amallari tavsifini ham o’z ichiga oladi), saralash hajmi, tanlangan elementlar, 
shuningdek, audit o’tkazish vaqti tavsifi. Audit dasturining o’ng tomoni har bir 
amal uchun audit maqsadlarini belgilashni ham o’z ichiga olib, bu haqda 5-bobda 
so’z yuritilgan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish