III-BOB
|
PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA mehnatni muhofazalashga qo’yiladigan talablar.
|
41
|
3.1.
|
Paxta tozalash korxonalarida mehnatni muhofazalashga qo’yiladigan talablar…………………………………………….
|
41
|
3.2.
|
Paxta tolasini chigitdan ajratish jarayoni joriy qilishdan olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlik hisobi………………...
|
41
|
|
UMUMIY XULOSA va takliflar……………………….
|
49
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
51
|
|
ILOVALAR
|
53
|
KIRISH
Hozirgi kunda jahonda mashinasozlikni takomillashtirishda, xususan energiya va resurstejamkor, yuqori tezlikda ishlaydigan texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga qo‘llash, mashinalarning eksplutatsion ishonchliligini takomillashtirish, mahsulotlar assortimentini kengaytirish va raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga resurstejamkor mashina detallari va mexanizmlarni yangi konstruksiyalarini yaratish, ishchi organlarini mustahkamligini ta’minlash va hisoblash metodlarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Polsha va boshqa mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlarida raqobatbardosh hamda sifatli mahsulotlar olishda yuqori samaradorlikka ega va resurstejamkor texnologiyalarni yaratishda mashina va mexanizmlarning yangi konstruksiyalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jahon rivojlanish tendensiyasida, texnologik mashinalar ishchi organlarini yengillashtirilgan yangi konstruksiyasini yaratish, parametrlarini asoslash uchun strukturaviy, kinematik va dinamik analiz usullarini ishlab chiqish hamda mashinasozlik ishlab chiqarish jarayonlarini sifatli bajarilishini ta’minlaydigan texnika va texnologiyalarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda va ularni ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha keng miqiyosda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Respublikamizda mashinasozlikni rivojlantirish, texnologik mashina hamda jihozlarning resurs va energiyatejamkor turlarini yaratish bo‘yicha chuqur nazariy va tajribaviy tadqiqotlar olib borishga, xususan, paxtaga dastlabki ishlov beradigan mashinalarning yuqori samarali va mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon yaratadigan yangi avlodlarini ishlab chiqish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshrilmoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan « makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish» vazifasi belgilab berilgan. Ushbu vazifani bajarishda, jumladan paxta tozalash korxonalarining asosiy mashinasi hisoblangan arrali jin mashinasining ishchi organlarini takomillashtirish, ish unumdorligini oshirish, yengil resurstejamkor konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash hamda energiya sarfini kamaytirish muhim masalalardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, 2017 yil 28 noyabrdagi PQ-3408-son «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3855 «Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorlari va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |