Bazis va taklif etilayotgan variantlar bo‘yicha keltirilgan
va ekspluatatsiya xarajatlarini hisoblash natijalari, ming so‘m.
№
|
KO‘RSATKICHLAR
|
Variantlar
|
Bazis
|
Taklif
etilayotgan
|
1.
|
Takomillashtirilguncha asbob-uskuna narxi
|
170960
|
170960
|
2.
|
Asbob – uskunani tashib keltirish va o‘rnatish xarajatlari
|
17096
|
17096
|
3.
|
To‘g‘ri kapital xarajatlar
|
148564
|
148564
|
4.
|
ITI lari xarajatlari
|
-
|
3860
|
5.
|
Asbob-uskunani yaratish bo‘yicha ishlab chiqarish fondlari kapital qiymatlari
|
148564
|
152424
|
6.
|
Asbob-uskunani tayorlashga keltirilgan xarajatlar
|
210341
|
210920
|
7.
|
Ekspluatatsion xarajatlari, jami
|
137490
|
139102
|
|
SHu jumladan:
|
|
|
|
-amortizatsiya ajratmalari
|
28208
|
28787
|
|
-kundalik ta’mirlash
|
9403
|
9596
|
|
-iste’mol qilinadigan
elektroenergiya qiymati
|
99879
|
99879
|
|
-material sarflari
|
-
|
840
|
Yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar miqdori bazis va tatbiq etiladigan asbob-uskunalar balans qiymatining 10 %i miqdorida olinadi:
ming so‘m;
ming so‘m.
Olingan ma’lumotlarni formulaga qo‘yib, takomillashtirilgan asbob-uskuna ya’ni DP-130 arrali jin valining yangi energiya tejamkor konstruksiyasini (№ IAP 06087, Byull. №12.2019) joriy etishdan olinadigan yillik iqtisodiy samaradorlikni hisoblaymiz:
ming so‘m.
UMUMIY XULOSA va takliflar
1. Texnologik mashinalarni uzun, og‘ir va tez aylanuvchan organlari vallarini egilishlarini kamaytirish uchun yengillashtirilgan vallarni bo‘ylama ariqchali konstruksiyasini, jumladan arrali jin silindri uchun ishlab chiqilgan, shu asosida arrali silindr bilan tolani ajratish brusi orasidagi texnologik tirqish yetarlicha saqlanishi hisobiga tola chiqishi ortdi, ifloslanish va quvvat sarfi kamaydi.
2. Arrali silindr yuritish mexanizmining mashina agregati dinamika masalasi, muftaning qayishqoqlik – dissipativ parametrlari, inersion va paxtaning qarshiligini, elektr yuritgich mexanik xarakteristikasini inobatga olib echimi olindi. Dvigatel rotori va engillashtirilgan arrali silindr burchak tezliklarining o‘zgarish qonuniyatlari olindi. Arrali silindr burchak tezligini notekislik koeffitsientini, burchak tezlanish qamrov qiymati o‘zgarishi ish unumi va arrali silindr inersiya momentiga bog‘liqlik grafiklari qurildi. Tahlillarga asosan arrali silindr ariqchalari bo‘lgan vali qo‘llanilganda tavsiya parametrlari aniqlandi: kgm2
3. Arrali silindr egilishidagi tebranishi analitik usulda Gamelton va Lagrajning II-tur tenglamalaridan foydalanib sonli echim olingan. Unga asosan tavsiya qilingan engillashtirilgan, ariqchali vali bo‘lgan silindr kostruksiyasida egilish (0,15-0,25)∙10-3 m bo‘lsa, mavjud konstruksiyasidagi arrali silindr egilishi (0,45-0,81)∙10-3 m bo‘lishi aniqlandi. Ya’ni egilish 4 marotabagacha kamayishini ko‘rsatdi.
4. Ariqchali yengillashtirilgan vallarning egilishini val massasini, kesim inersiya momentini va tashqi yuklanishni inobatga olgan holda hisoblashning analitik usuli ishlab chiqildi. Masalani sonli yechimiga asosan ariqchalari 7 ta bo‘lgan arrali silindr valini egilishi 0,234 mm bo‘lishi aniqlandi.
5.Jinning arrali silindrini barqaror harakatga chiqishidagi quvvat sarfini hisoblash ifodasi tavsiya etildi. Quvvat sarfini val ariqchalar soniga bog‘liqlik grafiklari qurildi. Valdagi ariqchalar soni 7 ta bo‘lganda quvvat sarfi mavjud konstruksiyaga nisbatan 15-18 % gacha kamayishi, ya’ni 62 kVt bo‘lishi aniqlandi.
6.Elektrotenzometrik usulda elektron o‘lchagichlarni qo‘llab, engillashtirilgan arrali silindrning ariqchali vali aylanish chastotasi, burovchi momenti, egilishi va shovqinni o‘zgarish qonuniyatlari olindi. Tavsiya qilingan arrali silindr egilishidagi tebranish amplitudasi mavjudga nisbatan 1,5-2,0 marta kamayishi aniqlandi. Valdagi ariqchalar soni ortishi egilishdagi tebranish amplitudasini kamaytirishi aniqlandi. Bunda valdagi ariqchalar soni 7 ta bo‘lganda tebranish qamrovi (0,35-0,4)∙10-3 m gacha kamayadi.
7. Arrali silindr vali egilishidagi tebranish amplitudasini jin ish unumiga bog‘liqlik grafiklari ariqchalar sonini inobatga olib qurildi. Ish unumi ortishi bilan egilishdagi tebranish amplitudasi nochiziqli qonuniyatida ortib boradi. Bunda ariqchalar sonini ortishi egilishni kamaytiradi, ya’ni tolani arra tishlaridan to‘liq ajratib olish imkoni yaratiladi.Tavsiya qiymatlari ωs=(72,5-76,0) s-1, A=(0,018-0,022)∙10-2 m, K=7.
8.Tavsiya qiymati engillashtirilgan va mavjud arrali silindrlar ish jarayonidagi shovqin qiymatlarini o‘zgarish qonuniyatlari olindi. Ushbu qiymatlarni tahliliga ko‘ra valdagi ariqchalar soni 7 ta bo‘lganda shoqvin darajasi mavjud vaziyatga nisbatan 15-20 % ga kamayishi aniqlandi.
9.Ishlab chiqilgan ariqchali vali bo‘lgan arrali silindrni ko‘p omilli tajribalariga asosan parametrlarning eng maqbul qiymatlari tavsiya etildi:ish unumi–4,3 t/s;valdagi ariqchalar soni 7ta; paxta namligi –8,5%. Ushbu qiymatlarda toladagi iflosliklar yig‘indisi 2,0-2,2 % gacha kamayishi va tola chiqishi ortishi ta’minlanadi.
10.Yengillashtirilgan arrali silindri bo‘lgan jin konstruksiyasini ishlab chiqarish sinovi natijalariga ko‘ra arrali silindr egilishini va shovqinni kamaytirish hisobiga tola chiqishi 0,25-0,30 % gacha ortishi, toladagi iflosliklar miqdori mavjud konstruksiyaga nisbatan 0,45% gacha, quvvat sarfi 15-18 % gacha kamayishi, resursni 1,5 martaga ortishi aniqlandi. Tavsiya etilgan arrali silindr konstruksiyasini “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” AJ korxonasida qo‘llash natijasida yillik iqtisodiy samaradorlik 1203300 ming so‘mni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |