31. Tangritog’ning g’arbidan Gobi sahroning sharqigacha bo’lgan hududlarni egallagan hukmdor faoliyati yakunlangan yilda o’z faoliyatini boshlagan Rim papasini aniqlang?
A) Innokentiy III;
B) Silvester III;
C) Bonafatsio VIII;
D) Grigoriy IX;
32. Tarixiy atamalar va ularning javobi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1) biror-bir davlat yoki korxona tovarlarini xarid qilishdan voz kechish;
2) Oliy hokimiyat chiqargan qonun kuchiga teng qaror;
3) fuqarolarning saylov huquqidan foydalanishlarini cheklaydigan shartlar;
4) biror narsaning muayyan bir joyda to'planishi;
a) senz; b) dekret; c) konsentratsiya; d) boykot;
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c;
B) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b;
C) 1-d, 2-b, 3-c, 4-a;
D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b;
33. II jahon urushi yillarida O’zbekiston SSRda ishga tushirilgan suv omborlarini aniqlang.
1) Tepaqo’rg’on; 2) Xonbandi; 3) Uchqo'rg'on; 4) Kosonsoy;
5) So’x-Shohimardon; 6) Rudasoy;
A) 1, 4; B) 2, 3; C) 3, 5; D) 4, 6;
34. Qaysi voqeadan so’ng buyuk davlatlar Xitoyda Yuan Shikay hukumatini rasman tan olganlar?
A) Ikkinchi “Sinxay inqilobi”ni bostirganidan so’ng;
B) “Yangi Xitoy Konstitutsiyasi”ni qabul qilganidan so’ng;
C) inqilob qo'shinini butunlay qurolsizlantirishidan so’ng;
D) Buyuk davlatlar bilan yangi asoratli qarz to’g’risida shartnoma imzolaganidan so’ng;
35. Temuriylar davrida ijod qilgan qaysi shaxs “Yusuf va Zulayho” dostonini qayta ishlashga muvaffaq bo`lgan?
A) Atoiy; B) Mirxond; C) Durbek; D) Lutfiy;
36.
37. Qo’qon xonligi tarkibiga kiruvchi O’sh aholisi qo’zg’olon ko’targan yili dunyo tarixida ro’y bergan voqealarni aniqlang.
1) Neptun sayyorasi kashf etildi;
2) Fransiyada qurg’oqchilik davri boshlandi;
3) Namanganda devor bilan o’rab olish ishlari yakunlandi;
4) Rossiyaning Buxoro amirligidagi savdo ulushi 25 % ga yetdi;
5) Ingliz qo’shinlari tomonidan Sind o’lkasi egallandi;
6) Xiva xonligida Rahmonqulixon davri boshlandi;
7) Sheralixon davri yakunlandi;
A) 2,3,7; B) 2,4,5; C) 1,4,7; D) 1,2,5;
38. Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o‘rniga mos keluvchi ma`lumotlarni qo’ying.
Asr
|
O’zbekiston tarixidagi voqea
|
Jahon tarixidagi voqea
|
a
|
b
|
asteklar Tenochtitlan shahriga asos soldi
|
1900 y
|
Nukus volosti va Qo'ng'irot bekligida norozilik harakatlari amalga oshirildi
|
c
|
XVIII asr
|
d
|
Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlar chaqirdi
|
1) Buxoroda Naqshbandiya tariqati vujudga keldi;
2) Turkistonda Yassaviya tariqati vujudga keldi;
3) XIII asr; 4) XII asr; 5) B.Britaniya Panama kanali masalasida AQSHga yon berdi;
6) Buxoro xonligi tasarrufida bo'lgan Farg'ona vodiysida ajralib chiqish harakati boshlandi;
7) Fransiya tomonidan Chad ko‘li atrofi bo‘ysundirildi;
8) Shayboniy Elbarsxon Xiva xonligiga asos soldi;
A) a-4, b-2, c-7, d-6;
B) a-3, b-2, c-5, d-6;
C) a-4, b-1, c-7, d-8;
D) a-3, b-1, c-5, d-8;
39.
45. Yulduzcha bilan ko’rsatilgan davlatning eng yangi tarixi bilan bog’liq to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
48. Voqealarni xronologik ketma-ketlikda belgilang.
1. Amir Temur Hirot, Seyiston, Mozandaronni egalladi;
2. Amir Temurning Misr sultoni Barquq huzuriga elchilari tashrif buyurdi;
3. Amir Temur va Amir Husaynning birlashgan qo’shinlari Amudaryoning chap sohilida mo’g’ullarni tor-mor etdi;
4. Tug`luq Temur tomonidan Movarounnahr hududiga ikki marta yurish amalga oshirildi;
A) 4, 2, 3, 1; B) 4, 3, 1, 2; C) 4, 2, 1, 3; D) 4, 1, 2, 3;
Do'stlaringiz bilan baham: |